Qarshi davlat universiteti



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/41
tarix04.03.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#84330
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41
biokimyo Na. K. Ca

              

Vitamin C

 

nordon mazali, rangsiz kristall modda. U suvda eriydigan  vitaminlar ichida 

qizdirishga  eng  chidamsizi  hisoblanadi  [11;  37].  Ovqat  tayyorlash  jarayonida  uning  kо‘p  qismi 

kislorod  ishtirokida  parchalanib  ketadi.  Shuningdek,  u  og‘ir  metallar  -  temir,  mis,  kumush  va 

boshqalarning tuzi ishtirokida ham oson oksidlanib, parchalanishi tezlashadi [18; 23].

 

Vitamin  C  askorbat  kislota  ham  deyiladi.  Askorbat  kislota  -  moddalar  almashinuvida, 

ayniqsa oqsillarning о‘zlashtirilishida, biriktiruvchi tо‘qimalarni normal holatda tutib turishda va 

tiklanishida muhim ahamiyatga ega. Organizmda C vitamin yetishmasa, qon tomirlari devorining 

о‘tkazuvchanligi ortadi, tog‘ay va suyak tо‘qimalari strukturasi buziladi, natijada lavsha (singa) 

kasalligi rо‘y beradi [11; 23; 37]. 

Askorbat  kislota  odam  organizmida  hosil  bо‘lmaydi  va  tо‘planmaydi.  Organizm  о‘ziga 

zarur bо‘lgan C vitaminni oziq-ovqatlar bilan olib turadi. Kattalarning bu vitaminga nisbatan bir 

kunlik  ehtiyoji  60-108  mg,  bolalarniki  30-70  mg  [43].  Organizmning  unga  bо‘lgan  kundalik 



 

18 


ehtiyoji  karam,  kartoshka,  kо‘k  piyoz,  pomidor  va  shu  kabi  boshqa  mahsulotlar  hisobiga 

qondiriladi. 

Askorbat kislota kо‘k, chuchuk qalampir, qizil qalampir, qora smorodina, xren, qulupnay, 

shovul, limon, apelsin va boshqa kо‘pgina о‘simlik mahsulotlarida anchagina miqdorda bо‘ladi. 

Askorbat  kislotaning  tabiiy  konsentrati  na’matakdir.  100  g  quritilgan  na’matak  mevasida  1500 

mg gacha C vitamin mavjud bо‘ladi. 

C  vitamin  gipovitaminozida  qon  tomirlari,  ayniqsa  kapillyarlar  о‘tkazuvchanligi  buzilib, 

teri ostiga qon quyilishi, milkdan qon ketishi kuzatiladi, bu kasallik singa yoki skorbut kasalligi 

deb  ataladi.  Odam  singa  bilan  kasallanganda  gialuronat  kislota  va  maxsus  oqsil  -  kollagen 

biosintezi  ham  buziladi.  Bu,  о‘z  navbatida,  suyak  tо‘qimasining  shikastlanishiga,  tishlarning 

mо‘rt bо‘lib, tezda tushib ketishiga sabab bо‘ladi [43; 51]. 


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə