Qarshi davlat universiteti



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/41
tarix04.03.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#84330
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41
biokimyo Na. K. Ca

Vitamin  E

  kо‘payish  uchun  zarur.  Ovqatda  vitamin  E  bо‘lmasa,  moyak  (urug‘don)  da 

spermatozoidlarning normal yetilishi – spermatogenez va normal homiladorlik, bola emizish va 

uning yashab qolishi mumkin emas. 

E    avitaminozida  hayvonlarda  homiladorlikning  birinchi  yarmi  aksari  normal  о‘tadi. 

Ikkinchi  yarmida  esa  bachadondagi  embrion  halok  bо‘lib,  sо‘rilib  ketadi  yoki  bola  tushadi. 

Ba’zan  esa  bola  tug‘ilganidan  sо‘ng  о‘ladi.  Vitamin  E    yо‘qligi  ona  organizmidan  kо‘ra 

embrionga yomon ta’sir etadi. Erkak hayvonlarning urug‘doni kichrayadi, jinsiy hujayralar hosil 

bо‘lishi  buziladi,  spermatozoidlar  harakatchanlikdan  mahrum  bо‘lib,  tezda  halok  bо‘ladi. 

Avitaminoz og‘ir bо‘lganda hayvonlar jinsiy maylni yо‘qotadi. 

Organizmga vitamin E  preparatlari kiritilganda, jinsiy sistemaning normal holati tiklanadi. 

Jinsiy  jihatdan  yetilmagan  hayvonlarga  gipofiz  oldingi  bо‘lagining  gormonlari  yuborilganda 

tezroq  voyaga  yetgani  kabi,  vitamin  E    ta’sirida  ham  tez  yetiladi.  Hayvonlar  organizmida 

gipofizning  oldingi  bо‘lagi  va  platsenta  (yо‘ldosh)  vitamin  E  ga  boy.  Bu  omillar  vitamin  E  

gipofizda gonadotrop gormon hosil bо‘lishiga bog‘liq ekanini kо‘rsatadi [37].  E  avitaminozida 

jinsiy  sistema  funksiyalari  buzilishdan  tashqari  kо‘ndalang  targ‘il  muskullar  ham  zararlanadi  – 

miodistrofiya  vujudga  keladi.  Bu  kasallikda  muskullar  degeneratsiyalanib,  mifibrillar 

parchalanadi. Kо‘pincha bu kasallikda orqa miya ham ayniydi (degeneratsiya). 

Kо‘pchilik mahsulotlarda vitamin E  kо‘p bо‘lgani uchun odamda vitamin E  avitaminozi 

juda  kam  uchraydi.  Shunga  qaramay,  tug‘maydigan  ayollar  ovqatidagi  vitamin  E    miqdorini 

oshirib, ularni tuzatish hodisalari meditsina adabiyotlarida tasdiqlangan. 

Vitamin E salatda (koxu), bug‘doy, makkajо‘xori murtagida, о‘simlik moylarida va hayvon 

tо‘qimalarida kо‘p. Ular lipovitaminlarga kiradi [51]. 


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə