Qarshi davlat universiteti



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/41
tarix04.03.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#84330
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41
biokimyo Na. K. Ca

B

12

 ga ancha boy  [51]. 



Vitamin  РР

  ning  tarkibi  nikotin  kislota  va  uning  amididan  iborat.  Shuning  uchun  u 

nikotinamid ham deyiladi. Ovqatda bu vitamin bо‘lmasa, odamda pellagra deb ataladigan og‘ir 

kasallik  yuz  beradi.  Shuning  uchun  bu  moddalar  vitamin  РР  (pellagra  preventive  –  pellagra 

oldini  oluvchi  sо‘zidan)  deb  ataladi.  Pellagra  bо‘lgan  odamda  uchta  “D”  harfi  bilan 

boshlanadigan  kasalliklar  yuzaga  keladi.  Bular  dermatit  (terining  zararlanishi),  diareya  (ich 

ketishi), demensiya (aqliy faoliyatning buzilishi) dir. 

Pellagra  kichik  dozadagi  nikotin  kislotasi  yoki  uning  hosilalari  bilan  davolab  tuzatiladi. 

Bularning  ichida  aktivrog‘i  –  nikotinamiddir.  Nikotinamid  ikkita  muhim  koyenzim  tarkibiga 

kirgani  uchun,  moddalar  almashinuvining  kо‘p  jarayonlarida  ishtirok  etadi.  Uglevodlar 

parchalanganda  va  oksidlanish-qaytarilish  jarayonlarida  rо‘y  beruvchi  40  ga  yaqin  kimyoviy 

reaksiyalarni koenzimlar katalizlaydi. 

Kо‘pgina  sut  emizuvchilar  organizmida  nikotin  kislota  bilan  nikotinamid  triptofandan 

sintezlanishi mumkin. Shuning uchun vitamin РР siz, lekin triptofanga boy oqsillar iste’mol qilib 

turilganda pellagra belgilari paydo bо‘lmaydi [11;37;51]. 


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə