Qarshi davlat universiteti



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/41
tarix04.03.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#84330
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41
biokimyo Na. K. Ca

 

Ovqatda 


vitamin  D

  yetishmaganda,  bolalar  raxit  degan  kasallik  bilan  og‘riydi.  Oyoq, 

kо‘krak  qafasi,  umurtqa  pog‘onasi  suyaklarining  о‘zgarishi  raxitning  xarakterli  belgilaridir. 

О‘zgarishlar shundan iboratki, tog‘ay tо‘qimasi va hosil bо‘layotgan suyak tо‘qimasi yetarlicha 

ohaklanmaydi.  Suyaklar  diafizi  epifizga  tutashgan  joylar  kо‘proq  о‘zgaradi.  Suyaklar  haddan 

tashqari  yumshoq  bо‘lib,  deformatsiyalanadi.  Kasal  bolalarda  oyoq  suyaklarining  qiyshayishi 

raxitning tipik simptomidir [11; 16; 18; 23]. 

Raxitda  suyaklardagi  kalsiy  miqdori  keskin  darajada  (og‘ir  hollarda  3-3,5  baravar) 

kamayadi. Suyak tо‘qimasida fosfor ham biroz kam bо‘ladi. 

Katta  yoshli kishilar organizmida vitamin D  yetishmaganda kalsiy tuzlari suyaklarda kam 

tо‘planishi  va  ortiqcha  chiqib  ketishi  sababli  kamayib,  suyaklar  yumshab  qoladi 

(osetomalyasiya).  D  avitaminozida  kalsiy  balansi  manfiy  bо‘ladi,  ya’ni  ovqat  bilan  kirganiga 

nisbatan  kо‘proq  chiqib  ketadi.  Vitamin  D  kalsiy  assimilyasiyasi  uchun  va  fosfor-kalsiy 

almashinuvi uchun zarur ekanligi odamlar va hayvonlarni kuzatish yо‘li bilan aniqlangan. 

Vitamin  D  ning  kimyoviy  tuzilishini  о‘rganib,  raxitga  qarshi  ta’sir  etadigan  kimyoviy 

jihatdan bir-biriga  yaqin bir necha birikma bor deb, xulosa chiqaradilar. Ularni D

1

, D


2

, D


3

, D


4

D



5

  vitaminlari  deb  atashadi.  Bu  birikmalarni  hayvon  yog‘laridagi  7-degidroxolesteringa  va 

о‘simlik  yog‘laridagi  ergosteringa  ultrabinafsha  nurlari  ta’sir  ettirib  olishadi.  Fotokimyoviy 

reaksiya  natijasida  hosil  bо‘luvchi  birikmalar  raxitga  qarshi  juda  kuchli  ta’sir  kо‘rsatadi. 

Masalan, vitamin D

2

 – ergokalsiferol – kalamush bolalariga har kuni 0,025 mkg berib turilganda 



raxitning oldini oladi [11; 37]. 

Vitamin D odam terisida ultrabinafsha nurlar ta’sirida 7-degidroxolesterindan hosil bо‘lishi 

mumkin. Bolalar yozdan kо‘ra qishda raxit bilan kо‘proq og‘riydi, degan qadimgi kuzatish shuni 

tasdiqlaydi.  Oftobda  yurish  yoki  sun’iy  ultrabinafsha  nurlardan  bahramand  bо‘lish  raxitni 

davolash va oldini olish uchun eng kuchli vositadir. 



 

12 


Baliq moyi bilan tuxum sarig‘i vitamin D ning eng boy manbalaridir. Emadigan bolaga bir 

sutkaga  10-25  mkg  vitamin  D  (kristall  preparati)  kerak  [43].  Bu  doza  raxitning  oldini  oladi  va 

kalsiyning  normal  almashinuvini  ta’minlaydi.  Katta  yoshli  kishilar  ham  ovqat  bilan  oz-ozdan 

vitamin D olib turishi zarur [49]. 




Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə