Qarshi davlat universiteti



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/41
tarix04.03.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#84330
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
biokimyo Na. K. Ca

Vitamin  K

  yetishmaganda  qondagi  protrombin  kamayib  ketadi,  natijada  qonning  ivish 

xossasi pasayadi. Shu sababli K avitaminozida qon ketishiga moyillik (gemorragiya) kuzatiladi. 

Vitamin K jigarda protrombin sintezlanishi uchun zarur. K avitaminozida vitamin K hazm 

sistemasidan tashqari, ya’ni parenteral yо‘l bilan yuborilganda protrombin sintezi kuchayadi  va 

qondagi  protrombin  normal  miqdorga  keladi,  qonning  ivish  xossasi  shu  tariqa  oshib,  qon 

ketishiga moyillik kamayadi. Shuning uchun vitamin K antigemorragik vitamin deyiladi [11; 18; 

37]. 


Vitamin  K  turli  tuman  oziq-ovqat  mahsulotlarida  bо‘ladi.  Bundan  tashqari  yо‘g‘on 

ichakdagi bakteriyalarda sintezlanadi. Shuning uchun odam ichagida о‘t kislotalari bо‘lmaganda 




 

13 


(masalan,  о‘t  yо‘li  berkilib  qolganda),  vitamin  K  sо‘rilmasli  sababli  K  avitaminozi  paydo 

bо‘lishi mumkin. Chunki vitamin K sо‘rilishi uchun о‘t kislotalari bо‘lishi zarur. Shuning uchun 

о‘t chiqaruv yо‘llarining kasalliklarida ovqat bilan vitamin K yetarlicha kirib turishiga qaramay, 

K avitaminozi paydo bо‘lishi mumkin [23]. 

Ba’zan  yangi  tug‘ilgan  bolalar  qonida  protrombin  kamligi  sababli  qon  ketishiga  moyillik 

bо‘ladi.  Bu  esa  K  avitaminozi  bilan  tushuntiriladi.  Onasi  tug‘ishdan  oldin  vitamin  K 

preparatlarini iste’mol qilib tursa, tug‘iladigan bolasidagi gemorragiyaning oldini bemalol olish 

mumkin. 


Vitamin K ismaloq, salat, karam, sabzida kо‘p bо‘ladi. Vitamin K xossalariga ega bо‘lgan 

kristall  birikmalar  о‘simliklardan  ajratib  olingan.  U  naftoxinonning  ikki  almashgan  hosilasi 

bо‘lib chiqdi va filloxinon deb ataladi [11; 37;51]. 



 

14 



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə