Qarshi davlat universiteti



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/41
tarix04.03.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#84330
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
biokimyo Na. K. Ca

B

1

,  B

2

,  B

6     

va  folat 

kislota yetishmasligi, 40-50% ida karotin yetishmasligi aniqlangan [36;51]. 

Vitaminlar  yetishmasligi  nafaqat  bahorda,  balki  kuz  va  yoz  fasllarida  ham  uchrab  turar 

ekan [46;48]. 

Mikronutrientlar  tanqisligi  aholining  ayrim  qatlamlarida  emas,  balki  hamma  qismida 

uchraydi [34]. 

Shunday  qilib,  mikronutrientlar  tanqisligi  ommaviy  va  doimiy  harakatdagi  omil  bо‘lib, 

butun mamlakatning rivojlanishiga, sog‘lig‘iga salbiy ta’sir kо‘rsatadi [36;38;51]. 

Mikronutrientlar  tanqisligining  oldini  olishda  birinchi  navbatda  tо‘g‘ri  (ratsional) 

ovqatlanishni yо‘lga qо‘yish kerak [6;7;8;46;48;51;56]. 

Tо‘g‘ri  yoki  oqilona  ovqatlanish  sog‘lom  turmush  tarzining  asosiy  shatlaridan  biri 

hisoblanadi  [6;31;44].  Jahon  sog‘liqni  saqlash  tashkiloti  (JSST)  hisobotlarida  kishilar 

sog‘lig‘ining  50-52%  i  turmush  tarziga,  20  %  i  irsiy  omillarga  (nasl-nasabiga),  20  %  i  atrof-

muhitga va qolgan 8-10 % i esa tibbiy xizmat darajasiga bog‘liqligi qayd qilingan [6; 25; 31; 44]. 

Bu  о‘rinda  О‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.  A.  Karimovning  2004  yil  7  dekabrda 

sо‘zlagan nutqida: “ ... odamzodning sog‘lig‘i kо‘p jihatdan , avvalambor, uning о‘ziga bog‘liq. 



 

Buning uchun u о‘z xayotini oqilona yо‘lga qо‘yishi, har qanday kasallikning oldini olish uchun 



sog‘lom turmush tarzi va turmush madaniyati talablariga amal qilishi shak-shubhasiz katta о‘rin 

tutadi ...” degan fikrlari ayni muddaodir [1]. 

Oqilona yoki ratsional ovqatlanish dastavval har kimning qanday oziq-ovqat mahsulotlarini 

qancha va qachon iste’mol qilishni tushunib yetishga hamda unga amal qilishiga bog‘liq [46;50]. 

Bu  holat  insonning  meyoriy  о‘sib  rivojlanishida,  jismoniy  va  aqliy  jihatdan  barkamol 

bо‘lishida  hamda  turli  xil  xastaliklardan  himoyalanishida  asosiy  omillardan  biri  bо‘lib 

hisoblanadi [51]. 

Ovqat  ratsionida  mikronutrientlarning  meyorda  bо‘lishi  organizmdagi  barcha  fiziologik 

jarayonlarning  normal  bо‘lishida  katta  ahamiyatga  ega.  Aytib  о‘tilganidek  mikronutriyentlarga 

vitaminlar va mineral moddalar kiradi. 

 

 

 




Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə