Qarshi davlat universiteti


Natijalarning  e`lon  qilinganligi



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/41
tarix04.03.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#84330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
biokimyo Na. K. Ca

Natijalarning  e`lon  qilinganligi

.  Dissertatsiyaning  asosiy  natijalari  2011-2012  yillarda 

“Fan, taraqqiyot va yoshlar” ilmiy-amaliy konferentsiya materiallarida, “QarDU xabarlari”da va 

“NASAF” gazetasida e`lon qilindi. 

Dissertatsiya ishi 81 betdan iborat bо‘lib, unda Kirish, 3 ta BOB, 6 ta paragraf, 6 ta jadval, 

16  ta  rasm,  Xulosa,  Amaliy  tavsiyalar,  Foydalanilgan  adabiyotlar  ro’yhati  va  internet  saytlari 

keltirilgan.  

 

 

 

 

               



 



1-BOB. ADABIYOTLAR SHARXI 

 

(Mikronutrientlarga umumiy xarakteristika va ularning inson hayotidagi о‘rni) 



 

Ovqatlanish  inson  hayotida  muhim  о‘rin  egallaydi.  Ovqatlanish  orqali  organizmning 

fiziologik holati yaxshilanib, atrof-muhitning noqulay ta’sirlariga qarshi chidamliligi ortadi [34].  

Iste’mol  qilinadigan  oziq-ovqat  mahsulotlari  tarkibidagi  mikronutrientlar  (vitaminlar  va 

mineral  moddalar)  almashtirib  bо‘lmaydigan  oziq  moddalar  sirasiga  kiradi.  Ular  inson 

organizmining  me`yorida  о‘sib-rivojlanishida,  moddalar  almashinuvida,  kasalliklarga  qarshi 

kurashuvchanligida  va  tashqi  muhitning  zararli  ta’sirlariga  qarshi  chidamliligining  oshishida 

muhim omil hisoblanadi. 

Inson organizmi mikronutrientlarni sintez qilmaydi va uzoq muddatga о‘zida saqlab turish 

qobiliyatiga  ega  emas.  Shuning  uchun  ham  bu  moddalarni  muntazam  ovqat  bilan  birga  qabul 

qilib turish lozim [38;51]. 

1992  yilda  Butun  jahon  sog‘liqni  saqlash  tashkiloti  (JSST)ning  Rimda  bо‘lib  о‘tgan 

xalqaro  konferentsiyasida  ma’lum  qilindiki,  mikronutrientlar  tanqisligi  nafaqat  rivojlanayotgan 

mamlakatlarda,  balki  rivojlangan  mamlakatlarda  ham  mavjud  ekan  [34].  Masalan,  rivojlangan 

mamlakat hisoblangan Rossiyaning kattagina aholisi bir qancha vitaminlar va mineral moddalar 

(temir,  yod,  selen,  kalsiy  va  hakazolar)  yetishmasligidan  turli  kasalliklar  bilan  og‘riganlar. 

Rossiya  aholisining  80-90%  ida  vitamin  S  tanqisligi,  40-80%  ida  vitamin 


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə