1 Mavzu: Sport tibbiyotining paydo bo‘lishi va rivojlanishining qisqacha tarixi



Yüklə 158,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix07.10.2023
ölçüsü158,2 Kb.
#125946
  1   2
1 Mavzu maruza jis (3) (1)



1 Mavzu: Sport tibbiyotining paydo bo‘lishi va rivojlanishining qisqacha tarixi. 
O‘zbekistonda sport tibbiyotini tashkil etish asoslari. Umumiy sport patologiyasi asoslari. 
Sportchilarni kasallanishi va jarohatlanishi. 
Tibbiyot - bu insonlar salomatligini mustahkamlash, saqlash,kasalliklarni davolash va 
ularni oldini olish, umrni uzaytirishni maqsadqilib qo‘ygan ilmiy bilimlar va amaliy faoliyat 
tizimidir. 
Sport tibbiyoti - inson tanasiga jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari ta’sir 
etganida, salomatlikni, jismoniy rivojlanishni va faoliy imkoniyatlarni o‘rganuvchi tibbiyot 
sohasidir, yoki boshqacha aytganda, sport tibbiyoti umumiy tibbiyotning bir qismi bo‘lib, sport 
mashg‘ulotlari paytida vujudga keladigan tanadagi xohishga binoan yoki 
patologik o‘zgarishlaming sabablarini o‘rganish hamda patologik o’zgarishlaming oldini 
olish, ularni davolash va kerak bo‘lsa, zarur o‘zgartirishlami kiritish bilan shug‘ullanadi. 
Bundan tashqari, sport tibbiyoti sportchilar erishadigan natijalari yaxshi boMish amallarini 
ishlab chiqadi. Sport tibbiyoti shuning bilan birga, jismoniy tarbiya haqidagi fanning 
muhim bo‘limi bo‘lib, aholining turli qatlamlariga optimal harakat, sport mashqlari va sport 
tartibini, sport mahoratini oshirishni asoslashda yordamlashadi. 
Sport tibbiyotining asosiy maqsadi - bu insonning barkamol bo‘lib yetishishi, uning 
salomatligini saqlash va mustahkamlash, ish qobiliyatini oshirish, hayotning faol, ijodiy davrini 
uzaytirish uchun jismoniy
tarbiya va sportning vositalari hamda usullarini oqilona — unumli 
qo’ lashga ko‘maklashishdir. Murabbiy va shifokorning o‘quv-mashqiy jarayonini rejalash va 
o‘zgartirish bo‘yicha hamjihat bo‘lib ishlashi, kundalik ish jarayonida 
murabbiylarni shifokor nazorati ma’lumotlarini ishlata bilish — mashg‘ulotlarni to‘g‘ri 
tashkil etish va samaradorligi uchun muhim sharoitidir. Shunday qilib, sport tibbiyoti - sport 
fanining tibbiy-biologik qismi bo‘lib, murabbiylarni kasbiy tayyorlashga bevosita aloqadordir.
Sport tibbiyotining vazifalari turlicha bo lib, ularga quyidagilar oid: 
1) fizkulturachi va sportchilaming salomatligi, jismoniy jihatdan rivoj topishi va ular 
tanasining faol imkoniyatlarini o‘rganish hamda shu asosda turli mashgculotlarga mumkinlik 
yoki moneliklar borligini aniqlash, sportga loyiqlik va odamni sportning qaysi bir turi bilan 
aynan shug’ ullanishi mumkinligi masalasini hal qilish; 
2) sportchilarning faol holatini, ularning mashqiy chiniqqanligini aniqlash va baholash; 
3) oqilona boclmagan yoki boshqacha aytganda unumsiz mashg’ulotlar paytida vujudga kelib 
chiqadigan kasalliklar va shikastlanishlarni o’rganish, tashxis qo’yish, oldini olish, davolash va 
qayta tiklash usullarini ishlab chiqish; 


4) jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchi aholining turli qatlamlari uchun 
mashg’ulotlar va mashqlarning tartibi, sport ish qobiliyatini oshirish va qayta tiklash 
vositalarini asoslash. 
Sport tibbiyoti vazifalarini soddaroq qilib izohlaganda, ular quyidagi amallami o’z ichiga 
oladi: 
1) sportchilaming jismoniy holatini tashxis qilish; 
2) sportchilarni yuklamalardan socng reabilitatsiya qilish; 
3) sportcha shikastlanishlarning oldini olish; 
4) adaptogen (ocsimlik yoki hayvonot a’zolaridan olinadigan dorivositalari bo’lib, tananing 
umumiy quwatini-tetikligini oshirib, uning noqulay sharoitlarga moslanishini kuchaytiradi) 
vositalarni yaratish; 
5) ko’p yillar mobaynida olib boriladigan mashqlarni samarali tashkil qilish; 
‘) mashqlaming optimal tartib va usullarini izlab topish; 
7) sportchilarning jismoniy va asab holatlari ustidan nazorat olib borish;
8) xalqaro musobaqalar va olimpiadalarda qatnashuvchi yig‘ma guruhlarni tayyorlash 
muammolarini o‘rganib, ularni hal etish. 
Yuqorida keltirilgan masalalar, bular sport tibbiyotining umumiy vazifalarini anglatadi. 
Bulardan tashqari, ko‘pgina maxsus vazifalar bo‘lib, ular sport tibbiyoti xizmati ishchilari — 
shifokorlar, olimlar, sog’liqni tashkil etuvchilar uchun ustuvor ahamiyat kasb etadi. 
Sport tibbiyoti hal etadigan vazifalardan jismoniy tarbiya institute talabalari o’rganadigan 
fanning mazmuni kelib chiqadi. o‘qituvchi va murabbiyning kasbiy tayyorgarligini inobatga 
olgan holda, sport tibbiyoti fanining mazmuni - mundarijasi quyidagi bo‘limlardan iborat 
bo‘ladi: 
1) faoliy tashxis; 
2) rnashqlar va musobaqalarni tibbiy jihatdan ta’minlash; 
3) ommaviy jismoniy tarbiya va sportdagi tibbiy nazorat; 
4) mashqlar va musobaqalardan so‘ng sport ish qobiliyatini tiklash; 
5) sport xastaligi patologiyasi. 
Faol tashxis bo‘limi, sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilar tanasining turli 
tizimining faol holati jihatlarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar yordamida olingan 


ma’lumotlar asosida tanishtiradi Ushbu bo‘limning ajralmas qismi bo‘lib, faol tayyorgarlikni, 
jismoniy ish qobiliyatni va boshqa muhim sport amaliyotiga taalluqli turli faol sinamalar 
ko‘rsatkichlarini aniqlash hisoblanadi Faol tashxis bilan bevosita yaqinlikda uni mazmunan 
toMdiruvchi, insonning jismoniy rivojini o‘rganish turadi (III bobga qarang). Mashqlar va 
musobaqalami tibbiy jihatdan ta’minlash bo‘limi murabbiy va shifokoming birgalikda ishlash 
muammolariga bag‘ishlangan. Bu yerda, mashq jarayonlarini boshqarish maqsadida, tibbiy 
axborotlarni qo‘llash, musobaqalarni o‘tkazish 
sharoitlarini optimizatsiyalash hamda antidoping va jinsiy tegishlilikni nazorat qilish 
masalalari ko‘rib chiqiladi. Ommaviy jismoniy tarbiya va sportdagi tibbiy nazorat bo‘limida 
jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarning yoshi va jinsiy jihatlari, aholining turli 
qatlamlari bilan hal etiladigan vazifalami (musobaqalarga tayyorlanish, turizm bilan 
shug‘ullanish, 
sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va h.k.) bajaruvchilar bilan olib 
boriladigan mashg‘ulotlami optimallashtirish haqida axborotlar
keftirilgan. Keyingi 
paytlarda, ommaviy jismoniy tarbiyadagi o‘zini-o‘zi nazorat qilishga alohida ahamiyat 
berilmoqda. Mashqlar va musobaqalardan so‘ng sport ish qobiliyatini tiklash bo’limi sport 
tibbiyotining nisbatan yangi bo’limi bo’lib, dastawal alohida muammo tarzida sport tibbiyotida 
(VNIIFK) iboralangan. Hozirgi paytda keng ko‘lamda tarqalib, muntazam-doimiy 
ravishda takomillashtirilmoqda. Sport xastaligi patologiyasi sport mashg‘ulotlari bilan 
bevosita bog’langan bo‘lib, (odatda noto‘g‘ri tashkil qilingan) murabbiy va o‘qituvchiga 
sportchilarning aniq shikastlanishlari va kasalliklari haqida tushuncha beradi. 
Bugungi kunda sport tibbiyoti klinik tibbiyot bilan integratsiyalashib, ya’ni bir butun bo‘lib, 
amaliyotga sportchilarning sihatsalomatlik holatini tashxislash maqsadida, mazkur jarayonga 
yangi texnologiyalarni kiritmoqda. Yuqorida aytilganlarni nihoyalab, quyidagi xulosaga kelish 
mumkin: sport tibbiyotining mohiyati, kasalliklar tashxisi, ularni davolash va oldini olishni 
nazarda tutgan tibbiyot va boshqa klinik fanlardan jiddiy ravishda farq qiladi.
Mazkur masalani 
ikki nuqtai nazardan kocrib chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki sobiq ittifoq 
parchalanib ketgach, O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’llga kiritdi va shu davrdan 
boshlab Respublikamizning fizkultura va sport ishlarida shiddatli jarayonlar yuz berdi. 
Oqibatda, ilgari deyarli dunyo miqyosida tanilmagan O’zbekiston, Markaziy Osiyo davlatlari 
ichida katta odimlar bilan dunyo ahliga tanildi. Aytilganlarga ko’ra, O’zbekiston 
Respublikasida sport tibbiyoti fanini rivojini katta, ikkita davrga bo’lib o’rganish alohida 
ahamiyat kasb etadi: 
1. Sobiq ittifoq davrida O’zbekistonda sport tibbiyotining rivoji; 
2. Mustaqil O’zbekiston Respublikasida sport tibbiyotining taraqqiyoti. 


Sobiq sovet mamlakatida aholini jismoniy jihatdan tarbiyalanishning yangi tizimining aytarli 
darajadagi sog’lomlashtirish bo’yicha yo’nalishi, tibbiyotning yangi sohasini - jismoniy tarbiya 
bilan
tug‘ullanuvchilaming salomatligini shifokor tomonidan nazorat qilishni vujudga keltirdi 
va uni rivoj topishini ta’minladi. Tibbiyotning ushbu yo‘nalishi ahamiyati to‘g‘risida ilk bor 
sog‘liqni saqlash bocyicha taniqli olim N. A.Semashko so‘zlarida ochiq-oydin o‘z ifodasini 
topgan. Shunga ko‘ra, mamlakatimiz mehnatkashlarining salomatligini sog’omlashtirish 
uchun jismoniy tarbiya va sportga oid vositalarni to’g‘ri ishlatilishini ta’minlovchi davlat 
tizimi tariqasida ko’riladi. Shifokor nazoratini boshqarish, tibbiy xodimlami tayyorlash va 
ulami qayta tayyorlash, sog’liqni saqlash tashkilotlariga yuklatilgan. Quyida sport 
tibbiyotining vujudga kelishi va rivoj topishiga oid ma’lumotlar xronologik tarzda keltirilgan: 
1) 1920-yillarda shifokorlar nazorati xonalari dastlab, Davlat jismoniy tarbiya Markaziy 
instituti va Bosh harbiy jismoniy tarbiya institutida tashkil etildi; 
2) sport tibbiyotining nazariy asoslari P.F.Lesgaft va V.V.Gorinevskiylarning mehnatlari 
evaziga vujudga keldi; 
3) 1923-yili P.F.Lesgaft mazkur institutning ilmiy-tibbiy bo‘limini va keyinchalik esa, 1-
ilmiy nazorat kafedrasini boshqardi; 
4) 1928-yili I Umumittifoq spartakiadasida sportchilarda ommaviy nazorat o‘tkazildi va 
natijada jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga ko‘rsatmalar va moneliklar, turli sport turlarida 
optimal yuklamalar aniqlanilib, odam tanasiga jismoniy mashqlami ta’sirini hisobga olish, 
baholash jadvallari va standartlar ilk bor ishlab chiqildi
5) 1925-yili V.V.Gorinevskiy va G.K.Berzinlaming «Shifokor nazorati bo‘yicha boshqaruv» 
qo’llanmasi chop etildi. Keyingi yillarda esa, birinchi holatlar - qoidalar, yo‘riqnoma, uslubiy 
kocrsatmalar ishlab chiqildi; 
6) 1930-yili shifokor nazorati va sanitariya nazoratlari tomonidan mashg‘ulotlar 
o‘tkaziladigan joylar ustidan boshqarishni sog‘liqni saqlash tashkilotlariga yuklatilganligi 
haqida maxsus qaror qabul qilindi; 
7) 1931-yili Shifokorlar malakasini oshirish Markaziy institutida B.A.Ivanovskiy 
boshchiligida jismoniy tarbiya instituti tashkil etilib, shifokor nazorati bo‘yicha mutaxassislarni 
tayyorlash jarayoni boshlandi. Keyinchalik shifokor nazorati sobiq sovet jismoniy tarbiya 
rivojining tutgan yo‘li va talabiga binoan amalga osha bordi. Bu borada shifokor nazoratini 
tashkil etish jarayonida Z.P.Solovyov, B.A.Ivanovskiy, V.E.Ignatev va boshqalarning hissasi 
katta bo‘ldi; 


8) sobiq ittifoq bo‘ylab «Vatan va mehnat himoyasiga bo’l tayyor!» majmuasini tatbiq etish, 
sport tibbiyotining rivojlanishi uchun jiddiy turtki bo’ldi; 
9) 1940-yilning boshlaridayoq kocngilli sport jamiyatlarida (DSO), sport inshootlari, o’quv 
muassasalarida shifokor nazorati xonalariningkeng koclamdagi tizimlari, Moskva, Leningrad, 
Xarkovdagi sport jismoniy tarbiya ilmiy-tadqiqot institutlari tarkibida shifokor nazorati 
bo‘limlari, tahlilxona va kafedralar ochildi; 
10) jismoniy tarbiya va sportning tibbiy muammolari bo‘yicha, ilmiy-tadqiqot natijalari va 
ommaviy adabiyotlar keng ko‘lamda nashr etila boshlandi. Xodimlarni tayyorlashning tashkiliy 
ishlari olib borildi; 
11) yangi bilimlar sohasining rivoji bo‘yicha, ayniqsa katta ulush Markaziy ilmiy-tadqiqot 
jismoniy tarbiya institutining (SNIIFK) shifokor nazorati tahlilxonasining S.P.Letunov 
boshchiligidagi xodimlar guruhi tomonidan alohida hissa kiritildi; 
12) S.P.Letunov - «Zamonaviy sport tibbiyotining asoschisi», deb hisoblangan, chunki u ilk 
bor ushbu yo‘nalishni alohida fan tarzida nazarda tutgan holda, uning vazifalarini belgilab, 
uslubiy asoslarini, tadqiqotlar yo‘nalishini asoslab berdi; 
13) S.P.Letunov rahbarligida shifokor-pedagogik nazoratning majmuaviy uslubining 
poydevori yaratilgan, mashqiy chiniqqanlikning tashxisining tamoyillari amaliyotga kiritilgan, 
yoshga ko‘ra, shifokor nazoratini ishlab chiqish va malakali sportchilar ustidan nazorat 
boshlangan; 
14) 1949-yili Markaziy ilmiy-tadqiqot jismoniy tarbiya institutining shifokor nazorati 
tahlilxonasida «Sog‘lom odamning» ilk bor tashkil etilgan. Bu paytlarda shifokor nazoratining 
rivojida massaj maktabi, sog‘lomlashtirish va davo jismoniy tarbiya maktabining asoschisi 
I.M.Sarkizov-Sorazini, fiziologlar A.N.Krestnikov,E.K.Jukov, N.V. Zimkin va boshqalar katta 
ahamiyat kasb etishdi; 
15) 194’-yili sobiq ittifoq Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Jismoniy tarbiya va sport ishlari 
bo‘yicha Butunittifoq qo‘mitasi qoshida ilk marta shifokor nazoratining Ittifoq seksiyasi 
bo‘limi tashkil etildi va u keyinchalik sobiq ittifoq sport tibbiyoti Federatsiyasiga aylantirildi; 
16) 1951-yili shifokor-jismoniy tarbiya dispanserlari tashkil etildi. Ushbu yangi turdagi 
muassasa kasalliklami oldini olish va davolashga doir vazifalarni birlashtirdi. Oqibatda, 
shifokor nazorati va jismoniy tarbiya hamda sportni yuqori pog‘onaga ko4arib, mazkur ishga 
yangi xodimlami jalb qilish, ular malakasini muntazam ravishda oshirish, amaliyotga ilmiy-
tadqiqot natijalarini kiritish imkoni yaratildi; 


17) 1952-yili sport tibbiyoti Federatsiyasi Xalqaro sport tibbiyoti Federatsiyasiga a’zo boidi 
(FIMS); 
18) sobiq ittifoq sportchilarini olimpiya harakatiga a’zo boiishi va ularni birinchi marta 
Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishi (1951-yili Xelsinikida) sportning tibbiyot muammolariga 
taalluqli ilmiy-tadqiqot ishlarining keng ko’lamda boshlab yuborishga, shifokor nazoratini 
qayta qurollanishiga, bosh sportchilarni tibbiy jihatdan ta’minlanishi yangi shakllarni ishlab 
chiqishga imkon yaratdi; 
19) keyinchalik tibbiy xodimlar sportchilarni barcha Olimpiya o‘yinlariga tayyorlash 
jarayonida faol ishtirok etishdi. Uning har bir bosqichi, tibbiyot oldiga yangi masalalarni 
(vazifalami) va talablarni qo‘ydi. Shifokor nazorati bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar kofcpgina 
muhim masalalarni yechishga jiddiy hissa qo‘shdi. (‘-ta). Ular quyidagilardan 
iborat: 
1) tanlov va qaysi sport turiga nisbatan qiziqish-intilish-moyillik 
bildirish; 
2) iqlim sharoitlariga moslashuv; 
3) yosh sportchilarni tayyorlash; 
4) sport qobiliyatini qayta tiklovchi va uni ko4aruvchi vositalarni 
ishlab chiqish; 
5) doping va boshqa illatlar bilan kurashish; 
6) majmuaviy nazorat tizimi va usullarni ishlab chiqish; 
Asta sekinlik bilan ilmiy-tadqiqotchilar va xodimlarni tayyorlash 
poydevori kengaya bordi. 
20) 1960-yili mamlakatda - Tartu universitetida ilk marta sport 
shifokorlarini tayyorlash boMimi ochildi; 
21) 1967-yili Gsolifkda sport kardiologiyasi tahlilxonasi tashkil 
qilindi; 
22) 1969-yili Gsolifkda birinchi marta sport tibbiyoti kafedrasi 
ochildi; 


23) 1970-yilning boshlarida shifokor nazorati, vazifalarni kengayishi sababli, «SPORT 
TIBBIYOTI» degan yangi nom bilan atala boshlandi; 
24) 1971-yili sobiq ittifoq Sogiiqni saqlash vazirligining ilmiytadqiqot institutida (NIIMZ), 
tibbiyot fanlari akademiyasi va pedagogika fanlar akademiyasida qator guruh va tahlilxonalar 
tashkil etildi; 
25) VNIFda ochilgan sport tibbiyoti bo’limidan tashqari, qo’shimcha ravishda 
maxsuslashtirilgan tahlilxonalar jumladan, dopingga qarshi tashkil qilindi. 
26) 1986-yili sportning tibbiy-biologik muammolari bo‘yicha Markaziy ilmiy-tadqiqot 
instituti faoliyat ko‘rsata boshladi. Mamlakatda sport tibbiyotini boshqarish maqsadida 
quyidagilar tashkil etildi: 
1) sobiq ittifoqning sport qo‘mitasi qoshida maxsus boshqarma; 
2) majmuaviy ilmiy guruhlar; 
3) tibbiyot (yig‘ma guruhlarda) fanlari akademiyasining barcha sport turi bo‘yicha jismoniy 
tarbiya va sportning tibbiy muammolari bilan shug‘ullanadigan uchta (3 ta) muammo 
qo‘mitalaridan tashkil topgan Ilmiy Kengash o‘z faoliyatini boshladi. 
Hozirgi paytda, sport tibbiyoti tibbiyotning taraqqiy etgan alohida sohasi bo’lib, o‘zining 
vazifalari, tashkilotlari, moddiy va ilmiy maskanlarga poydevorlarga ega. 
Mamlakatda 500 ga yaqin shifokor-jismoniy tarbiya dispanserlari va 5000 tadan ortiq 
shifokor nazorati xonalari mavjud. Tibbiy-biologik sport fanlari bo‘yicha alohidalash 
(differensiatsiya): fiziologiya, morfologiya, biokimyo, sport gigienalari, ularning har birining 
rivoji yuqori darajada bo4lib, ularning vazifalari va ilmiy muammolarini aks ettiradi. Ushbu 
fanlarga oid ko’rsatkichlarning yig‘imi (sintezi), sportchining holatini baholash, unga tashxis 
qo‘yish va tanasiga ta’sir etuvchi vositalarni aniqlash, mavjud sharoitlarda, sport shifokori 
nazorati orqali amalga oshiriladi. Sport tibbiyoti texnika va uslubiy jihatdan qayta qurollanishi 
yuzaga keldi, eng oldingi zamonaviy tadqiqot usullari va sinamalar ishlab chiqilib, 
amaliyotga tadbiq etilmoqda. 
Sport tibbiyoti negizida uning quyidagi bo’limlari vujudga keldi: 
1) sport kardiologiyasi; 
2) sport travmatologiyasi
3) sport endokrinologiyasi; 
4) sport immunologiyasi; 


5) sport farmakologiyasi; 
6) doping nazorati va boshqalar. 
Sport tibbiyotining, tibbiyotning boshqa yo‘nalishlari va sport fani pedagogikasi bilan 
aloqasi mustahkamlandi. Sport tibbiyoti fanining rivojlanishiga o’z hissalarini qo4shgan 
olimlarga quyidagilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin: 
A.G.Dembo (GDOIFK) - tashqi nafas masalalari, sport patologiyasining oldi va o‘zi; 
R.E.Motilyanskaya (VNIIFK) - sport tibbiyotining yosh bo‘yicha masalalari; 
V.L.Karpman (GSOLIFK) - sport tibbiyotining kardiologiyasi; 
Z.S.Mironova (SITO) - sport travmatologiyasi va boshqalar, jami 50 ka yaqin, jumladan 
professor, xizmat ko‘rsatgan fan arbobi A. A.Rixsiyeva va boshqalar. 

Yüklə 158,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə