O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə27/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74
Marketing 08972

2. Marketing tadqiqotlari turlari

Marketing tadqiqotlari turli yo’nalishlarda turlicha bo’lib, ular quyidagi tartibda tasnif etiladi:



  1. Bozor tadqiqotlari tarkibi:

  • bozor hajmini aniqlash, uning rivoji yo’nalishlari va mavsumiy omillarni tahlil etish; bozorni tasnif etish;

  • bozor sub’ektlarini, bozordagi savdo shakli va usullarini o’rganish;

  • istemolchilar tarkibining yoshi, mintaqalar bo’yicha joylashuvi, ijtimoiy holati, jinsi, oilaviy tarkibi, xaridorlik hulqi va boshqa muhim mezonlar bo’yicha bozor strukturasida yuz berayotgan yoki kutilayotgan siljishlar to’g’risidagi masalaga e’tiborni kuchaytirgan holda aniqlash;

  • bozor strukturasiga ta’sir ko’rsatadigan umumiqtisodiy va boshqa tashqi omillarni tahlil qilish;

  • mahsulot sotishni va bozordagi umumiy savdo summasida uning geografik va demografik kesimda solishtirma hissasini, taqsimot kanallari turlari, iste’molchi korxonalarning tarmoqqa mansubligi, tovar oboroti hajmi va narxlar strukturasi nuqtai nazaridan tahlil etish; bu bilan firmaning bozordagi mavqei, kuchli va zaif tomonlari aniqlanadi.

  1. Tovarni tadqiq etish:

  • mo’ljalga olingan yangi tovarlarni tahlil etish, sinov uchun tanlash, iste’molchilarga muvofiq kelishini, iste’mol jarayonida tovarlarga xos bo’lgan fizik xususiyatlari va tafsilotlotlari, o’rab-joylash xossalarini tekshirish;

  • raqobatchi tovarlarning, ya’ni faqat o’z firmasi tovarlarinigina emas, balki shu bilan birga raqiblari tovarlarining ham yutuq va kamchiliklarini tahlil qilish;

  • assortiment strukturasini soddalashtirish imkoniyatlarini o’rganish;

  • mahsulot (buyum)lar assortimentini bozorning jami asosiy tovar yoki iste’mol sektorlaridagi raqobatchi mahsulotlarga nisbatan to’liqligi nuqtai nazaridan tahlil qilish;

  • ishlab chiqariladigan mahsulotlarni qo’llash-ishlatishning yangi usullarini izlash;

  • texnikaviy uskunalash, sotuvdan keyin xizmat ko’rsatish, qo’shimcha xizmat ko’rsatish masalalarini o’rganish.


  1. Yüklə 210,77 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə