O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə30/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74
Marketing 08972

Marketing tadqiqotlari o’tkazishning turlari va usullari

Foydalaniladigan axborotlar tartibi, uni olish usullari hamda o’tkazish usullari jihatidan marketing tadqiqotlarini bir necha turga bo’lish mumkin.


«Kabinet» tadqiqotlari ikkilamchi ma’lumotlar to’plash maqsadida rasmiy bosma axborot manbalari asosida amalga oshiriladi. Bunday ishlar mavjud axborotni tartibga solish, keyingi marketing tadqiqotlariga zarur bo’ladigan ma’lumotlar doirasini aniqlashda foydalaniladi, umumxo’jalik kon’yukturasi holati va ayrim bozorlar taraqqiyot yo’nalishlari, ayrim mamlakatlardagi iqtisodiyot ahvoli, o’rganiladigan masalalar bo’yicha statitistik ma’lumotlar to’g’risida umumiy tasavvurlar beradi. Ichki firma materiallari hisobotlar hukumat muassasalari materiallari tashkilotlar savdo uyushmalari nashrlari, jurnallari, tashkilot tadqiqotlari dokladlari axborot manbalari bo’lib xizmat qiladi. «Kabinet» tadqiqotlari qimmatga tushmaydi va qiziqtirgan masalalar bo’yicha qisqa muddatda javob olish imkonini beradi.
«Dala» tadqiqotlari bozorni o’z joyida o’rganishdan iborat bo’lib, eng murakkab va qimmatga tushadigan, ammo to’liq axborot olishning eng samarali usuli hisoblanadi. Birinchi navbatda bu usulning afzalligi bevosita bozorning talablari, savdo tartibqoidalari, sotish usullari, narx va boshqa shartlar bilan har tomonlama tanishish imkonini berishdadir. «Dala» tajribalarida boshlang’ich axborotlar olinadi va ular tartibga solinadi, bu ma’lumotlar qimmatga tushadi, lekin xaridorlarning firma mahsulotlariga bo’lgan talab va istaklarini aniq rivojlantirishga hamda rahbariyat tomonidan bozorda narx, tovarni sotish, reklama va boshqalar bo’yicha faoliyat olib borish yo’nalishlarini ishlab chiqishda tadqiqot xulosalarini e’tiborga olishga imkoniyat beradi.
«Sinama sotish» usullari bozor haqida zarur ma’lumotlar yo’qligida, shuningdek, firmaning bozorni har tomonlama o’rganishga vaqti bo’lmaganda tadqiq etilayotgan bozor uchun yangi va noyob tovarlarni sotishda qo’llaniladi. Bunday savdoda firma zarar ko’rish xatariga yo’l qo’yadi, ammo bu usul muvaffaqqiyat qozonganda yoki yutqazgan taqdirda ham mahsulotning bozorga kirib kelishi va marketing qulay dasturini belgilashga katta ta’sir ko’rsatadigan o’ziga xos omillarni o’rganishga imkon beradi.
Har qanday marketing tadqiqotlarni o’tkazishda ikki asosiy axborot manbaidan-dastlabki hamda ikkilamchi ma’lumotlardan foydalaniladi.
Dastlabki ma’lumotlarni kuzatish tajriba va tanlab tekshirish usullaridan biri yordamida yoki ularni uyg’unlashtirgan holda to’plash mumkin. Eng oddiy usul- kuzatishdir, ba’zida tadqiqotchi o’rganilayotgan omil bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni bevosita kuzatib boradi. Masalan, savdo binolarini oqilona rejalashtirish maqsadlarida do’konda xaridorlar oqimini kuzatish. Tajriba tadqiqotlar jami o’zgaruvchanliklarni tashkil etuvchi bir xil qiymatli bir xil guruhlarni, hozir o’rganilayotgan guruh-ni mustasno etganda qiyoslash yo’li bilan o’tkaziladi.
Tanlab kuzatishda keng omma munosabatini belgilaydigan iste’molchilar guruhlarini («iste’molchi paneli») o’rganish natijasida olinadigan axborotdan juda
keng foydalaniladi. «Iste’molchilar paneli» deganda odatda ko’p marta tadqiqotlar uchun maxsus tanlab olingan, sinaladigan kishilar majmui tushuniladi. Bunday tadqiqotlar muntazam davriylikda odatda bir predmet doirasida o’tkaziladi.
«Iste’molchilar panelini» o’rganishdan asosiy maqsad xaridorlar qilgan xaridlar to’g’risida axborot olishdir. Shunday qilib iste’mol miqdori va tuzilmasini aniqlash, yangi mahsulotlarni sinash, turli davriy nashrlarning radio va televizion eshittirish va ko’rsatuvlarining ommaviyligi, reklama vositalarini qo’llashning samradorligi va boshqalarni aniqlash mumkin bo’ladi. «Iste’molchilar paneli»ning bozorni tadqiq etishdagi eng muhim ijobiy tomonlaridan biri shundaki, u qanday tovarlar xarid qilinayotganini yozma, og’zaki yoki texnika vositalari bilan qayd etish bilan chegaralanmaydi, balki ayni paytda xarid bilan bog’liq holda iste’molchining uy xo’jaligi, odatlari haqida ham axborot beradi. Bu esa iste’molni ijtimoiy-iqtisodiy struktura nuqtasi nazaridan, shuningdek, aridorlarning niyat va istaklarini chuqurroq bilishga imkoniyat tug’diradi.
Ikkilamchi manbalar-tadqiqotchi qo’l ostidagi hamisha birinchi navbatda o’rganilishi lozim bo’lgan ma’lumotlardir. Ularga quyidagi bosma nashrlar kiradi:

  • davriy matbuot-gazetalar, jurnallar, axborotnomalar;

  • maxsus nashrlar-monografiyalar, bozorlar sharxi, savdo palatalari va ishbilarmonlar uyushmalari, bank, firma, reklama agentliklari nashrlari;

  • davlat tashkilotlarining tashqi savdo va boshqa masalalar bo’yicha hukumat ko’rsatmalari va qonunlari e’lon qilinadigan to’plamlari;

  • statistik ma’lumotlar;

  • yirik brokerlik firma axborotlari;

  • telegraf agentliklari axborotnomalari.

Matbuot axborotlaridan foydalanish ko’p hollarda o’rganilayotgan bozor haqida faqat umumiy tasavvur beradi. Aniq qiziqtirgan savollarga javob olish uchun hukumat muassasalari savdo palatalari, firmaga mansub bo’lgan uyushma, xususiy axborot agentliklari va ilmiy tadqiqot firmalarining maxsus ma’lumotnomalaridan foydalaniladi.


    1. Yüklə 210,77 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə