O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


O„zbekistonda menejmentning paydo bo„lish jarayonlari



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/85
tarix21.05.2022
ölçüsü2 Mb.
#87623
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   85
mehmonxona xojaligini boshqarish

2.O„zbekistonda menejmentning paydo bo„lish jarayonlari 



11 
1.Ta‘limotlar bo‗yicha yondashuv: 
-ilmiy boshqaruv ta‘limot maktabi; 
-ma‘muriy boshqaruv; 
-insonlar orasidagi munosabat va hatti-harakat haqidagi fanlar; 
-boshqaruv fani yoki miqdoriy uslublar. 
2.Jarayon yondashuvi boshqaruvni uzluksiz boshqarish funksiyalarining yig‗indisi 
sifatida o‗rganadi. 
3.Tahliliy yondashuv. 
4.Vaziyat yondashuvi. 
3.Menejmentning tarixiy rivojlanish bosqichlari 
Sotsiologlarning katta guruhi sanoat sotsiologiyasi sohasida tadqiqot olib boradilar. 
«ijtmoiy tizim» maktabi o‗zidan avvalgi maktablarga nisbatan keng qo‗lamdagi 
muammolarni hal etishga, boshqaruv nazariyasini yaxlit holga keltirishga intiladi. Lekin 
boshqaruv nazariyasini tuzishga intilish uni hozirgi kapitalistik dunyo sharoitidan 
uzoqlashib ketishga va natijada uning unchalik keng yoyilmasligiga olib keldi. 
Agar «klassik» maktab namoyondalari nizolarni moddiy rag‗batlantirish yoki 
jixozlash yo‗li bilan, «inson munosabatlari» maktabi ishlab chiqarish jarayonini adolatli 
qilish yo‗li bilan hal qilishni taklif etgan bo‗lsalar, «ijtimoiy tizimlar» maktabi 
mehmonxonada nizalarning mavjud bo‗lishi uning tabiatidan kelib chiquvchi holat deb 
hisoblab, asosiy vazifa nizolar va ularning oqibatini yumshatishdan iborat deb 
ta‘kidlaydilar. 
50-yillarning boshida menejment nazariyasi rivojlanishiga «yangi» maktab katta 
ta‘sir ko‗rsatdi. U menejmentga aniq fanlar uslub va usullari - qarorlar qabul qilishni 
matematik modellashtirish, matematik mantiq, davturlash, iqtisodiy jarayonlarni 
matematik modellashtirish usullarini joriy qilish bilan ajralib turadi. «Yangi» 
maktabning eng yorqin namoyondalari - R.Akkof, L.Kleyn, V.Lyus va boshqalardir.
Bu maktabning shakllanishi kibernetika va jarayonlarni o‗rganish rivojlanishi bilan 
bog‗liqdir. Jarayonlarni o‗rganish zaxiralar, resurslar taqsimti, eskirgan uskunalarni 
almshtirish, maqbul ravishda rejalash tirishni boshqarishni matematik modellashtirish 
bilan bog‗liqdir. Keyinchalik «yangi» maktab tarkibida mustaqil fan - boshqaruv 
qarorlarini qabul qilish nazariyasi shakllandi. Xorijiy menejment rivojlanishining qisqa 
tavsifi boshqaruvni takomillashtirish yangi usullari va shakllarini izlash uzluksiz davom 
etganligidan dalolat beradi. 
«Yangi» maktab - bu «ijtimoiy tizimlar» maktabining mantiqiy davomidir. 
Rossiyada boshqaruv fani XX asrning 20-yillaridan boshlab shakllana boshladi. Bu 
davrda mehnat va boshqaruv muammolariga bag‗ishlangan o‗nlab jurnallar, jumladan 
«boshqaruvni tashkil etish», «Mehnatni tashkil etish», «Boshqaruv texnikasi», «Xo‗jalik 
va boshqaruv» kabi oynomalar nashr qilindi, xorijiy ishlab chiqarishni tashkil etish va 
boshqaruv bo‗yicha mutaxassilar asarlari rus tiliga tarjima qilindi. 1921 yilda Markaziy 
mehnat instituti tashkil etildi. 
Boshqaruv nazariya va amaliyotiga katta xissa qo‗shgan taniqli olim - Aleksey 
Kapitanovich Gastev (1882-1941) edi. Uning «Qanday ishlamoq kerak?», «Mehnat 
me‘yorlash va tashkil etish», «Mehnat qo‗llanmalari», «Madaniyat qo‗zg‗oloni», «Ishlab 
chiqarishni MMI usullari bilan tartibga solish» kitoblari nashr etildi. A.K.Gastev 



12 
rahbarligi ostida MMI da mehnatni tashkil etishning yangi usullarini o‗rganish, 
loyihalash va joriy qilish, turli mutaxassislikka ega ishchilarni o‗qitishva malakasini 
oshirishning maqbul tizimini yaratish bo‗yicha salmoqli ishlar amalgaoshirildi.
A.K.Gastev asarlari jeda katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega, u tomonidan ishlab 
chiqilgan taklif va tavsiyalar hozirgi davrda ham dolzarbdir. Mehnatni ilmiy tashkil etish 
va boshqaruv fanining yana bir tashabbuskori - Platon Mixaylovich Korjensev (1881-
1940). P.M.Korjensev 1923-1924 yillar davomida Butun Ittifoq mehnatni tashkil etish 
Kengashi prezidiumi a‘zosi bo‗lgan va «Pravda» gazetasida ishlagan. Bu yil davomida u 
«Mehnatni ilmiy tashkil etish», «Tashkil etish tamoyillari», «Vaqt uchun kurash», 
«O‗zingni o‗zing tashkil et» singari asarlarini yozdi. P.M.Korjensev tomonidan tavsiya 
etilgan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlash, mehnat sharoiti, moddiy 
vositalardan to‗g‗ri foydaanish xaqidagi takliflar juda dolzarb edi. 
Mehnatni tashkil etish va boshqarish nazariyasiga bu muammo bo‗yicha tadqiqot 
olib borgan P.A.Popov, O.A.Ermanskiy va boshqalar ham salmoqli xissa qo‗shganlar. 
1985 yildan boshlab menejment rivojlanishida yangi davr boshlandi. Tub islohatlar 
boshqaruvni jamiyatni damokratlashtirish, oshkarolik va pastdan yuqoriga halq 
hokimiyatini o‗rnatish asosida takomillashtirishning asosiy yo‗llarini ifodalab berdi. 
Jamiyatda demokratik jarayonlar chuqurlashuvi va rivojlanishi bozor munosabatlariga 
o‗tishga asos bo‗ldi. Jamiyatdagi tub o‗zgarishlar siyosat, iqtisodiyot, mnejment 
uslublari va texnologiyasiga jiddiy o‗zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo‗ydi. 
O‗zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini boshqarishni isloh qilish hozirgi davrgacha 
mavjud bo‗lgan tajriba, jamiyat hayotining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohalarini 
boshqarishning bozor nazariyasiga, qabul qilingan qonun va xuquqiy xujjatlarga 
asoslangan holda amalga oshiriladi. Menejment sohasida jaxon tajribasi, rivojlangan 
mamlakatlar va o‗zimizda to‗plangan tajribadan foydalaniladi. 
Bozor infrastrukturasini rivojlantirish ko‗p yillarga mo‗ljallangan strategik 
vazifadir. Mamlakatimiz «falaj qilib davolash» usulidan voz kechdi. Bu erda bozor 
munosabatlariga o‗tish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Davlat mulki xususiy 
mulk bilan bir vaqtning o‗zida kooperatsiya, tadbirkorlik, chet ellik firmalar, banklar 
bilan hamkorlikka asoslangan holda turli xo‗jalik yuritish usullarini qo‗llash yo‗li bilan 
amal qilishi kerak. 
Menejment oldiga qo‗yilgan ko‗pchilitk vazifalar muvaffaqiyatli hal etilmoqda. 
Hozirda iqtisodiy mehmonxonalar vazifalari o‗zgartirildi, boshqaruvning bozor 
munosabatlariga 
o‗tishi 
amalga 
oshirilmoqda, 
boshqaruvning 
ixtisoslashuv 
chuqurlashuvi va kooperatsiya bo‗yicha aloqalar barqaror bo‗lishini ta‘minlovchi yangi 
tashkiliy tizimlari vuudga kelmoqda. 
Islohatlar iqtisodiyotni boshqarishning barcha bo‗g‗inlarini - asosiy bo‗g‗in 
(korxona)dan to boshqaruvning oliy bo‗g‗inlarigacha qamrab olgan. Korxonalar 
to‗g‗risidagi qonun korxonalar erkinligi miqyosini kengaytirdi, ularning ish natijalari 
bo‗yicha iste‘molchilar olddagi majburiyatlarini oshirdi. 

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə