13
-«insoniy munosabatlar» maktabi;
-boshqaruvning «emperik» maktabi;
-«ijtimoiy tizimlar» maktabi;
-boshqaruvning «yangi» maktabi kiiradi.
Klassik maktab namoyondalari amerikalik muhandis va tadqiqotchi F. Teylor,
fransuz olimi A.Fayol, ingliz L.Urvin, nemis iqtisodchilari M.Veber, G. Ford,
G.Emersonlardir.
Boshqaruvning klassik maktabi to‗rt
muhim unsur - mehnat taqsimoti, boshqaruv
tabaqalanuvi va ko‗p bo‗g‗inliligi, tashkil etish tarkibi, boshqaruvning mumkin bvlgan
chegaralarini o‗rganadi.
Shunday qilib, boshqaruvning «klassik» maktabi uning insonning turli-tuman
faoliyatini boshqarishga qo‗llash mumkin bo‗lgan tamoyillarini asoslab berishga harakat
qilgan. U boshqaruvni tashkil etishning qator tamoyillarini o‗rgangan.
Bu maktab
xaqiqiy ilmiy boshqaruv nazariyasi darajasiga ko‗tarila olmadi.
«Klassik» maktabga xos bo‗lgan inson omilini hisobga olmaslik, kishilar faoliyati
sabablarini soddalashtirilgan nuqtai nazaridan yondoshish amerika boshqaruv
nazariyasida yangi yo‗nalish - «inson munosabatlari» maktabi vujudga kelishiga sabab
bo‗ldi. Bu yo‗nalishning asoschilari - amerikaliklar E.Meyo, F.Rotlisberger, Dj. Lizli va
boshqalardir.
Garvard universiteti professori E.Meyo «inson munosabatlari» nazariyasini ilgari
surdi. Uning g‗oyalarining mohiyati shundaki, mehnat jarayonida psixologik va ijtimoiy
omillar yetakchi ahamiyatga ega. Shu sababli, Meyo fikriga binoan, ishlab chiqarish va
boshqaruvning barcha muammolariga inson munosabatlari
nuqtai nazaridan qarash
lozim. Bu nazariya insonning ma‘lum ijtimoiy va psixologik ehtiyojlarini qondirish yo‗li
bilan uni yanada unumli mehnat qilishi mumkin degan g‗oyaga asoslangan.
Bu maktabning yana bir namoyondasi D.Mak Gregor boshqaruvni tashkil etishga 2
xil yondashuv mavjud:
-majburlash va rag‗batlantirish usullari;
-tashabbuskorlik va mustaqilliikni iloji boricha namoyon qilish uchun sharoit
yaratish
Lekin, bu nazariyaning asosiy jihati shundaki, «inson munosabatlari» maktabi
vakillari ijtimoiy muammolarni
butun jaiyat miqyosida emas, balki alohida korxona
miqyosida hal etadilar. Mehnatkashlar ijtimoiy ahvoliga kompleks ravishda hal etilish
lozim bo‗lgan ijtimoiy-iqtisodiy muammo sifatida emas,
balki kishilarning guruhiy
munosabatlari sifatida qaralgan.
«Emperik» (pragmatik) maktab menejment zarurligini umuman inkor etib, ochiq
emperzmni targ‗ibot qiladi. U boshqaruvning maqsadi - rahbarlik qilish bo‗yicha ijobiy
tajriba va anq xatolarni o‗rganishdan iborat, deb ta‘kidlaydi. Bu maktab vakillari kamroq
nazariy maslahatlar berib, ko‗proq aniq vaziyatlarni tahlil etish bilan shug‗ullanish kerak
deydilar, albatta, tajriba o‗rganish juda muhim. Lekin faqat amaliyotga asoslanib
menejmentni shakllantirish mumkin emas «Emperik»
maktabning eng yorqin
namoyondalari - T.Draker, R.Devis, L.Nyuman, D.Miller va boshqalardir.
Yuqorida sanab o‗tgan xorijiy boshqaruv maktablarining eng asosiy kamchiligi har
tomonlama chuqur o‗rganilmaganligidir. Bu yangi yo‗nilish «Ijtimoiy tizimlar» maktabi
14
vujudga kelishiga turtki bo‗ldi. Uning eng taniqli namoyondalari D.March, G.Saymon,
A.Etsioni va boshqalardir. «Ijtimoiy tizimlar»maktabi «inson munosabatlari» maktabi
xulosalariga asoslanib, korxonaga o‗zaro bog‗liq va o‗zaro ta‘sir ko‗rsatuvchi omillar
majmuidan iborat kompleks tizim sifatida qarab, inson bu omillarni biri deb hisoblaydi.
Umuman, to‗rt ta‘limot maktabining boshqaruv fikrining rivojlanishiga qo‗shgan
hissasi quyidagilar:
A.Ilmiy boshqaruv ta‘limot maktabi:
a)vazifalarni bajarish uchun eng yaxshi uslublarni
aniqlashda ilmiy tahlildan
foydalanish;
b)vazifalarni bajarish uchun eng mos keladigan xizmatchilarni tanlash va ularni
o‗rgatish;
v)o‗z vazifalarini samarali bajarishi uchun xizmatchilarni kerakli resurslar bilan
ta‘minlash;
g)ish unumdorligini oshirishda moddiy rag`batlantirishdan tizimli yondashuv
asosida va to‗g‗ri foydalanish;
d)rejalashtirish va fikr yuritishni ish bajarishdan ajratish.
B.Mumtoz (klassik) boshqaruv ta‘limot maktabi:
a)boshqaruv tamoyillarining rivojlanishi;
b)boshqaruv vazifalarini ta‘riflash;
v) utun mehmonxonani boshqarishga tizimli yondashuv.
D.Insonlar orasidagi munosabat ta‘limot maktabi va xatti-harakat
haqidagi fanlar
ta‘limot maktabi:
a)shaxslararo munosabatlar uslubini qo‗llab qoniqish darajasi va unumdorlikni
oshirish;
b)insonlar orasidagi munosabat fanlarini boshqaruv va mehmonxona shakllanishida
qo‗llash.
E.Ilmiy boshqaruv ta‘limot maktabi:
a)modellarni qo‗llab murakkab boshqaruv muammolarini anglash;
b)murakkab vaziyatlarda qaror qabul qiluvchi rahbarlarga yordam beruvchi
miqdoriy usullarni rivojlantirish.
Dostları ilə paylaş: