O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/85
tarix21.05.2022
ölçüsü2 Mb.
#87623
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   85
mehmonxona xojaligini boshqarish

 
4-MAVZU.
MEHMONXONALARDA BOSHQARUV FUNKSIYALARI 
Reja: 
1.Boshqarishning rejalashtirish funksiyasi 
2.Boshqarishning tashkil etish funksiyasi, boshqarishning motiivatsiya 
funksiyasi 
3.Boshqarishning nazorat funksiyasi 
4.Boshqarishning muvofiqlashtirish funksiyasi 
 
1.Boshqarishning rejalashtirish funksiyasi 
Rejalashtirish - boshqaruv bosqichlaridan biri bo‗lib, bu bosqichda har qanday 
turistlik strukturaning maqsadlari hamda ularga erishish usullari aniqlanadi. Ba‘zi 
hollarda o‗z oldiga qo‗ygan maqsadlariga erishgach firma to‗xtatiladi, boshqa hollarda 
esa yangi yanada muhimroq maqsadlar qo‗yiladi. Bu shuni anglatadiki rejalashtirish bir 



15 
martalik funksiyani aks ettirmaydi. Bu uzluksiz jarayon bo‗lib, ma‘lum bo‗lgan 
imkoniyatlar, shartlar va omillar Evaziga firma foaliyatini takomillashtirishning yangi 
usullari va yo‗llarini o‗rganadi. 
Korxona siyosatining shakllanishi ko‗pincha yuqori darajali boshqaruv bo‗lganda 
amalga oshiriladi. Turistlik firma siyosatining hamma holatlari yetakchi turistlik 
tasavvur ko‗rinishida tasvirlanadi. Yetakchi turistlik tasavvur uzoq muddatli maqsadlar, 
falsafa, korxona siyosati (turli xil manfaatdor guruhlar bilan o‗zaro munosabatlarning 
tamoyillari), korxona madaniyati va uning qonuniy tomonlarini o‗z ichiga oladi. Shunga 
muvofiq ravishda aniq bir turistlik mintaqa uchun, avvalambor gap shu mintaqaning 
raqobatbardoshligi to‗g‗risida boradi. 
Rejalashtirish funksiyasi o‗z ichiga quyidagi ishlarni oladi: 
-turizmni boshqaruvchi organlar tomonidan o‗rganilayotgan mintaqada turizmni 
rivojlantirish maqsadlarini qayta ishlashda ishtirok etish; 
-hududning joriy raqobatbardoshligi tahlili (bozor, bevosita va bilvosita 
raqobatchilar, talab, ta‘minotchilar, tarmoq) ni o‗tkazish; 
-mintaqaning raqobatbardoshliligi va alohida jihatlarini hisobga oluvchi 
strategiyani ishlab chiqish; 
-mintaqa raqobatbardoshligi strategiyasini hayotga tadbiq etish, avvalambor 
turistlik korxonalarga innovatsion menejment o‗tkazish to‗g‗risida maslahat berish. 
Menejmentning funksiyasi sifatidagi rejalashtirishning natijasi turistlik tasavvurlar 
bo‗lishi mumkin. Shunday qilib, turistlik korxona faoliyatini rejalashtirishda 
quyidagilarni bilish maqsadga muvofiq: 
-kelajak maqsadlarining sifati, miqdori va vaqtini;
-tizimli va axborotlar asosida aniqlashtirish jarayonini; 
-shakllantirish vositalari va usullarini;
-korxonani boshqarish va rivojlantirishni. 
Umuman rejalashtirish jarayonida mehmonxona maqsadlari qanday bo‗lishi va bu 
maqsadlarga erishish uchun shu mehmonxona a‘zolari nima qilishi kerakligi to‗g‗risida 
qaror qabul qilinadi. Bu ertangi kunga tayyorgarlik bo‗lib, nimalar talab qilinishi va 
bunga qanday erishishni aniqlaydi. Ya‘ni, rejalashtirish jarayonida quyidagi savollarga 
javob topish kerak bo‗ladi: 
-Bizning bugungi real holatimiz qanaqa? 
-Firmamiz maqsadlariga erishish uchun qanday yo‗lni tanlashimiz kerak? 
-Qanday usullar va resurslar vositasida qo‗yilgan maqsadlarga erishish mumkin? 
Reja korxonaning kelajakdagi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy modelini o‗zida aks 
ettiradi. Rejalashtirish jarayonining bosqichlari asosan ko‗pqir-ralidir. Muayyan usul va 
strategiyalarga keladigan bo‗lsak, ular mohiyatan bir-biridan farqlanadi. Odatda, 
mehmonxona umumiy faoliyatini boshqarish uchun yagona rejani shakllantiradi, lekin 
undan chetlashmagan holda alohida menejerlar muayyan maqsad va vazifalarni bajarish 
uchun turli xil usullarni qo‗llashadi. Xullas aniq bir davr mobaynida mehmonxona 
o‗tishi kerak bo‗lgan yo‗l xaritasi tuziladi. Rejalashtirishning har qanday vaziyatlarga 
mos keladigan yagona usuli mavjud emas. Rejalashtirish jarayoni mehmonxona 
darajasiga qarab amalga oshiriladi. 



16 
Bu darajadagi rejalashtirishning asosiy vazifasi mehmonxona o‗zining bozor 
sharoitida o‗zini qanday tutishini aniqlash. Boshqaruvning o‗rta darajasidagilar taktik 
rejalashtirish bilan shug‗ullanishadi, ya‘ni strategik maqsadlarga erishish yo‗lidagi oraliq 
maqsadlarni aniqlaydilar. Taktik rejalashtirish strategik rejalashtirish bilan har 
tomonlama to‗g‗ri kelishi kerak. 
Faqatgina yagona farqi shundaki, agar masalan 3 ta turli bo‗limlarning boshliqlari 
bor bo‗lsa ularning har biri o‗z faoliyatini qolgan ikkala bo‗lim boshliqlari bilan 
moslashtirishi kerak va bu rejada aks ettirilishi kerak. Taktik rejalashtirishning yana bir 
ma‘suliyatli tomoni shundaki taktik reja strategik reja g‗oyasi asosida tuzilishi kerak. 
Reja mehmonxonaning qo‗yi bo‗g‗inida ham amalga oshiriladi. Bu operativ reja deb 
atalib, rejalash-tirishning asosiy negizidir. Operativ rejalarda faoliyat standartlari
ishlarning tavsifi va boshqalar bir tizimga solinadi. Bu tizim asosida har bir kishi 
umumiy va bosh maqsadga erishish uchun butun kuchini ishga soladi.
Biroq hech kim yakka holda o‗z maqsadlarini o‗rnatmaydi va ularga erishishning 
o‗z yo‗lini tanlamaydi. Har bir menejer operativ reja asosida o‗zining qisqa muddatli 
taktikasini ishlab chiqadi. Buning yordamida o‗zining har bir faoliyatining to‗g‗ri 
bo‗lishini ta‘minlaydi, mehmonxona faoliyatining kuchli va kuchsiz tomonlarini 
aniqlaydi. Bunday yondashuv doimiy ravishda kamol topishi uchun sharoit yaratib 
beradi. Bu uchala turdagi rejalar umumiy tizimni tashkil qiladi va bu tizim bosh yoki 
umumiy rejani yoki bo‗lmasam biznes-reja deb ataladi.
Rejalashtirishning va boshqaruv funksiyasining ham samaradorligi ko‗p jihatdan 
quyidagi tamoyillardan qaysilariga tayanilganiga bog‗liq: 
To‗liqlik-rejalashtirish paytida mehmonxona rivojlanishi uchun ahamiyat-li bo‗lgan 
barcha hodisa va holatlar hisobga olinishi zarur; 
Aniqlik-rejalarni tuzishda bashoratning aniqligini ta‘minlovchi zamonaviy usullar, 
vositalar, taktikalardan foydalanish lozim; 
Oshkoralik-rejalashtirish maqsadi va usullari mehmonxonaning har bir a‘zosi uchun 
tushunarli, oson va sodda bo‗lishi kerak; 
Uzluksizlik-bu bir martalik akt emas, uzluksiz jarayon; 
Tejamkorlik-rejalashtirishga ketadigan xarajatlar undan keladigan foydadan kelib 
chiqishi lozim. 
Rejalashtirish menejarlar o‗z ishida qo‗llashi mumkin bo‗lgan barcha usullar
taktika va chora-tadbirlardan foydalanishni taqozo etadi. Rejalashtirish ko‗rinishlari 
an‘anaviy usullar ya‘ni budjet usuli, modellashtirish usuli, rejaning har bir bo‗limini 
o‗yinlar nazariyasi va ssenariyni loyihalashtirish asosida ishlab chiqish usuli kabilar 
natijasida doimo o‗zgarib turadi. 
Bunday texnikadan foydalanish rejalashtirishdagi noaniqliklarni kamaytiradi, 
istiqbolning to‗g‗riligini tasdiqlaydi, menejerlarga rejaga tasir qiluvchi omillarni 
aniqlash va tahlil qilishga yordam beradi. 
Rejalashtirishda qo‗llaniladigan vositalarning bir qancha keng tarqalgan turi bu 
budjet usulidir. Uning yordamida naqd pullar, kapital va boshqa resurslarning oqib 
kelishi va chiqib ketishini yaqqol tasavvur qilish mumkin. 

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə