O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Mehmonxona xo„jaligini boshqarishning obyektiv zarurati



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/85
tarix21.05.2022
ölçüsü2 Mb.
#87623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
mehmonxona xojaligini boshqarish

2.Mehmonxona xo„jaligini boshqarishning obyektiv zarurati 
3.Boshqaruv nazariyasi tushunchasi va mohiyati 
4.Boshqaruv nazariyasining maqsadi va funksiyalari 
 
1.Mehmonxona xo„jaligi va uning ahamiyati 
Mehmonxona industriyasi mehmondustlik tizimining mohiyatidir. U insoniyat 
tarixidagi har qanday ijtimoiy formatsiyaga xos bo‗lgan mehmonni hurmat qilish, uni 
kabul qilib olish va xizmat ko‘rsatish tantanalari kabi eng qadimgi an‘analaridan kelib 
chiqadi. Shuni ta‘kidlash kerakki, mutlako tranzit turistlar va ekskursion xizmat 
ko‘rsatish hisobiga yashaydigan turistlik markaz va joylar mavjud. Lekin, bu holda 
yaxshi foyda olish uchun turistlik mahsulot tovarni tashkil qiluvchi xususiyatga ega 
bulish kerak. 
Mehmondo‘stlikning (mehmon qabul qilish) bugungi industriyasi - bu region yoki 
turistlik markaz xo‘jaligining eng kuchli tizimidir va turizm iqtisodiyotining muhim 
tarkibiy qismidir. 
Mehmon qabul qilish industriyasini kollektiv va individual joylashtirishning turli 
xildagi otellar, mehmonxonalar, motellar, yoshlarning xostel va yotoqxonalari, 




apartamentlar, turistlik xutorlar, shuningdek turistlarni joylashtirishda ishtirok etuvchi 
xususiy sektor vositalarini tashkil etishdir. 
Dunyo amaliyotidan ko‗rinib turibdiki, turizmning asosiy tarmoqlaridan biri 
bo‗lgan mehmonxona industriyalarini rivojlantirish muhim omillardan biri hisoblanib
mehmonlarning asosiy ehtiyojlarini qondirishda mehmonxona industriyalarining o‗rni 
beqiyos. 
2.Mehmonxona xo„jaligini boshqarishning obyektiv zarurati 
Menejment sohasining muhim yo‗nalishlaridan biri - mehmonxona xo‗jaligi 
menejmentida samarali tashkil etish va boshqarish muhim vazifalardan hisoblanadi. 
Ayniqsa, bu jarayon aholi turmush darajasini yuksalib borishi bilan taraqqiy etishi 
ko‗zga tashlanadi. Shu sababli ham, O‗zbekiston Respublikasi hukumati sohasi 
rivojlantirishga katta ahamiyat berib mehmonxonalarda mehmonlarga mehmonxona 
xizmatlarini ko‗rsatish turlarini kengaytirishga alohida e‘tibor qaratmoqda. Bu borada 
respublikamizda butun dunyoda amalga oshirilayotgan boshqaruv uslublari va xizmat 
ko‗rsatish turlarini tizimli o‗rganish va bu boradagi yangi valyuta manbalarini izlab 
topish maqsadga muvofiq. 
O‗zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, 
hukumatimiz turizmga alohida e‘tibor qaratib, turistik mehmonxonalarni jahon 
andozalari darajasida ta‘mirlash va yangi zamonaviy mehmonxonalarni bunyod etish 
kabi muhim vazifalarni belgilab oldi hamda bu sohaga katta sarmoyalarni jalb etdi. 
Bugungi kunga kelib, O‗zbekistonda bir qator jahon andozalari talablariga to‗liq javob 
beradigan mehmonxonalar qurilib, ishga tushurildi. 

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə