O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Boshqarishning nazorat funksiyasi



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/85
tarix21.05.2022
ölçüsü2 Mb.
#87623
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   85
mehmonxona xojaligini boshqarish

3.Boshqarishning nazorat funksiyasi 
Mehmonxona faoliyati davlatdagi qonunchilik, ijrochilik organlari orqali amalga 
oshiriladi, ya‘ni nazorat qilinadi. Boshqarish nazorati boshqaruv faoliyatining muhim 
vazifasidir. Uning mohiyati shundaki, nazorat xavfli holat paydo bo‗lishi mumkin 
bo‗lgan muammolarni oldindan aniqlash, echimlarini topish, ular o‗ta jiddiy bo‗lib 
ketmasliklari uchun zarur va yana faoliyatni muvaffaqiyatli rag‗batlantirish uchun ham 
qo‗llanishlari mumkin. 
Nazoratning asosiy ma‘nosi - mehmonxona faoliyatining haqiqiy natijalari haqida 
ma‘lumotlarni yig‘ish, ishlov berish, tahlil qilish, ularni rejadagi ko‗rsatkichlar bilan 
solishtirish, og‗ishlarni aniqlash, bu og‗ishlarning sabablarini tahlil qilish, qo‗yilgan 
maqsadlarga erishish uchun tadbirlar ishlab chiqish kabilardan iborat. 
Nazorat uch bosqichda o‗tkaziladi: nazorat oldi, joriy va yakuniy (xulosaviy). 
Ularni o‗tkazish tartibida uch tadbir bor: ishlangan standartlar va mezonlar, ular bilan 
muayyan natijalar, harakatlarga zarur o‗zgartirishlar qabul qilishni solishtirib ko‗rish. 
Nazorat - mehmonxona o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishini ta‘minlovchi 
jarayon.
Boshqaruv nazoratining 3 qirrasi mavjud. Ular quyidagilardan:
-standartlar o‘rnatilishi, ma‘lum vaqt oraligida bajarilishi kerak bo‘lgan 
maqsadlarni yaqqol aniqlashdan iborat;
-erishilgan natijani baholash va kutilgan natija bilan solishtirish;
-to‘g‘rilash va aniqlik kiritiladigan jarayon, 4 ta qaror qabul qilish va aloqa 
(kommunikatsiya, axborat almashinuv)ni talab etadi.
To‘gri karor kabul kilish uchun mutanosib (adekvat) axborot kerak. Uni olish uchun 
ishonchli kommunikatsiya zarur bo‘ladi.



20 
Biz biror-bir mehmonxonani ishlab turibdi deganimizda, unda ishlaydigan odamlar 
ma‘lum bir faoliyat bilan shug‗ullanishayotganligini nazarda tutamiz. Ko‗pchilik 
odamlar o‗z faoliyatlarini bir kunini (oylarni, yillarni, va boshqalarni) rejalashtirib 
olishadi. Keyin o‗sha rejalarini bajarish uchun kerakli resurslarni tashkil etadilar. Vaqt 
o‗tishi bilan bajargan ishlarini va ilgari oldiga qo‗ygan maqsad va vazifalar bilan 
solishtiradilar. Demak, biror oddiy ishni bajarish uchun ham oqibatda qanday natija 
kutilayotganligi, ishni qanday tashkil qilish, ishni bajarilishiga qiziqtirish va nazorat 
qilish kerak bo‗ladi. Bularning barchasi boshqaruv funksiyalari bo‗lib, rejalashtirish 
funksiyalari bilan uzviy bog‗langan bo‗ladi.
Masalan, nazorat funksiyasining bajarilishi to‗g‗risida olingan axborot menejerga 
uning rejalari (rejalashtirish funksiyasi) qanday amalga oshirilayotganligi haqida ham 
ma‘lumot beradi. Ayni paytda nazorat motivatsiyani hisobga olgan va tashkillashtirilgan 
(motivatsiya va tashkil etish funksiyalari) bo‗lishi kerak. 

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə