O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Chiziqli boshqaruv strukturasi. Funksional boshqaruv strukturasi



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/85
tarix21.05.2022
ölçüsü2 Mb.
#87623
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   85
mehmonxona xojaligini boshqarish

3.Chiziqli boshqaruv strukturasi. Funksional boshqaruv strukturasi 
Boshqaruvning chiziqli (pog‗onali) tashkiliy tuzilmasi. Mehmonxonada chiziqli 
(pog‗onali) aloqalar pog‗ona menejeri, ya‘ni mehmonxona (qoida tariqasida, kichiq 
mehmonxona) yoki uning tarkibiy bo‗limlari (yirik mehmonxonada) faoliyati uchun to‗la 



27 
javob beruvchi shaxs qabul qilgan boshqaruv qarorlari va tarqatgan axborotning 
harakatini aks ettiradi. Bu boshqaruvning eng sodda tashkiliy tuzilmalaridan biridir. U 
har bir tarkibiy bo‗lim barcha vakolatlarga ega bo‗lgan, barcha boshqaruv funksiyalarini 
bajaradigan rahbar tomonidan boshqarilishi bilan tavsiflanadi. 
Korxona rahbari 
A pog‗ona rahbari 
B pog‗ona rahbari 
Ijrochilar 
ijrochilar 
 
Mehmonxonani boshqarishning chiziqli tuzilmasi 
Rasmdan ko‗rinadiki, chiziqli boshqarishda har bir bo‗g‗in va har bir xodim bitta 
rahbarga ega bo‗ladi. Boshqarishning barcha komandalari ana shu shaxs orqali bitta 
kanal bo‗ylab o‗tadi. Bu holda boshqaruv bo‗g‗inlari o‗zlari boshqaruvchi obyektlar 
faoliyatining barcha natijalari uchun javob beradilar. Bunda har bir obyektga alohida 
rahbar tayinlanadi va ularning har biri barcha turdagi ishlarni bajaradi va mazkur 
obyektni boshqarish bilan bog‗liq qarorlar qabul qiladi.
Boshqaruvning chiziqli tuzilmasida qarorlar «yuqoridan pastga» zanjir bo‗ylab 
uzatilgani, boshqaruv quyi bo‗g‗inining rahbari nisbatan yuqori bo‗g‗in rahbariga 
bo‗ysungani uchun muayyan mehmonxona rahbarlarining o‗ziga xos ierarxiyasi 
shakllanadi. Ayni holda yakkaboshchilik prinsipi amal qiladi. Uning mohiyati shundan 
iboratki, barcha xodimlar faqat bitta rahbarning buyruqlarini bajaradi. Yuqori boshqaruv 
organi ijrochilarning bevosita boshlig‗ini chetlab o‗tib, ularga ko‗rsatma berish huquqiga 
ega bo‗lmaydi. Boshqaruvning chiziqli tuzilmasi mantiqan izchilroq va shaklan aniqroq 
bo‗lsa-da, uncha moslashuvchan emas. Mazkur tuzilma oddiy barqaror masalalarni 
echishga mo‗ljallanganligi sababli uning doirasida kompleks masalalarni echish ancha 
qiyin kechadi. Chiziqli tashkiliy tuzilmaning o‗ziga xos ijobiy tomonlari va 
kamchiliklari bor.
Boshqaruv chiziqli tashkiliy tuzilmasining ijobiy tomonlari: 
1) farmoyishlarning birligi va aniqligi;
2) ijrochilar harakatlarining muvofiqlashtirilganligi; 
3) boshqarishning soddaligi (aloqa kanali bitta); 
4) javobgarlik aniq belgilab qo‗yilishi; 
5) vazifalar tezkor hal etilishi; 
6) o‗z bo‗limi faoliyatining pirovard natijalari uchun rahbar shaxsan javob berishi.
Boshqaruv chiziqli tashkiliy tuzilmasining kamchiliklari: 
1) rahbarga katta talablar qo‗yiladi; u boshqaruvning barcha funksiyalari bo‗yicha 
samarali rahbarlikni ta‘minlash uchun har tomonlama puxta tayyorlangan bo‗lishi kerak; 
2) qarorlarni rejalashtirish va tayyorlash bo‗limi mavjud emas; 
3) axborot, qo‗l ostidagi xodimlar, yuqori rahbarlar bilan haddan tashqari ko‗p; 
4) bunday boshqaruv sharoitida buyruqbozlik va rasmiyatchilik paydo bo‗lishi xavfi 
kuchli.



28 

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə