JAMIYAT HAYOTIDA VA RIVOJLANISHIDA ENERGETIKANING O’RNI
VA ENERGIYA TEJAMKORLIGI
Eshmamatov Shoxrux Qobiljon o’g’li
eshmamatovshoxrux3909@gmail.com
Tog’aymurodov San’at Zafar o’g’li
sanattogaymurodov2@gmail.com
Navoiy davlat konchilik instituti
Annotatsiya:
Ushbu tezisda yurtimizda elektr energiyaning
jamiyatimiz uchun
o’rni va ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini tejash chora-tadbirlari haqida so’z
boradi.
Kalit so’zlar:
Energiya, energiya tejamkorligi, jamiyat, texnologiya, energiya
resurslari, energiya ishlab chiqarish, energiya iste’moli, energetika rivoji,
energiyadan foydalanish, elektr tizim, energiyani iste’mol qilish.
THE ROLE OF ENERGY IN THE LIFE AND DEVELOPMENT OF
SOCIETY AND ENERGY SAVINGS
Eshmamatov Shoxrux Qobiljon ugli
eshmamatovshoxrux3909@gmail.com
Togaymurodov San’at Zafar ugli
sanattogaymurodov2@gmail.com
Navoi State Mining Institute
Abstract:
This thesis deals with the role of electricity in our society and
measures to save electricity.
Keywords:
Energy, energy saving, society, technology, energy resources,
energy
production, energy consumption, energy development, energy use, power
system, energy consumption.
“Energiya bordan yo’q bo’lmaydi, yo’qdan bor bo’lmaydi u doim, bir turdan
ikkinchi turga o’zgarib turadi”
Energiyaning oltin qoidasi
Insoniyat hayoti davomida tabiat tomonidan minglab yillarda to’plangan
energiyadan foydalanib kelinmoqda. Bunda ushbu energiyadan foydalanish usullari,
undan maksimal samaradorlik olish maqsadida doimo takomillashib kelmoqda.
Energetika insoniyat hayotida doimo muhim rol o’ynaydi. Inson faoliyatining barcha
turlari energiya sarfi bilan chambarchas bog’liqdir. Masalan, inson o’zining
evolyutsion rivojlanishining boshida inson faqat o’z
tanasi mushaklarining
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
81
energiyasidan foydalangan. Keyinchalik esa inson olov energiyasini olishni va undan
foydalanishni o’rgandi. Insoniyat jamiyati evolyutsion rivojlanishining navbatdagi
o’rami shamol va suv energiyasidan foydalanishga olib keldi va natijada birinchi suv
va shamol tegirmonlari, suv charxpalaklari, o’z harakati uchun shamol kuchidan
foydalanuvchi yelkanli kemalar paydo bo’ldi. “XVIII asrda o’tin yoki ko’mirni
yoqish natijasida hosil bo’lgan issiqlik energiyasini mexanik harakat energiyasiga
aylantiruvchi bug’ mashinasi ixtiro qilindi. XIX asrda volt yoyi, elektr yoritish kashf
qilindi. Elektro dvigatel, undan keyin esa elektr generator ixtiro qilinishlari elektr asri
boshlanishiga olib keldi. XX asr insoniyat tomonidan energiya
ishlab chiqarish va
undan foydalanish usularini o’zlashtirish bo’yicha haqiqiy inqilobni amalga oshirish
asri bo’ldi”
1
. Ya`ni: juda yuqori quvvatli issiqlik, gidravlik va atom elektr
stantsiyalar, yuqori va o’ta yuqori va ultra yuqori kuchlanishga ega bo’lgan elektr
energiyasini uzatuvchi liniyalar qurildi. Elektr energiyani ishlab chiqarish,
o’zgartirish va uzatishning yangi turlari ishlab chiqilmoqda. Katta quvvatli energiya
tizimlari barpo qilinmoqda, shu bilan birga katta quvvatli neft va gaz ta`minoti
tizimlari paydo bo’lmoqda.
Shunday qilib bizni o’rab turgan dunyo turli ko’rinishdagi
tuganmas energiya
manbalariga egadir. Hozirda ularning ba`zilaridan, ya`ni: quyosh energiyasi, yer va
oyning o’zaro ta`siri natijasida hosil bo’ladigan energiya, termoyadrosintezi
energiyasi, yer issiqligi energiyasidan to’laqonli foydalanilmayapti. Hozir inson
tamaddunining rivojlanishida energiya hal etuvchi rol o’ynaydi.
Mahsulot ishlab
chiqarish hajmi va energiya sarfi orasida uzviy o’zaro bog’liklik mavjud. Insoniyat
hayotida energetika katta ahamiyatga ega. Uning rivojlanish darajasi, jamiyat ishlab
chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasini, ilmiy texnik taraqqiyot
imkoniyatlarini
va aholi turmush darajasini aks ettiradi.
Afsuski inson tarafidan iste`mol qilinayotgan energiyani ko’p qismi, mavjud
bo’lgan energetik resurslardan foydalanishning past samaradorligi
tufayli befoyda
issiqlikka aylanmoqda. Dunyoda bir yilda foydalaniladigan energiyaning tahminiy
taqsimoti 1.1 - jadvalda keltirilgan. Bu jadvaldagi energiya qiymati, yoqilganda
mavjud energiyani beruvchi ko’mir miqdorining megatonnalardagi (Mt) o’lchamida
keltirilgan.
1.1-jadval
Dunyoda yillik energiya iste`moli
Energiya shakli
Miqdori, Mt
Manba
Insonlarni boqish va ish
hayvonlariga yem
650
Quyosh yorug’ligi (hozirda)
O’tinlar
150
Quyosh yorug’ligi
(o’tgan zamonda)
1
Xoshimov Foziljon Abidovich “Energiya tejamkorlik asoslari” voris-nashriyot Toshkent 2014
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
82
Gidroelektrstantsiyalar
100
Suv harakati
Ko’mir, neft, gaz, torf
6600
Quyosh yorug’ligi
(o’tgan zamonda)
“Shu bilan bir vaqtda insonlarni ozuqasi uchun har yili taxminan 400 Mt
energiya
sarflanadi, shundan 40 Mtga yaqini foydali mehnatga aylanadi. Xo’jalik
zururatlariga 800 Mt, jamiyat ishlab-chiqarishiga esa 1000 Mt energiya sarflanadi.
Shunday qilib 7500 Mt ni tashkil etuvchi yillik energiya iste`molidan 2200 Mt
foydali ravishda, qolgani esa issiqlik ko’rinishida bekorga sarflanadi. Lekin hatto
2200/7500 Mt samaradorlik bilan ham insoniyat maqtana olmaydi, chunki yer yuziga
quyoshdan taralayotgan va yiliga 10000000 Mt ni tashkil etuvchi energiya bu yerda
hisobga olinmagan”
2
.
Biz energiyani zaruriy va bizga ishlash qobiliyatiga ega deb hisoblaymiz.
Jamiyatni energiya bilan ta`minlash quyidagilarga bo’linadi, ya`ni: imoratlarni isitish,
harakatni ta`minlash, bizga zarur bo’lgan mahsulotlarni ishlab-chiqarish, turli
mashina,
mexanizm, asbob-uskunalarni ishlash qobilyatini ta`minlash, ovqat
tayyorlash, yoritish, hayot faoliyatini ta`minlash va boshqalar uchun zarurdir.
Energiyani qo’llashning bu misollarini quyidagi uchta katta guruhlarga bo’lish
mumkin:
1)