O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi r. Mavlonova, O. To‘rayeva



Yüklə 465,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/45
tarix22.05.2023
ölçüsü465,45 Kb.
#112002
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
PEDAGOGIKA

MAKÒABDAN ÒASHQARI ÒA’LIM
Bolalar va o‘smirlarning ta’limga bo‘lgan yakka tartibdagi, ortib
boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqtini va
dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat
tashkilotlari, shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar
madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda
maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil
etadilar.
Maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish, ularning tuzilmasi
va mazmun-mundarijasini takomillashtirish vazifalarini hal etish
uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
— ta’lim berish va kamol toptirishga yo‘naltirilgan xizmatlar
ko‘rsatuvchi muassasalar tarmog‘ini kengaytirish va bunday
xizmatlar turlarini ko‘paytirish;
— milliy pedagogik kadrlarga asoslangan va jahondagi ilg‘or
tajribani inobatga oluvchi dasturlar va uslubiy materiallar ishlab
chiqish;
— o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etishning, shu jum-
ladan, ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish
tadbirlarining, bolalar turizmining, xalq hunarmandchiligining
mavjud turlari va shakllarini takomillashtirish, milliy turlari va
shakllarini tiklash hamda amaliyotga joriy etish.
Savol va topshiriqlar
1. Uzluksiz ta’lim tizimini Siz qanday tushunasiz? Izohlab
bering.
2. O‘zbekiston Respublikasining „Òa’lim to‘g‘risida“gi qonuni
ta’lim tizimida qanday yangilanishlarga olib keldi? Òa’lim
qonunidagi qoidalarni ochib bering.
3. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini Siz qanday tushunasiz?
Aytib bering.


69
VII BOB. 
PEDAGOGIK YANGILIKLAR
KIRIÒISH MAZMUNI
1
 VA YO‘NALISHLARI
PEDAGOGIK ÒIZIM BOSHQARUVINING MAQSAD
VA ÒUZILISHLARI
„Pedagogik tizim“ va „Pedagogik tizimga yangiliklar kiri-
tish“ mazmuni nimadan iborat?
Pedagogik tizim — bu tashkil etuvchilarni birlashtirish
bo‘lib, ular o‘zgarishlar davomida barqarorligicha qolaveradi.
Agar o‘zgarishlar (yangilik kiritish) qandaydir chegaradan
oshib va siljib ketsa, tizim buziladi, uning o‘rniga yangi
boshqa xususiyatga ega bo‘lgan tizim yuzaga keladi. „Pedagogik
tizim“(PT) — pedagogik elementlarning juda mustahkam
birlashuvidir.
Har qanday pedagogik tizimning tuzilishi hozirgi davrda
quyidagi elementlar muqobillari yig‘indisining o‘zaro bog‘liq-
ligi ko‘rinishidan iborat bo‘ladi:
1. O‘quvchi.
2. Òarbiyaning maqsadi.
3. Òarbiya mazmuni.
4. Òarbiya jarayoni.
5. O‘qituvchilar (yoki ÒSO —ta’limning texnik vositalari).
6. Òarbiyaviy ishlarning tashkiliy shakllari.
Bu tizimning tarkibiy qismlaridan har biri har qanday
holat va vaziyatda elementlarga detallashtirib, yoyilib
ko‘rsatilishi mumkin.
Bu tizimning tarkibiy tuzilishi to‘la emas, deb hisoblashga
asoslarimiz bor. Ko‘rsatib o‘tilganlarga qo‘shila olmaydigan
pedagogik tizimning muhim tarkibiy qismlariga, shuningdek,
„natijalar“, „o‘quv-tarbiyaviy jarayonni boshqarish“, „texno-
logiyalar“dan iborat, deb qaraydilar.
Ular quyidagi 1-jadvaldagi pedagogik tizim modelida ko‘zga
tashlanadi. Maqsadlar natijalar bilan mos kelib, uzluksiz
turkumni tashkil etadi. Maqsadlarning natija bilan to‘la mos
kelishi pedagogik jarayonning ishonchli o‘lchov ko‘rsatkichi
bo‘lib xizmat qiladi.
1

Yüklə 465,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə