O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi r. Mavlonova, O. To‘rayeva



Yüklə 465,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/45
tarix22.05.2023
ölçüsü465,45 Kb.
#112002
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   45
PEDAGOGIKA

Uzluksiz ta’lim
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbe-
kiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’min-
lovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-
texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.
Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs
shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam
tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiðlari
Uzluksiz ta’limning faoliyat ko‘rsatish prinsiðlari quyidagi-
lardan iborat:

ta’limning ustuvorligi — uning rivojlanishining birinchi
darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak
intellektning nufuzi;

ta’limning demokratlashuvi — ta’lim va tarbiya uslublarini
tanlashda o‘quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta’limni
boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga o‘tilishi;

ta’limning insonparvarlashuvi — inson qobiliyatlarining ochi-
lishi va uning ta’limiga nisbatan bo‘lgan turli-tuman ehtiyojlarining
qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining


60
ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit o‘zaro munosabat-
larining uyg‘unlashuvi;

ta’limning ijtimoiylashuvi — ta’lim oluvchilarda estetik boy
dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat
va ijodiy fikrlashni shakllantirish;

ta’limning milliy yo‘naltirilganligi — ta’limning milliy tarix,
xalq an’analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg‘unligi, O‘zbekiston
xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy
taraqqiyotning o‘ta muhim omili sifatida e’tirof etish, boshqa
xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash;

ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, bu jarayonning har
tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo‘naltirilganligi;

iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori
darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari
uchun shart-sharoitlar yaratish.

Yüklə 465,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə