O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti yuldashev Ulmasbek Abdubanapovich



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/88
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#136212
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   88
Kompyuter-grafikasi

Nazorat uchun savollar:: 
1.
Kompyuter grafikasining asosiy vazifasi nimadan iborat? 
2.
Grafik ifodalashning qanday usullarini bilasiz? 
3.
Grafik qiyofa tushunchasi nima degani? 
4.
Eksplikatsiya tushunchasining ma’nosi nima? 
5.
Grafik obraz qanday shakllarda bo‘lishi mumkin? 
6.
Geometrik grafika deganda nima tushuniladi? 
7.
Grafik obraz qanday axborotlar bilan to‘ldirilgan holda bo‘ladi va u 
qanday ifodalanadi? 
8.
Geometrik eksplikatsiya qanday shaklda tasvirlanadi? 
9.
Ideografik eksplikatsiya degani nima? 
10.
Xususiylashgan eksplikatsiyaning tom ma’nosi nima? 
11.
SHartli belgilar qanday belgilardan iborat? 
12.
Zonal to‘ri deganda nimani tushunsiz? 
13.
Piksel tushunchasining mohiyati nima? 
14.
Vektorli grafikaning ma’nosi qanday? 
15.
Rastrli grafika iborasi qanday tushuniladi? 



1.2. KOMPYUTER GRAFIKASIDA RANGLARNING SXEMALARI.
Asosiy savollar: 
1.
Elektron rang palitrasi.
2.
CIE Lab rang moduli.
3.
RGB rang moduli.
4.
HSB rang moduli.
5.
CMYK rang moduli.
 
Tayanch so‘zlar:
Rang palitrasi, Profil, Kalibrovka, Rangni boshqarish 
sistemalari, Grossmanning birinchi qonuni, Grossmanning ikkinchi qonuni 
Grossmanning uchinchi qonuni CIE Lab rang moduli, RGB rang moduli, HSB 
rang moduli, CMYK rang moduli
 
Rang palitrasi. 
Elektron rang palitrasi kompyuter grafikasida qo‘llanilishi 
bo‘yicha rassom palitrasiga o‘xshash, ya’ni u o‘zida ko‘p ranglarni saqlaydi.
Elektron palitra tarkibi bir rangni o‘zida saqlaydigan yacheykalardan iborat. 
Palitra aniq bir rang modelini qo‘llaydi. Uning ranglari esa bu modul asosida 
yaratilgan ranglardan iborat bo‘ladi.
Internet tarmog‘i uchun yaratilayotgan tasvirlarda xavfsiz palitralardan 
foydalaniladi. Chunki yaratilayotgan grafik ma’lumot minimal hajmda va 
tarmoqdagi qurilmalarda tasvir o‘z aslini yo‘qotmasligi zarur. Shuning uchun 
xavfsiz palitra 216 rangni o‘zida saqlaydi. Rangni inson, miyasida yorug‘lik 
oqimini tahlil qilish natijasida anglaydi.
Yorug‘lik oqimi 3 spektral ranglar (Q, Y, K — qizil, yashil, ko‘k) 
kombinatsiyalarining tarqalishidan hosil bo‘ladi.
Kompyuter grafikasida rang ma’lumot tushunarliligini oshirish uchun 
vositadir.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə