O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti yuldashev Ulmasbek Abdubanapovich



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/88
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#136212
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Kompyuter-grafikasi

Rastrli grafika.
Rastrli grafika nuqtalar (qog‘ozda) va piksellar yordamida 
(nuqgalar ekranda shunday deb ataladi) hosil qilinadi. Tabiiyki, nuqtalar soni qancha 
ko‘p bo‘lsa (ular zich qilib joylashtirilsa) unga asoslangan rasm, shakl, grafik va 
xokazolar shuncha aniq ko‘rinib turadi. Shu munosabat bilan ekranning hal qilish 
qobiliyati kiritilgan bo‘lib, unda gorizontal va vertikal yo‘nalishlardagi nuqtalar 
soni muhim rol o‘ynaydi va u ekranning hal qilish imkoniyati deyiladi,
Odatda bunday ko‘rsatkich 640x480, 800x600, 1024x768 yoki bulardan 
yuqori piksellarda beriladi. Tasvir o‘lchovi hal qilish qobiliyati bilan bog‘liqdir. Bu 
parametr dpi (
dots per inch
– nuqtalar soni zichligi) bilan o‘lchanadi. 15 dyumli (1 
dyum = 2,54 sm) monitorda ekranda tasvir o‘lchovi 28x21 sm.ni tashkil qiladi. Buni 
hisobga olsak 800x600 pikselli monitorda ekranni tasvirlash qobiliyati 72 dpi.ga teng 
bo‘ladi. Buni hisobga olsak, kompyuter xotirasida rangli tasvir ko‘p joy olishini 
tushunish qiyin emas. Misol uchun 10x15 sm.li rasm taxminan 1000x1500 
piksellardan iborat bo‘ladi.
Agar xar bir rangli nuqgani tasvirlash uchun 3 bayt ketsa, bitta rasmning o‘zi 
xotirada taxminan 4 mln bayt joyni egallaydi. Bunday ma’lumot xususan Internet 
sahifalarini yaratishda e’tiborga olinishi zarur. Shuning uchun ham hozirda yaxshi 
multimedia programmalarini, videorolikni yaratish uchun 128 Mbaytdan kam 
bo‘lmagan va mos ravishda tezligi katta bo‘lgan kompyuterlardan foydalanish lozim.
Demak, rasmli grafika bilan ishlash uchun yuqori unumli kompyuter talab 
qilinadi.
Rasmli grafikaning kamchiligi sifatida shuni aytish mumkinki, tasvirni 
mashtablashtirish (kattalashtirish, kichiklashtirish) jarayoni natijasida nuqtalar o‘lchovi 
kattalashishi bilan tasvir aniqligi yomonlashishi mumkin va hatto tasvir tanib 
bo‘lmaydigan darajaga borishi mumkin.
Rastrli grafika elektron (multimedia) va poligrafik nashrlarda keng 
qo‘llaniladi. Nashrlardan turli illyustrasiyalarni yaratishda, odatda skaner orqali 
olingan raqamli foto yoki videokamera (hozirda bunday fotoapparat va 



videokameralap keng tarqalmoqda, ammo ularning baholari xozircha ancha qimmat) 
yoki rassom, loyixachi tomonidan tayyorlangan tasvirlardan foydalaniladi. Shuning 
uchun ham rastrli grafikada taxrirlovchi programma vositalaridan keng foydalaniladi. 
Bu programmalar, odatla tasvirlarning aniqroq, ko‘rinishda bo‘lishini ta’minlaydi.
Mashina grafikasi passiv va interaktiv bo‘laklarga bo‘linadi. 
Bundan 30 yil avval ulug‘ olimlarni, san’at ustalarini, sportchilarni, 
multiplikatsion filmlar qahramonlarini (masalan: bo‘ri, quyon A.Eynshteyn rasmi) 
alfavit-raqamli chop etuvchi qurilmalardan chiqarilishi keng tarqalgan edi. Bunda 
rasm ma’lum nuqtalarga bir xil belgilarni tushirish orqali, rang tafovuti esa, ba’zi 
bir joylarda shu belgilarni bir necha marta ko‘rib (to‘q rang uchun), ba’zi bir 
joylarda bir marta tushirib (och rang uchun) mashina qog‘ozi sathida hosil 
qilinardi. Tasvirni bunday usulda hosil qilish 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə