O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti yuldashev Ulmasbek Abdubanapovich


Elektron grafiklar qurishning texnologik asoslari. Elektron grafik



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/88
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#136212
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   88
Kompyuter-grafikasi

Elektron grafiklar qurishning texnologik asoslari. Elektron grafik 
tasvirlar qurishning zamonaviy usullari


23 
Grafikaning texnologik asoslarini qurishda uning ko‘rkamligini ham nazarda 
tutish zarur.
Grafikaning ko‘rkamligini oshiruvchi va uning yuklanish tezligini 
kamaytiruvchi vositalardan biri bu rang berish usulidir. Lekin rang grafikada 
aralash-quralashlikni keltirib chiqarmasligi kerak. Masalan, alohida regionlarda 
aholining zichligini yoki kasallik tarqalishi grafikasini ifodalash, go‘yoki bu 
regionlar orasida uzviy bog‘liqlikni ifodalagandek taassurot qoldiradi. Bunday 
holda ifodalanayotgan qiymatiga qarab bir xil rangni to‘q yoki och holatini 
ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Amaliy dasturlar paketlarining (ADP) keng tarqalishi shu bilan asoslanadiki, 
tasvirni kommunikatsiya texnologiya vositasi sifatida qabul qilish inson uchun 
tabiiyroq bo‘lib, bu usulda ham yetarli aniqlikka erishish mumkin.
Mashina grafikasini passiv va interaktiv bo‘ektlarga ajratish mumkin. Bundan 
20 yillar avval ulug‘ olimlar, san’at ustalari, sportchilar, multiplikatsion fllmlar 
qahramonlari (masalan, bo‘ri, quyon rasmlari), Albert Eynshteyn rasmlarini 
alfavit-raqamli zarbli chop etish qurilmalaridan chiqarish keng tarqalgan edi. 
Bunda rasm ma’lum nuqtalarga bir xil belgilarni qog‘oz sathiga tushirish orqali, 
rang tafovuti esa ba’zi joylarga shu belgilarni bir necha marta urib (to‘q rang), 
ba’zi joylarda bir marta tushirib (och rang) hosil qilinardi. Tasvirni bunday usulda 
hosil qilish passiv mashina grafikasiga tegishlidir.
Interaktiv mashina grafikasi (IMG)da tasvirning holati, uning shakli, 
mazmuni, o‘lchamlari va rangi monitor ekranida interaktiv qurilmalar yordamida 
dinamik ravishda uzluksiz o‘zgartirilib, boshqarib turiladi.
Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarda hosil qilinadigan grafikalarning barchasi 
amaliy jihatdan qaraganda interaktivdir.
Passiv mashina grafikasiga planshetli va barabanli grafik quruvchi qurilmalar, 
shuningdek printer, kino va videokameralar yor-damida hosil qilinadigan tasvirlar 
kiradi.


24 
Bu qurilmalar yordamida hosil qilinadigan tasvirga bevosita ta’sir qilib 
bo‘lmaydi. Monitor qurilmasida tasvir hosil qilish jarayonini sichqoncha, 
klaviatura, skaner qurilmalari yordamida istagancha boshqarish mumkin.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan hamma tasvir hosil qilish usullarining umumiy jihati 
shundaki, ularda tasvir raqamli protsessor yordamida hosil qilinadi.
Grafik tasvir hosil qilishning zamonaviy usullari bilan yaxshiroq tanishish 
maqsadida kompyuter grafikasining uch turi — rastrli (nuqtali yoki pikselli), 
vektorli (obyektli), fraktal hosil qilinishini ko‘rib chiqamiz. Bu uch turning asosiy 
farqi ekran yuzasida yorug‘lik nuri haraktlanishining turlichaligidadir. Learning 
to‘la farqi keyingi mavzularda chuqurroq ko‘rib o‘tiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə