O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/379
tarix16.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100898
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   379
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya

Tayanch tushunchalar 
Akc ettirish nazariyasi
- in'ikos nazariyasi; psixik hodisalar borliqni aks 
ettirishning shakllaridan biri deb qaraladigan nazariya.
Animizm 
(lot. anima - jon) - odam, hayvonot, o’simlik, predmetlarda 
mustaqil jon borligi haqidagi tasavvur tizimi. 
Asab tizimi
- xayvon va odam organizmining barcha funksiyalarini o’zaro 
hamda tashqi muhit bilan to’g’rilab, uyg’unlashtirib turuvchi a'zolar tizimi.
Birinchi signal tizimi
- narsa va xodisalarning sezgi, a'zolariga bevosita 
ta'sir etishi natijasida bosh miya yarim sharlari qobig’ida hosil bo’ladigan shartli 
muvaqqat nerv bog’lanishlari, u sezgi va idrok turlarida namoyon bo’ladi.
Bosh miya
- markaziy nerv tizimining old (yuqori, oliy) qismi bo’lib, u bosh 
miya qobig’ida joylashgan oliy nerv tizimining moddiy asosi.
Bosh miya katta yarim sharlari
- bosh miyaning ikki pallasi. Uning ustki 
qismi uchun chuqur bo’lmagan o’nqir cho’nqirlardan iborat. Bosh miya katta 
yarim shari orqa, old, yon, orolcha, orqa umurtqalarga bo’linadi. Miya nerv 
kataklari neyronlardan iborat bo’lib, ikki katta yarim sharlar po’stlog’ini tashkil 
etadi. Miyadagi oq suyuqlik neyron o’simtalaridan tarkib topib, miya yo’llarini 
ko’rsatib turadi.
Vegetativ nerv tizimi
(lot. vegetatio - o’simlik) - nerv tizimining organizm 
ichki a'zolari faoliyatini va modda almashinuvini boshqarib turadigan bir qismi. 
V.n,t, markaziy nerv tizimi bilan uzviy bog’liq bo’lib, bu bosh miya qobig’i 
tomonidan boshqariladi. V.n.t. simpatik va parasimpatik nervlar deb ataluvchi ikki 
qismga bo’linadi,
Dualizm
(lot, duafis - ikki yoqqlami) - borliq ham moddiy, ham ruhiy 
bo’lgan ikki asosdan tashkil topgan deb hisoblovchi falsafiy ta'limot bo’lib, 
psixofizik parallelizm konsepsiyasining asosidir.

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə