O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/379
tarix16.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100898
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   379
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya

 
PSIXIKA VA ONGNING TARAQQIYOTI 
 
Psixikaning filogenetik taraqqiyoti. 
Jamiki materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to organik 
materiyaning yuksak hamda murakkab shakli - inson miyasigacha moddiy 
olamning umumiy xususiyatiga, ya'ni turli ta'sirlarga javob qaytarish qobiliyatiga 
egadir. Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning o’zaro mexanik, fizik va 
kimyoviy munosabatlari tarzida namoyon bo’lishi mumkin. Materiyaning aks 
ettirish shaklini quyidagicha ifodalash mumkin: 
Voqelikdagi ta'sirni aks etish qobiliyati-materiyaning umumiy xususiyatidir. 
Lekin olamda tirik va o’lik tabiatni aks etishi turlichadir. Tirik materiyaning 
tashqaridan 
ta'sir 
etayotgan 
moddalar 
almashinuviga 
javob 
berishi 
ta'sirlanuvchanlik deb ataladi. Oddiy ta'sirlanuvchanlik barcha o’simliklarga xos. 
Evolyusiya jarayonida organizmlar tashqi muhit bilan munosabatlarining umumiy 
turini o’zgarishi natijasida ta'sirlanuvchanlikning sifat jihatidan yangi bosqichga 
o’tishi sezuvchanlikni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. A.N.Leontevning faraziga 
asosan sezuvchanlik "genetik shunday ta'sirlanuvchanlik-ki tashqi muhit ta'siriga 
organizmni yo’naltiradi va buning natijasida organizm tashqi muhitida signal 
vazifasini bajaradi. 
Demak, 
sezuvchanlik
shunday ta'sirlanuvchanlik-ki, uning natijasida hayot 
uchun zarur ta'sirlar signallashadi. Sezuvchanlikning namoyon bo’lishi, 
psixikaning paydo bo’lishiga ob'ektiv biologik belgi sifatida xizmat qiladi. Psixik 
ta'sirlanuvchanlikning o’ziga xos yuqori sifat o’zgarishi -sezuvchanlik-psixik aks 
ettirishning oddiy turi yuzaga kelganida boshlanadi. hayvonlar evolyusiyasi 
jarayonidagi psixikaning sifat o’zgarishlarini A.N.Leontev o’zi ifodalagan psixik 
rivojlanish bosqichlariga asos qilib oldi. A.N.Leontev bo’yicha psixika rivojlanish 
bosqichlarining jadval ko’rinishi va ularning sxematik ifodalanishi: 
Biologik 
Psixik 
MATERIYANING AKS ETTIRISH SXEMASI 
Anorganik materiya 
Organik materiya 
Mexanik
Fizik
Ximik

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə