Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


qanday kuylamoq? joʻshib  nima qilmoq?)



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/195
tarix02.10.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#125264
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195
Ona tili sintaksisi

qanday
kuylamoq? joʻshib 
nima qilmoq?).
Soʻz 
birikmalari qoʻshma soʻzlarning birinchi bosqichidir: 
koʻzning oynagi 
– koʻzoynak, sarv qomatli – sarvqomat, dunyoga qarash – 
dunyoqarash
va h.
Ibora (turgʻun birikma)
ma’no jihatidan bir soʻzga teng, ajralmas 
holatga kelib qolgan birlikdir. Uning tarkibidagi soʻzlarni hokim yoki 
tobe birliklarga ajratish mumkin emas. Qiyoslang: 
tosh yoʻl 
(soʻz 
birikmasi
) – oq yoʻl 
(ibora, ya’ni omon-eson borib kelishni tilash). 
Soʻz birikmasi tarkibidagi soʻzlarni almashtirish mumkin, iboradagi 
soʻzlarni esa almashtirish mumkin emas: 
maktabga bormoq – teatrga 
bormoq
(soʻz birikmalari); 
koʻzi toʻrt boʻlib kutmoq
(
koʻzi besh boʻlib 
kutmoq
deb almashtirib boʻlmaydi). Ba’zan gap tarkibida soʻz 
birikmasi va iboralar shakliy jihatdan teng kelib qolishi mumkin
bunda soʻz birikmasi oʻz ma’nosida, ibora esa koʻchma ma’noda 



keladi: 
oyoq tiramoq

U devorga 
oyogʻini tirab 
(soʻz birikmasi)
 
arqonni tortdi – Mening gapimga koʻnmay, 
oyogʻini tirab 
(ibora)
 
turib oldi.
Sintagma 
fonetik hodisa boʻlib, unda ikki soʻz oʻzaro 
birikkanda mazmun yetakchi hisoblanmaydi, bitta mustaqil yoki bitta 
yordamchi soʻz ham sintagmani tashkil etishi mumkin yoxud bir 
soʻzning oʻzi ham sintagmani tashkil etishi mumkin. Soʻz birikmasi 
esa eng kamida ikkita mustaqil soʻzdan iborat boʻladi: - 
Bu kitoblar 
kim uchun olindi? - Men uchun emas, ukam uchun 
(ikkinchi gapda 
ikkita sintagma mavjud boʻlib ular bitta mustaqil, bitta yordamchi 
soʻzdan tashkil topgan: 
men uchun, ukam uchun
).

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə