Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/195
tarix02.10.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#125264
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195
Ona tili sintaksisi

 
 
 
 
 
 
 
 



Shartli belgilar 
 
- topshiriq 
 
- eslab qoling 
 
-Bu muhim: nazariy ma’lumot va tavsiyalar 
 
 
-glossariy lugʻat 
 
 
 
 



1-mavzu: Sintaksisga kirish 
Reja: 
 
1. Sintaksis haqida ma’lumot. 
2. Sintaktik munosabat turlari. 
3.Soʻzlarning tеng va tobе bogʻlanishi. 
4. Sintaktik aloqa vositalari. 
Tayanch tushunchalar: 
sintaksis, tobe, hokim, soʻz qoʻshilmasi, soʻz 
birikmalari zanjiri, ibora(turgʻun birikma) 
Sintaksis grammatikaning ikkinchi qismi boʻlib, unda 
soʻzlarning bir-biriga bogʻlanib, soʻz birikmalari hosil qilinishi, gap 
turlari oʻrganiladi. 
"Sintaksis
" grekcha soʻz boʻlib, 
"tuzish”
demakdir.
Sintaksis oʻz navbatida 
a) soʻz birikmasi sintaksisi
va 
b) gap 
sintaksisi
kabi ikkita boʻlimga ajraladi.
Mustaqil soʻzlar ma’no va grammatik jihatdan bir-biriga bogʻlanib, 
soʻz qoʻshilmasini hosil qiladi. 
Maydonda erkaklar va ayollar 
toʻplandi 
degan gapda quyidagi soʻz qoʻshilmalari mavjud: 
1) 
erkaklar va ayollar; 2) erkaklar toʻplandi; 3) ayollar toʻplanhdi; 4) 
maydonda toʻplandi. 
Soʻz qoʻshilmasidagi soʻzlar bir-biri bilan ikki xil 
bogʻlanadi: 
 
1) teng bogʻlanish; 2) tobe bogʻlanish
. Teng bogʻlanishda bir soʻz 
boshqasiga tobe boʻlmaydi, bir-biri bilan sanash ohangi yoki teng 
bogʻlovchilar yordamida bogʻlanadi: 
erkaklar va ayollar; erkaklar
ayollar
. Tobe bogʻlanishda bir soʻz boshqasiga tobe boʻladi: 
maydonda toʻplanishdi
. Tobelikning asosiy belgisi: bir soʻz boshqa 
soʻzni izohlab keladi. Bir-biriga tobe bogʻlangan soʻzlar soʻz 
birikmasini hosil qiladi. Ega va kesimning bir-biri bilan bogʻlanishi 
soʻz birikmasi emas, gap hisoblanadi:
Odamlar toʻplandi. 
Ikki yoki undan ortiq mustaqil soʻzning ma’no, grammatik va 
ohang jihatdan birining boshqasiga tobe boʻlib bogʻlanishi 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə