Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/195
tarix02.10.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#125264
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195
Ona tili sintaksisi

soʻz 
birikmasi
deyiladi. 
Tobe bogʻlanish yordamida shakllangan soʻz birikmasida har doim 
ikkita qism - 
tobe
va
hokim
qism mavjud boʻladi. Soʻz birikmasidagi



ma’nosi izohlanayotgan soʻz
hokim (bosh) soʻz
, uning ma’nosini
ravshanlashtirib kelayotgan, izohlayotgan, toʻldirayotgan soʻz 
tobe 
(ergash) soʻz
hisoblanadi. Soʻroq hamma vaqt hokim soʻzga qarab 
beriladi, soʻroqqa javob boʻlgan soʻz ergash(tobe) soʻz hisoblanadi: 
Shirin olma (qanday olma?).
Bosh soʻz ot, sifat, son, olmosh, ravish, modal soʻz va otlashgan 
taqlid hamda undov soʻzlar bilan ifodalansa, 
otli birikma 
hisoblanadi: 
baland bino, asalday shirin, intizomda birinchi, bolalarning 
hammasi, menda koʻp, senga kerak, toʻplarning gumbur-gumburi,
askarlarning urrasi.
Bosh soʻz fe’l va uning ravishdosh, sifatdosh va harakat nomi
shakllari bilan ifodalansa, 
fe’lli birikma
hisoblanadi: 
kitobni 
oʻqish, ishni bajarib, tez kelgan. 
Soʻz birikmalari tuzilishiga koʻra ikki xil boʻladi:
1.Sodda soʻz birikmalari
boshqa birikmalarga ajralmaydigan soʻz 
birikmalaridir (bunda yordamchi soʻzlar ham ishtirok etishi mumkin): 
beshta daftar, bugun keldi, oʻzining uyi

shaharda yashaydi, akasi 
haqidasoʻradi
. Ajralmas birikmalar, qoʻshma soʻzlar, iboralar 
qatnashgan birikmalar ham sodda soʻz birikmasi hisoblanadi: 
qilich 
boʻyin ot, borsa kelmas oroli, turib javob bermoq
.
2. Murakkab soʻz 
birikmalari
tarkibida uchta va undan ortiq mustaqil soʻz qatnashib
shaklan kamida ikkita soʻz birikmasidan iborat boʻladi, mazmunan esa 
bu soʻz birikmalarini ajratib boʻlmaydi: 
gʻayratli yosh bolalar, yangi 
ommabop kitob, katta qora qoʻy, asfalt yotqizilgan keng koʻchalar, 
katta mevali daraxt
,
bugun kelgan ishchilar
. Bunda sodda soʻz 
birikmasi kengayadi.
Ayrim darsliklarda 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə