Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


ot bilan  – goʻzal oʻlka, shahar koʻchalari, maktab bolalari, fakultet  oʻqituvchilari.  sifat bilan



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/195
tarix02.10.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#125264
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   195
Ona tili sintaksisi

ot bilan 
– goʻzal oʻlka, shahar koʻchalari, maktab bolalari, fakultet 
oʻqituvchilari. 
sifat bilan
– qovunning shirini, talabalarning a’lochisi, hammadan 
katta 
olmosh bilan 
– qizlarning har biri, oʻtirganlarning hammasi, 
shularning barchasi. 
son bilan 
olmaning yarmi, topshiriqning uchdan biri, talabalarning 
uchtasi... 
taqlid soʻz bilan 
– shamolning gʻuv-gʻuvi, mashinaning pat-pati, 
yulduzning yalt-yulti 
harakat nomi bilan
: maktabda oʻqish, piyoda yurish, koʻchada sayr 
qilish 
2.Fe’lli birikmada
– hokim soʻz fe’lning vazifadosh shakllari (sof 
fe’l, sifatdosh, ravishdosh) shakllari bilan ifodalanadi: 
sof fe’l bilan
– daftarga yozmoq, stulda oʻtirmoq, oʻrnidan turmoq 
Ravishdosh shakli bilan – tez-tez yurib, darsdan qaytguncha, koʻchada 
yura-yura 
sifatdosh 
shakli bilan – mehnatda sinalgan, oftobda toblangan, umid 
bilan yashayotgan. 


10 
Ot
Sifat
Olmosh
Son
Taqlid so’z
Harakat
nomi
Sifatdosh
Kelishik
qo’shimchalari;
Egalik shakllari;
-lar;
Ismlar
Qo’shimchalar
 
Soʻz birikmasi va unga yondosh holatlar 
Qoʻshma soʻzlardan: Yangiyoʻl, Navroʻz bayrami, Amerika 
Qoʻshma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston Respublikasi, 
Gʻarbiy Yevropa, Birlashgan Arab Amirligi, havorang. Soʻz birikmasi 
va qoʻshma soʻzda qismlar birikuvi shakliy jihatdan oʻxshash boʻladi. 
Lekin soʻz birikmasidagi qismlar ma’no mustaqilligini saqlagan 
boʻladi. Qoʻshma soʻz qismlari esa ma’no mustaqilligini saqlamaydi, 
bitta umumiy lugʻaviy ma’no anglatadi. Soʻz birikmasidagi qismlar 
orasida grammatik aloqa sezilib turadi, qoʻshma soʻz qismlari orasida 
esa grammatik aloqa boʻlmaydi, bitta urgʻu bilan aytiladi. Qiyos 
qiling: Yangiyoʻl (qayer?) – yangi (qanday?) yoʻl; bilakuzuk (nima) – 
xatni (nimani) oldim. 

Iboralardan: kapalagini uchirmoq, tarvuzi qoʻltigʻidan tushmoq, 
qulogʻiga quymoq, boshiga yetmoq. Soʻz birikmasi qismlari oʻzaro 
erkin bogʻlangan boʻladi – tushuncha anglatadi; iboralar esa turgʻun 
bogʻlanmalar boʻlib, ular yaxlit bitta lugʻaviy ma’no anglatadi. 
Masalan: Bola qushlarga qarata tosh otdi. – Yutuqlarini koʻrolmasdan 
doʻstiga ham tosh otdi. 


11 

Soʻz birikmasi va turgʻun bogʻlanma gapda ayni shaklda qoʻllanishi 
mumkin: boshiga yetmoq, yaxshi koʻrmoq, qulogʻiga quymoq, oʻz 
yogʻida qovurmoq, poʻstagini qoqmoq, toʻnini teskari kiymoq
boʻyniga qoʻymoq, tarvuzi qoʻltigʻidan tushmoq, kapalagi uchib 
ketmoq kabi birliklar erkin birikma boʻlganda tushuncha, turgʻun 
bogʻlanma boʻlganda bitta lugʻaviy ma’no anglatadi. 

Koʻmakchili qurilmalardan: mehnatiga yarasha, hunari tufayli, 
koʻcha boʻylab, yorugʻlik tomon, uyga qarab, qilmishiga yarasha. Bu 
birliklarning ikkinchi qismi vazifadosh koʻmakchilardan tashkil 
topgan boʻlib, soʻz birikmasi ikkita mustaqil soʻzning birikuvidan 
tuzilishi lozim. 

Gaplardan: Atrof goʻzal. Kitob qiziqarli. Bolalar uchta. Soʻz 
birikmasi ham, gap ham soʻzlarning grammatik aloqaga kirishuvidan 
yuzaga keladi. Soʻz birikmasi narsa-buyum, belgi, ish-harakatni 
aniqlashtirgan holda ifodalab, soʻz kabi gap tuzish, uni kengaytirish 
uchun xizmat qiladi: baland bino, tez yurmoq. Gap esa ma’lum fikr 
ifodalab, tugallangan ohang bilan aytiladi: Bino baland. Mashina tez 
yuradi. 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə