O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev


  I BO`LIM. “BOLALAR ADABIYOTI” FANINING YETAKCHI



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/77
tarix20.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#106433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
497a0b1746c91dc90fc255837898d28c BOLALAR ADABIYOTI OQUV QOLLANMA

 



I BO`LIM. “BOLALAR ADABIYOTI” FANINING YETAKCHI 
TAMOYILLARI 
 
 “BOLALAR ADABIYOTI” FANINING MAQSAD VAZIFALARI. 
BOLALAR KITOBXONLIGI
Reja : 
1.
Bolalar adabiyoti faniningmaqsad va vazifalari.
2.
Bolalar kitobxonligi haqida. 
3.
Bolalar adabiyotiga qo`yiladigan talablar 
4.
Bolalar kitobxonligiga erishish usullari. 
Ma‘lumki, inson komillikka yetishishi uchun ma‘naviy dunyoqarashi keng 
bo`lishi, odobli, bilimli bo`lishi bilan birga kattalarning pand-nasihatlariga astoydil 
e‘tiborli bo‗lishlari talab etiladi. 
Bolalar adabiyoti fani bolalarni imon-e‘tiqodli, vatanparvar shaxs etib 
tarbiyalashda muhim vositadir. Kichkintoylarga atab yoziladigan har qanday badiiy 
asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos bo‗lishi, ular qalbida chuqur 
o‗y-fikrlar uyg‗otishi, yorqin obrazlar va yuksak g‗oyalarga boy bo‗lishi, ularni 
ulkan va porloq ishlarga ilhomlantirishi zarur. Eng muhimi, mavzular tushunarli
sodda va qiziqarli tilda yoritilishi lozim. 
Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta‘sir ko‗rsatib, ana shu 
talablarga javob bera oladi. Shu sababli bunday kitoblar pedagogik va psixologik 
nuqtayi nazardan ham alohida ahamiyat kasb etadi. 
Bolalar adabiyoti bu vazifani bajarishda badiiy tilga suyanadi. Adabiy 
asarning tili uning g‗oyaviy mazmunini aniq va ifodali ochib berish vositasidir. 
Yaxshi, aniq, ravon, obrazli, boy til bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va 
fikrlarini kitobxonlarga tez va oson yetkazadi. 



Bolalar yozuvchisi sodda, ravon, qiziqarli va mazmundor qilib yoza bilishi 
kerak. Buning uchun esa u xalq tilini puxta bilishi lozim. 
Ravon til bilan yozilgan badiiy asarlar yosh kitobxonning nutqiga ham katta 
ta‘sir ko‗rsatadi, so‗z boyligini oshiradi. 
Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblari yosh avlodni tabiatni sevishga, 
halol yashashga, ilm-fan cho‗qqilarini egallashga, xalq uchun foydali yangi 
kashfiyotlar qilishga o‗rgatadi. Kitob xalqimizning o‗tmishi, ilg‗or madaniyatimiz, 
fan va texnikamiz yutuqlari bilan tanishtiradi, faxr tuyg‗ularini o‗stiradi. 
Bolalar ta‘lim-tarbiyasida bolalar adabiyotidan keng foydalanmay turib, yangi 
jamiyat quruvchisini har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash mumkin emas. 
Bolalar adabiyoti bo`yicha kitobxonlik — kitob o‗qish, tinglash, hikoya qilish 
kabi talablarni o`z ichiga oladi. 
Bolalar kitobxonligini o‗quvchilarning pedagogik-psixologik xususiyatlariga 
ko‗ra quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin: 
1.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kitobxonligi (2 yoshdan 7 
yoshgacha). 
2.Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi (7 yoshdan 11 — 12 
yoshgacha). 
3.O‗rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi (13— 14 yoshdan 15 — 17 
yoshgacha). 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə