O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/77
tarix20.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#106433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   77
497a0b1746c91dc90fc255837898d28c BOLALAR ADABIYOTI OQUV QOLLANMA

 


22 
Topishmoq
Qadim-qadim zamonlarda ham o`zbek xalqi o`z bolalarini kuchli, epchil, aqlli 
qilib tarbiyalashga katta ahamiyat bergan. O`sha paytlarda hali bolalarga ta‘lim-
tarbiya beradigan maktablar yo`q edi. Ana shuning uchun ham xalq turli o`yinlar 
va boshqa vositalar o`ylab topgan. ―Bekinmachoq‖, ―Chillak‖ka o`xshash 
o`yinlarda ishtirok etuvchi bolalarda chaqqonlik, epchillik kabi jismoniy hislatlar 
paydo bo`la borgan. Xo`sh, endi bolalarning zehnini charxlash uchun nima qilish 
kerak edi? Topishmoq, jumboq singari aqliy o`yinlar ana shu savolga javob izlash 
jarayonida xalq tomonidan yaratilgan. Topishmoqlarning ham ijodkori xalqdir. 
Yuzaki qaraganda kattalar bilan bolalar, bolalar bilan kattalar o`rtasida 
topishmoqlar aytish, shunchaki bir ermakday tuyuladi, zerikmaslik uchun, vaqtni 
tez o`tkazishga qaratilganday ko`rinadi. Aslida esa topishmoqlar fikr qayrovidir
ular orqali bola obrazli fikrlaydigan va obrazli so`zlaydigan bo`ladi. Topishmoqlar 
bolada so`z boyligini orta borishiga va nutqining o`sishiga yordam qiladi. Bolaga 
topishmoq topishni o`rgatish bilan unda fikrlashning asta-sekin yuksalishiga sabab 
bo`ladi. Demak, xalq og`zaki ijodining eng qadimgi va eng faol janrlaridan biri 
topishmoqdir. Topishmoqlar inson, ijtimoiy hayot va tabiat hodisalari bilan 
chambarchas bog`langan bo`lib, hammavaqt real voqelikka asoslanadi. Unda 
atrofimizni o`rab turgan moddiy dunyodagi turli narsalar aks etadi. Har bir 
topishmoq o`ziga xos shakl va mazmunga ega bo`lgan mustaqil bir asardir. Unda 
falsafiy, tarixiy, etnografik belgilar, tushunchalar, hodisalarning mohiyati 
nihoyatda go`zal, obrazli ifodalar bilan aks ettiriladi. Bu janr ikki kishi yoki jamoa 
o`rtasida berilgan jumboqli savolga javob qaytarish tarzida ijro etiladi. An‘anaviy 
topishmoqlarning savol qismi tabiat, tabiat hodisalari, umuman har bir ob‘ektga 
badiiy tus berilgan holda obrazlashtirish, taqqoslash, o`xshatish orqali 
jumboqlanadi. Javob qismi esa obrazlar orqali jumboqlangan ob‘ekt-narsa yoki 
tabiat hodisalarning otini aytib berish, ma‘nosini topish, yashiringan narsani 
echish, bilishdan iborat. 


23 
Shu narsa diqqatga loyiqki, har bir topishmoq turmush bilan chambarchas 
bog`langan bo`ladi. Topishmoqda atrofimizdagi narsalarning badiiy-estetik 
tomonlari, xalqning urf-odatlari aks etadi. Unda tabiat, tabiat hodisalari va 
narsalarni bir-biriga taqqoslash, o`xshatish orqali borliqni, undagi mavjud 
narsalarning mohiyatini yaxshiroq tushunishga katta yordam beradi. 
Xalq og`zaki ijodining eng boy janrlaridan biri bo`lgan topishmoq ikki 
qismdan iborat bo`lib, topishmoqning asosiy qismi bo`lgan javob obrazlar orqali 
jumboqlangan ob‘ekt-narsaning otini aytib berishdan iboratdir. Uning savol-
jumboq qismi tabiat, tabiat hodisalari va narsalarni, umuman, ob‘ektni badiiy tus 
berilgan holda obrazlashtirish, taqqoslash, o`xshatish orqali jumboqlashdan tashkil 
topgan. Topishmoqning jumboq qismi bilan javobi birlikda bir butunlikni tashkil 
etadi. 
Topishmoq o`z ichiga borliqdagi hamma narsa va hodisalarni, ularning turli-
tuman ko`rinishlarini qamrab oladi. Osmon, ko`k, quyosh, oy, yulduzlar, tabiat 
hodisalari; odam va uning a‘zolari; hayvonot dunyosi; qushlar, hashoratlar; daraxt, 
har turli o`simliklar, meva, sabzovotlar; uy-ro`zg`or buyumlari; mehnat qurollari, 
umuman, hamma narsalar haqida ko`plab topishmoqlar yaratilgan. 
Zero, topishmoq hozirgi vaqtda ham o`zining g`oyaviy, tarbiyaviy 
ahamiyatini yo`qotgan emas. Hozirgi kunda ham har xil narsa va hodisalar haqida 
yangidan-yangi 
topishmoqlar 
yaratilmoqda. 
Topishmoqlar 
ayniqsa, 
kichkintoylarning fikrlash qobiliyatini o`stirishga, ularni muayyan bir fikrni badiiy 
tusda ifodalashga va ziyraklikka, topqirlikka o`rgatadi. 
Yaxshi tarbiya – bolalarni istagan paytda ojizni himoya qilishga tayyor 
turuvchi insonparvar kishilar sifatida voyaga etkazishdan iboratdir. Bolalikda bu - 
hayvonlarni himoya qilishdan, hatto, ninachilar, kapalaklar va gullarga rahmdil 
bo`lishdan boshlanadi. 
Deylik, deraza oldida ikki bola turibdi. O`g`il bola – ikki yoshda, qiz esa 
to`rtda. Ular oynaga burunlarini taqagancha ko`chani tomosha qilishayapti. Oxiri 
ko`chaga qarash jonlariga tegib, oynaga urilayotgan kapalakni tutib olishdi-da


24 
qanotlarini yulib tashlab, uning o`rmalashini tomosha qila boshlashdi. Ularga bu 
juda qiziq tuyulardi. Avval uchib yurgan edi, endi bo`lsa o`rmalayapti. 
- Dada, oyi, - deyishdi ular hayajonlari oshib-toshib. – Bu yoqqa kelib, mana 
buni ko`ringlar! 
Ularning bu o`yiniga dadasining negadir qaragisi ham kelmadi. 
- Kapalakning qanoti ham xuddi sizlarning qo`llaringizga o`xshaydi, - dedi u. 
– Mabodo kuchli bir odam sizlarni ham kapalakka o`xshatib o`ynaganda yaxshi 
bo`larmidi? Hech kimning va hech narsaning jonini og`ritmaslik kerak. 
Tabiiyki, bolalar nima qilishlarini bilmay, bir-birlariga tikilib qolishadi. Ana 
shunda ota jahlidan tushib, avval o`zi aytib bergan, bolalarning o`zlari o`qigan 
tabiatni 
– jonivorlarni, parranda-yu, darrandalarni, qurt-qumursqalarni 
o`ldirmaslik, parvarish qilish, ko`paytirishdek vazifalarni ularning eslariga solsa va 
shu yo`sinda jozibali topishmoqlar aytishni boshlab yuborsa, ayni muddao 
bo`lardi. 
Uy hayvonlari, jonivorlar orasida hamma uchun yaqini, suyuklisi, e‘zozlisi 
sigir hisoblanadi. Har qanday holatda ham sigir oila boquvchisi, yordamchisi 
hisoblanadi. U parvarish qilinsa, o`z vaqtida o`t-emi berib turilsa u sutu qaymoq 
bilan mehmon qilaveradi.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə