O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev


Maktabgacha yoshdagi bolalar kitobxonligidagi o`zaro



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/77
tarix20.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#106433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
497a0b1746c91dc90fc255837898d28c BOLALAR ADABIYOTI OQUV QOLLANMA

Maktabgacha yoshdagi bolalar kitobxonligidagi o`zaro 
farq bolalarning 
yoshi, bilimi, saviyasi bilan bog‗liq. Maktabgacha yoshdagi bolalar, asosan, 
tarbiyachilari, ota-onalari yordamida badiiy asarlar bilan tanishadi. Bu yoshdagi 
bolalarni tevarak-atrofdagi turli voqea-hodisalar nihoyatda qiziqtiradi. Ularning 
bizni qurshagan olam haqidagi savollariga badiiy asarlarda mufassal javob 
berilgan. Bu davr bolalariga tavsiya etiladigan asarlarning harflari yirik-yirik 
bo‗lib, rasm va bo‗yoqlarga boy bo‗lishi talab etiladi. Bu davr bolalar 
kitobxonligida kichkintoy, albatta, bajarishi zarur bo‗lgan mas‘uliyat bor. Masalan, 
ota-ona, tarbiyachi topshirig‗ini so‗zsiz ado etish, namunali o‗qish, yurish-turishda 
o‗zgalarga ibrat bo‗lish, ona-Vatanni sevish va boshqalar. 
Shu o‗rinda Quddus Muhammadiyning «Avval o‗yla, so‗ngra so‗zla» she‘ri 
yuksak darajada turadi. Chunki bola maktabga qadam qo‗yishi bilan uning bolaligi, 
hayotga mas‘uliyatsizligi tugaydi. Har bir bosgan qadamiga, gapiradigan gapiga 
e‘tibor berishi talab etiladi: 


12 
O‗ylamasdan so‗zlagan so‗z 
Odamni xafa qilar. 
So‗z qovushmay, o‗ng-u ters, 
Ma‘noni chappa qilar. 
Shu zaylda bolada kasb-hunarga ishtiyoq, ona-Vatanga sadoqat, ota-onaga 
muhabbat paydo bo‗ladi. Adabiyot orqali bolalar kitoblaridagi qahramonlarning 
xatti-harakatlarini baholashga o‗rganadilar, asarlardagi mardlik va jasoratni 
o`rganadilar. 
Sharq mutafakkirlaridan Al-Xorazmiy, Al-Farg‗oniy, Ahmad Yugnakiy, Al-
Buxoriy, Forobiy, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy 
asarlarida ham bolalar dunyoqarashini shakllantirishga doir ijod namunalarini 
uchratish mumkin. 
Bu yoshdagi bolalarga xalqimizning shonli tarixi, bugungi hayoti haqida 
yozilgan turli janrdagi asarlarni tavsiya etish mumkin.
Bolalar adabiyoti o‗ziga xos xususiyatlari bilan kattalar adabiyotidan farq 
qiladi. Bolalar yozuvchisi dunyo voqealarini bolalar tasavvuri, tushunchasini 
nazarda tutib tasvirlaydi. Shu orqali kichkintoylarni olg‗a intilishga chaqiradi, 
hayotni chuqur sevishga yordam beradi. Bolalar adabiyotida didaktika ohangi 
ustun turadi. 
Ma‘lumki, og‗zaki adabiyot yozma adabiyot paydo bo‗lmasdan ilgari, uzoq 
o‗tmishdayoq mavjud bo‗lgan. Bu adabiyot xalq badiiy kamoloti va ma‘naviy 
boyligining bitmas-tuganmas xazinasidir. Xalq og‗zaki ijodi turmush tajribalari 
asosida yuzaga kelgan bo‗lib, mehnat jarayoni bilan chambarchas bog‗langan. 
Xalq donoligi shu mehnat jarayonining turli va o‗ziga xos shart-sharoitlariga 
muvofiq ravishda bolalar uchun ham ajoyib ertaklar, qo‗shiqlar, topishmoqlar, 
maqollar yaratgan. Ularni bolalar juda sevib tinglaydilar va o‗qiydilar. Xalq 
og‗zaki ijodi bilan bolalar maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab tanisha 
boshlaydilar. Xalq og‗zaki poetik ijodidagi obrazlarning yorqinligi, so‗z 
ma‘nolarining aniqligi, matnning ohangdorligi, musiqiyligi kabi xususiyatlar bola 
ruhiga orom, huzur bag‗ishlaydi, uni o‗ziga mahliyo etadi, chunki folklorda qayta 


13 
takrorlash bir fikrni boshqa so`zlar bilan takrorlashga o`xshashdir
1
. Yana bir 
narsani alohida ta‘kidlab o‗tish lozimki, kichik va o‗rta yoshdagi bolalar 
qahramonlik dostonlarini zavq-shavq bilan tinglaydi, ertak, qo‗shiq va 
topishmoqlarga g‗oyat qiziqadi. Xalq og‗zaki poetik ijodida yaxshilik yomonlik 
ustidan, to‗g‗rilik egrilik ustidan g‗alaba qiladi, mehnatkash xalqning intilishlari, 
turli orzu, istaklari haqqoniy va favqulodda qiziqarli ravishda hikoya qilinadi. 
Ko‗rinib turibdiki, xalq og‗zaki ijodida mehnat ahlining urf-odati, tabiat va jamiyat 
hodisalariga bo‗lgan munosabati, baxtli hayot haqidagi ezgu tilak va orzulari, 
qayg‗u va shodliklari, ularning qahramonlik, vatanparvarlik va insonparvarlik 
tuyg‗ulari, dushmanga nisbatan g‗azab va nafratlari, yengilmas iroda, haqiqat, 
adolat, baxt haqidagi o‗y va tushunchalari aks ettiriladi. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə