O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev


Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kitobxonligi



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/77
tarix20.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#106433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
497a0b1746c91dc90fc255837898d28c BOLALAR ADABIYOTI OQUV QOLLANMA

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kitobxonligi
. Bu davr bolalar 
kitobxonligi, asosan, ota-onalar, buvi-bobolar, mahalla ertakchilari-yu tarbiyachilar 
tomonidan amalga oshiriladi. Hali o‗qish, yozish, chizishni bilmaydigan 
maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan bexabar bo‗ladilar. Hatto 
oila a‘zolari, uy hayvonlari, parranda-yu dov-daraxtlargacha notanish bo‗ladi. 
Kattalar o‗qib, aytib, hikoya qilib beradigan asarlar bu davr bolalari uchun muhim 
tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bu davr bolalarga o‗qibberiladigan har qanday 
asarning hajmi qisqa, mazmuni sodda bo‗lishi zarur. Shuningdek, bunday 
kitoblarning rasmlari rang-barang, harflari esa yirik-yirik bo‗lishi maqsadga 
muvofiqdir. Bog‗cha yoshidagi bolalarga ham, avvalo, maqol va topishmoqlarni


10 
so‗ng hayvonlar haqida, umuman, tabiatni sevishga o‗rgatuvchi ertaklarni aytib 
berish yoki o‗qib berish juda foydalidir. Ularga mehnatsevarlikni o‗yinlar orqali 
o‗rgatilsa, yaxshi ta‘sir ko‗rsatadi. Masalan, «Sholg‗om», «Bo‗ri bilan Qo‗zichoq», 
«Tulki bilan Turna», «Tulki bilan uzum», «Ur, to‗qmoq!» kabi masal va ertaklar 
bolalarni mehnatsevarlikka, tabiatni sevishga, rostgo‗ylikka o‗rgatadi, aldamchilik 
va xudbinlik, baxillik va ochko‗zlik yomon illat ekanligini tushuntiradi.
 
Anvar Obidjonning «Suhbat» asari ko‗p yillardan beri bu davr bolalariga 
cheksiz quvonch ulashib kelmoqda. Ma‘lumki, bolalar go‗daklik chog‗laridanoq 
jonivorlar, xususan qushlarga qiziqadilar. Voqea bolalar bilan g‗ozlar suhbati 
asosiga qurilgan. O‗zaro suhbatdan ma‘lum bo‗ladiki, g‗ozlarning qorni och, ularni 
boqish kerak. Buni shoir o‗yin vositasida ifoda etadi: 
-- G‗ozlar, bir so‗z deysizmi? 
— 
G‗a, g‗a, g‗a! 
— 
Totli suli yeysizmi? 
— 
Ha, ha, ha. 
— 
Nega patni silaysizlar? 
— 
G‗oq, g‗oq, g‗oq. 
— Mendan nima tilaysizlar? 
— 
Boq, boq, boq! 
Bu xildagi she‘rlar kichkintoylarni mustaqil fikrlashga, turmush 
taassurotlarini to‗plab, ulardan xulosa chiqarishga o‗rgatadi. 
Bolalarning, ayniqsa, jajji qizchalarning sevimli mashg‗ulotlaridan biri 
qo‗g‗irchoq o‗ynashdir. Yo‗ldosh Sulaymonning «Qo‗g‗irchoq» she‘rida 
qo‗g‗irchoqlarni asrab-avaylash, oddiy bir o‗yinchoq vositasida kattalarning 
mehnatini e‘zozlash masalasi o‗rtaga tashlanadi: 
Quyosh bilan teng turib, 
Ozoda kiyintirib, 
Senga taqamiz marjon, 
Qo‗g‗irchoq, qo‗g‗irchoqjon. 


11 
Har qanday yozuvchi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga o‗qib 
beriladigan asar tilining badiiy jihatdan puxta-pishiqligiga, tushunarli, aniq va 
ravonligiga alohida e‘tibor beradi. Bu yoshdagi bolalarga tavsiya etiladigan asarlar 
hayot haqida muayyan tasavvur berishi bilan birga, ularga zavq-shavq 
bag‗ishlaydi. Masalan, Shukur Sa‘dullaning «Lola va mushuk» she‘rini olib 
ko‗raylik. Bu asar juda oddiy. Misralari ham sodda. U bir o‗qishdayoq kichkintoy 
mehrini o‗ziga tortadi, uni uyqudan barvaqt turishga, yuvinib-taranishga, ozoda, 
pokiza bo‗lishga o‗rgatadi. Bolaning uy hayvonlariga, jonivorlariga mehri, 
g‗amxo‗rligini oshiradi: 
Men Lolaman, Lolaman, 
Ozoda qiz bolaman. 
Erta bilan turaman
Yuz-qo‗limni yuvaman. 
Xulosa qilib aytganda, bu davr bolalari o‗zlari tinglagan asarlari yordamida 
asta-sekin atrof-muhit bilan tanishadilar, ona yurtga mehr-oqibatli bo‗lishni, 
tabiatni asrashni, mehnatni sevishni o‗rganadilar. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə