O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/77
tarix20.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#106433
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
497a0b1746c91dc90fc255837898d28c BOLALAR ADABIYOTI OQUV QOLLANMA




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 
 
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI 
 
F.Q.KIYIKBAYEV 
 
 
BOLALAR ADABIYOTI 
 
5111800 -
Maktabgacha ta‘lim yo`nalishi talabalari uchun
o‗quv qo`llanma 
ANDIJON -2020 



F.Q.KIYIKBAYEV 
 
BOLALAR ADABIYOTI 
Ushbu o`quv qo`llanma oliy o`quv yurtlarining maktabgacha ta`lim 
yo`nalishi talabalari, magistrlari hamda maktabgacha ta`lim tashkilotlari 
tarbiyachilari uchun mo`ljallangan. ―Bolalar adabiyoti‖ o`quv fan dasturi 
asosida ishlab chiqildi.
 
Taqrizchilar:
Abdullayeva M.A. - Andijon viloyato Maktabgacha
ta`lim boshqarmasi boshligi , p.f.n., dotsent
Teshaboyev A. – ADU kafedra muduri, p.f.n., dotsent
 
 



SO`ZBOSHI 
 
Bolalar adabiyoti
— bolalar va oʻsmirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, 
ilmiyommabop va publitsistik asarlar majmui. Bularning asosiy kismini badiiy 
asarlar tashkil etadi. Jahon xalqlari, shu jumladan oʻzbek xalqi Bolalar adabiyoti 
tez aytish, topishmoq, oʻyin qoʻshiklari, rivoyat, afsona, ertak, makal, masal va 
doston singari aksariyat qismi bolalarga moʻljallab yaratilgan ogʻzaki ijod 
namunalaridan boshlanadi. Bolalar adabiyoti ni bevosita bolalarga moʻljallab 
yaratilgan va aslida bolalarga moʻljallanmagan boʻlsada, keyinchalik Bolalar 
adabiyoti ga oʻtib qolgan asarlarga ajratish mumkin. 
Bolalar adabiyoti ning oʻziga xos xususiyati — oʻzgaruvchan hodisa boʻlib, u 
kitobxon yoshi, tarixiy davr va ijtimoiy muhit bilan bevosita bogʻliq. Kitobxon 
yoshini hisobga olish Bolalar adabiyoti ning eng asosiy xususiyatlaridandir. Maye, 
maktabgacha yoshdagi bolalarda bu koʻrgazmalilik, ezgulik va yovuzlik 
kuchlarining oddiy koʻrinishdagi ziddiyatlariga asoslangan boʻlsa, oʻsmirlar uchun 
yaratilgan adabiyotda murakkab hayotdagi murakkab kishilarning ruhiyati ochila 
boshlaydi. 
Bolalar adabiyoti ning yana bir xususiyati uning harakatga boyligidir. Bundan 
Bolalar adabiyoti da syujetga boʻlgan talab ham kelib chiqadi. U voqealarning 
tezkor, qiziqarli, fantaziyaga, yumorga boy ravishda ye.chilishini talab qiladi. 
Sharq yozma adabiyotida "pandnoma", "mavʼizatnoma", "nasihatnoma", 
"axloq kitoblari" singari nomlar bilan tasnif qilinuvchi asarlar Bolalar adabiyoti 
ning dastlabki namunalari hisoblanadi. Maye, Kaykovusning "Mavʼizatnomai 
Kaykovus" ("Qobusnoma"), Shayx Savdiyning "Guliston" va "Boʻston", 
Jomiyning "Bahoriston" asarlari shular jumlasidandir. Bular tarjima vositasida 
oʻzbek Bolalar adabiyoti ga kirib kelgan. Alisher Navoiyning "Hayrat ulabror", 
"Mantsh uttayr" va "Mahbub ulqulub" asarlari, Xojaning "Miftoh uladl" va 
"Gulzor", Gulxaniyning "Zarbulmasal" asarlari esa oʻzbek Bolalar adabiyoti ning 
mumtoz namunalari boʻlib, pandnasihat ruhidagi maqolat va hikoyatlari bilan 



asrlar mobaynida yosh avlodni yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga 
xizmat qilib kelmoqda. 
Bolalar adabiyoti ning shakllanishi deyarli barcha xalqlarda asosan 
maʼrifatparvarlik va maktabmaorif tizimi islohotlari bilan chambarchas bogʻliq. 
Oʻzbek Bolalar adabiyoti ning barqarorlashuvi ham 19-asr 2 yarmi — 20-asr 
boshlaridagi maʼrifatparvarlik harakatiga borib taqaladi. Saidrasul Aziziy, 
Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Hamza va boshqa oʻnlab maʼrifatparvarlarning 
"yangi usul" ("usuli jadidiya")dagi oʻzbek maktablari talabalari uchun yaratgan 
ellikka yaqin alifbo va oʻqish kitoblari oʻzbek Bolalar adabiyoti ning tom 
maʼnodagi yorqin namunalari hisoblanadi. Bolalar adabiyoti ga bolalar uchun 
maxsus yaratilgan asarlar sifatida qarash, uning oʻziga xos tamoyillarini belgilash 
20-asr boshlariga xosdir. 
Oʻzbek Bolalar adabiyoti jahon Bolalar adabiyotining ilgor anʼanalari 
taʼsirida rivojlandi. Jahon Bolalar adabiyoti ning nodir namunalari oʻzbek tiliga 
tarjima qilindi, "Gulliverning sayohatlari" (J. Svift), "Robinzon Kruzo" (D. Defo), 
"Tom togʻaning kulbasi" (BicherStou), "Soʻna" (E. Voynich) kabi jahon 
adabiyotining nodir asarlari oʻzbek bolalarning ham mulki boʻlib qoldi. 
Sharq adabiyoti eng yaxshi namunalarini arab, fors tilidan tarjima qilish 
Bolalar adabiyoti tarjimachiligidagi bir yoʻnalish boʻlsa, Gʻarb adabiyoti, xususan 
rus adabiyoti namunalarini oʻzbekchalashtirish ikkinchi yoʻnalishni tashkil etdi. I. 
A. Krilov masallari, A. S. Pushkinning "Baliqchi va baliq haqida ertak" asari, K. 
D. Ushinskiy hamda L.N. Tolstoyning bir qancha hikoya, ertaklari va boshqa ayni 
shu davrda tarjima qilinib, yangi usuldagi maktablar alifbo va oʻqish kitoblariga 
kiritildi. Ijodkorlar tarjima vositasida realistik Bolalar adabiyoti ning oʻziga xos 
xususiyatlarini yanada mukammal egalladilar, bolalar uchun yozuvchi adiblar 
guruhi shakllandi. 20-asrning 20—30- yillarida Hamid Olimjon, Gʻafur Gʻulom, 
Gʻayratiy, Shokir Sulaymon, Ilyos Muslim, Gulom Zafariy, Ayniy, Elbek, Zafar 
Diyor, Sulton Joʻra, Kudrat Hikmat, Quddus Muhammadiy, Shukur Sadulla, 
Hakim Nazir, Poʻlat Moʻmin va boshqa ijodkorlarning asarlari oʻzbek Bolalar 



adabiyoti ning rivojlanishida, maxsus adabiyot sifatida shakllanishida muhim 
ahamiyatga ega boʻldi. 
Oʻzbek bolalar adabiyotida ayniqsa, adabiy ertak janri rivojlandi. Hamid 
Olimjonning Oygul va Baxtiyor, "Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod", Mirtemirning 
"Ajdar", Shukur Saʼdullaning "Uch ayiq", "Ayyor chumchuq", Zafar Diyorning 
"Yangi ertak", "Toshxon bilan Moshxon", "Tulkining hiylasi", Sulton Joʻraning 
"Zangor gilam" va "Qaldirgʻoch" singari adabiy ertaklari xalq ogʻzaki ijodi 
anʼanalari asosida yaratilgan, shakl va mazmun jihatdan puxta badiiy asarlar 
sirasiga kiradi. 30- yillarda oʻzbek bolalar sheʼriyati yuksalib, uning mavzu doirasi 
kengaydi. 
40—60- yillarda oʻzbek Bolalar adabiyoti yanada rivojlandi, bolalar 
yozuvchilarining safi Nosir Fozilov, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Tolib Yoʻldosh, 
Farhod Musajonov, Latif Mahmudov va boshqa qalamkashlar hisobiga kengaydi. 
Uygʻun, Mirtemir, Asqad Muxtor, Sayd Ahmad, Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliy
Mirkarim Osim singari kattalar adabiyoti vakillari ham bolalarga atab asarlar 
yaratdilar. 
Quddus Muhammadiyning besh kitobdan iborat "Tabiat alifbosi" yosh 
kitobxonlarni ona tabiatga, hayvonot va oʻsimliklar dunyosiga mehrmuhabbat 
ruhida tarbiyalovchi, quvnoq kulgi bilan yoʻgʻrilgan, mavzular rangbarangligi va 
tasvirning mukammalligi bilan eʼtiborga sazovor. 
50—60- yillarda Gʻafur Gʻulomning "Shum bola", Oybekning "Bolalik", 
Abdulla 
Qahhorning 
"Oʻtmishdan 
ertaklar", 
Nazir 
Safarovning 
"Koʻrgankechirganlarim" qissalari nasriy Bolalar adabiyoti rivojiga munosib ulush 
boʻlib qoʻshildi. Xudoyberdi Toʻxtaboyevning "Sehrli qalpoqcha", "Sariqdevni 
minib", "Sariq devning oʻlimi" asarlari ham sara asarlar qatoridan oʻrin oldi. Bular 
koʻpgina xorijiy tillarga tarjima qilindi. Hakim Nazirning "Sunmas chaqmoqlar", 
"Yonar daryo", "Kichkintoy" qissalari, "Lochin qanotlari" romani davrning dolzarb 
muammolarini qamrab olishi, badiiy tasvirning oʻziga xosligi bilan eʼtibor 
qozondi. 



80- yillar Bolalar adabiyoti da Anvar Obidjon, Safar Barnoyev, Rauf Tolipov, 
Qambar Utayev, Hamza Imonberdiyev va boshqa ijodkorlarning asarlari yosh 
avlodni eng yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi bilan 
eʼtiborga sazovor boʻldi. 
Bolalar adabiyoti da badiiylik bilan bir qatorda maʼrifiylik ham yetakchi oʻrin 
tutadi. Chunki Bolalar adabiyoti namunalari yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida 
tarbiyalashga ham xizmat qiladi. Barcha davrlar Bolalar adabiyoti ning taraqqiyot 
tamoyillari, avvalo, maʼrifiylik va tarbiyaviylikda aks etadi. Biroq Bolalar 
adabiyoti rivojlanib borgani sari uning sof badiiyat unsurlarini egallashga intilishi 
va umumadabiyot taraqqiyot tamoyillari bilan hamkorligi ham koʻzga tashlanadi. 
Jumladan, 20 a. boshlarida oʻzbek Bolalar adabiyoti da koʻproq maʼrifatparvarlik 
gʻoyalari yetakchilik qilsa, 30- yillar Bolalar adabiyoti da realistik adabiyot 
tamoyillari ustuvor, 5060- yillar Bolalar adabiyoti da sarguzasht fantastik adabiyot 
elementlari kuchaydi. 80- yillar Bolalar adabiyoti da psixologizmning kuchayishi, 
yosh qahramon talqinida uni yosh bola tarzida emas, hayotga tobora jadal kirib 
kelayotgan, oʻz qarashlariga ega boʻlgan shaxs sifatida tasvirlashga intilish ruhi 
mavjud. 
Oʻzbek Bolalar adabiyoti taraqqiyotida 90- yildar yangilanish davri boʻldi. 
Istiqlol sharofati bilan milliy, madaniy, adabiy va diniy qadriyatlarning tiklanishi 
Bolalar adabiyoti namoyandalari ijodiga ham sezilarli taʼsir qildi, ularning 
asarlarida haqiqiy oʻzbek qiyofasi tasviri yetakchi oʻrin egallay boshladi. 
Bolalar adabiyoti ning oʻziga xosliklari uning qahramoni tasvirida yanada 
yorqinroq namoyon boʻladi. Mac, 20-asr boshlari Bolalar adabiyoti namunalari 
koʻproq ijodkorning faolligi, qahramon tasviri emas, targʻibiytashviqiy ruh 
ustuvorligi bilan ajralib tursa, 30- yillar Bolalar adabiyoti da koʻproq xalq ogʻzaki 
ijodiga murojaat qilingan, bu davrda yaratilgan asarlarda ham hali faol qahramon 
obrazi deyarli yoʻq edi. 50—60- yillar Bolalar adabiyoti namunalari bevosita yosh 
qahramonlarning asarlar voqealarida hal qiluvchi oʻrin tutish bilan chinakam 
Bolalar adabiyoti ga aylandi. 70—80- yillar Bolalar adabiyoti namunalaridan esa 
tobora hayotga oʻz nuqtai nazari bilan qaraydigan, balandparvoz, ritorik 



taʼriflardan koʻra tanqidiy nigohi oʻtkirroq yosh qahramon qiyofasi gavdalana 
boshladi, shu davrda oʻzbek Bolalar adabiyoti ga ilk bora bolalarning oʻziga xos, 
endigina uygʻonib kelayotgan pok muhabbati kirib keldi. 90- yillar adabiyotida bu 
borada yangi qadam tashlandi, oʻzbek bolasi oʻzbekning farzandi ekanligidan 
faxrlanish, ulugʻ ajdodlarga munosib boʻlish ruhidagi, tom maʼnodagi 
vatanparvarlik gʻoyasi ustuvor asarlarni oʻqish baxtiga musharraf boʻldi. 
Ushbu qo`llanma bo`lajak maktabgacha ta‘lim tashkiloti tarbiyachilari uchun 
mo`ljallangan. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə