Reja: Safar Barnoyev bolalar shoiri va nosiri haqida



Yüklə 28,05 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü28,05 Kb.
#141953
Safar barnoyev hayoti va ijodi


Safar barnoyev hayoti va ijodi
Reja:

  1. Safar Barnoyev bolalar shoiri va nosiri haqida.

  2. Safar barnoyev hayoti

  3. Safar barnoyev ijodi

1958 yilning bahori… Sobiq Buxoro davlat pedagogika institutining o`zbek filoligiyasi fakulteti binosida taniq`li adib Mirzakalon Ismoiliy bilan uchrashuv bo`lib, unda shahar va viloyatda q`alam tebratayotgan talay havaskor q`alamkashlar q`atnashgandi. Boshda adib o`z ijodi va joriy adabiy jarayon haq`ida gapirgach, u bilan mahalliy ijodkorlar o`rtasida q`izg`in savol-javoblar bulib o`tdi.


Nihoyat, topgan bir dasta gul, topmagan bir bosh piyoz deganlaridek, mahalliy ijodkorlar birin-ketin o`z ijodlaridan namunalar o`q`ib, o`tirganlar muhokamasidan o`tkaza boshladi. Navbat biroz novcharoq` va ozg`ingina q`oramag`iz bir yigitchaga keldi. Uni Safar Barnoev deb tanishtirgach, u o`rnidan turib minbarga chiq`di. O`shanda “Surat” degan she`rini ehtiros bilan o`q`ib berib, olq`ishlar olgani hamon esimda.
She`r bir muhabbat fojiasi oyoq` ostida parchalanganini shamol g`ujgon o`ynayotgan bir surat vositasida ifodalangan edi. She`r tinglovchilarda shu boisdan ham o`zgacha ta`sir o`tkazgan edi. She`r muallifi esa o`shanda ayni muhabbat yoshidagi, yigirma yashar yigitcha edi. U sevib-sevilishga loyiq` edi, shundan dastlabki she`rlari o`smirlik tuyg`ulari ifodachisi sifatida bitila boshlangandi.
Sirasini aytganda, o`smirlik hali bolalikdan tamoman uzilib ketmagan bir palla bo`lib, kattalar olamiga nomzodlik davri sanaladi, unda hali bolalik romantikasi baravj bo`ladi. Shu bois Safar Barnoyevga butun ijodkorlik iste`dodini bag`ishlash bir q`adar oson kechdi. U armiyadagi hizmatini o`tab, Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi O`zbekiston Milliy Universiteti) ning jurnalistika fakultetida o`q`iy boshlagan kezlarida ana shu haq`iq`atni anglab etdi, bolalar uchun yozmaslik “dadajoni janggohga olib kelgan bolaligi”ga xiyonat deb tushundi. U yana shuni ham anglab etdiki, bunday xiyonatning alomati behad og`ir.
Shundanmikan, butun ijodida ikkinchi jahon urushi davridagi bolalikni ketidan q`ayta tiklash va undan axloq`iy-estetik saboq chiq`arishni yetakchi tamoyil q`ilib oldi. Shu ma`noda uni urushni xotirasi vositasida kuylovchi bastakor deyish mumkin. Uning tengq`urlaridan farq` q`iluvchi bosh ijodiy xususiyati ham xuddi shunda namoyon bo`ladi.
Safar Barnoev o`zbek bolalar adabiyotining Zafar Diyor, Sulton Jo`ra, Q`uddus Muhammadiy, Shukur Sa`dulla, Hakim Nazir, Mirkarim Osim, Q`udrat Hikmat va Po`lat Mo`min singari namoyandalari, shuningdek, jahon xalq`lari bolalar adabiyotlarining zabardast vakillari ijodlarini q`unt bilan o`rgandi, xususan, xalq ijodiyotiga, bolalar folkloriga hayratlanib nazar soldi. Biroq Buxoroyi sharifning saodatmand farzandi bo`lib bolalar shoiri sifatida teranroq mahobat kasb etdi.
U huddi shu nuq`tada iste`dodini ikki ulkan vatandoshi, o`zbek va tojik bolalar adabiyotlarining betakror namoyondalari Sulton Jo`ra va Gulchehra Sulaymonovalarning q`onuniy vorisi sifatida shakllantirganday tuyuladi.
Gap shundaki, Sulton Jo`ra ikkinchi jahon urushida bevosita q`atnashib, uning bolalar q`ismatiga ko`rsatgan fojeali ta`sirini ifodalab, o`zbek bolalar she`riyatida shu mavzuni yuksak sa`natkorlik bilan ifodalagan “Sog`inib”, “Sog`inchli salom” singari go`zal epistolyar she`rlar yaratib q`oldirgan sa`natkor edi. U jangchi sifatida vakillikka ishtirok etgan edi, shu sababli urush dahshatini o`z tanasida sinab ifodalagan edi. Safar Barnoyev bola sifatida urushning barcha kulfatlarini ko`rdi, otasini yulib olib uni yetim q`ildi urush, o`zga xonadonlarga q`ora xatlar kelganida ko`kka o`rlagan faryodlarni eshitib o`shandagi iztirobli yig`ilardan q`albi ozurda bo`lib,
Iztirobli yig`idan
Uyg`ondi tor ko`chamiz
Q`ora hatday q`orayib
Ketdi bizning kechamiz,-
deya o`sha ma`shum kunlarga nazar sola olgandi u.
Shundan kelib chiq`ib ayta mumkinki, urush mavzusida Sulton Jo`ra tugagan joyda urush haq`idagi bolalik xotirasi bilan Safar Barnoyev bo`y ko`rsata boshladi. Urush uning q`albida bitmas- tuganmas alam va jarohat q`oldirgan. She`rlarida shu alam laxta-laxta dardga aylangan, nasrida urush majruh q`ilgan bolalikning umid to`la jovdiroq` ko`zlardagi hasrat tosh q`otib kelgan. Mashhur “Non” hikoyasini olasizmi, “Nur yog`ilgan kun” yoki, “Oq` laylaklar” q`issalarini olasizmi, qolaversa, afg`on bolalari turmushiga bag`ishlangan hikoyalarini olasizmi, bari-barida urush xotiroti asosida bolalik q`ismatiga nazar solinadi. Hatto bir q`ator publitsistik maq`olalarida ham shu ruhni payq`ash q`iyin emas.
Safar Barnoev va Gulchehra Sulaymonovalar she`riyatidagi hamohanglik Buxoroyi sharif farzandi ekanliklarida. Bu hol ularning poetik tafakkuri va ifoda uslubida buxorocha fikrlashga o`xshagan yaq`inlikda sezilib turadi. Aytaylik Tursunboy Adashboevning q`aysi she`rini o`q`imang, q`irg`iz dalasining epkini esib turganday, undagi giyohlarning muattar hididan, Arslonbobning shifobaxsh havosidan mast bo`lganingizni sezmay q`olasiz. Miraziz A`zam she`riyati lirik q`ahramonida q`andaydir bilag`onlik mayli payq`alsa, Anvar Obidjon asarlarida chust do`ppini boshida yakshoxa q`o`ndirib olgan oltiariq`liklar q`ahq`ahasidan ko`nglingiz yayrab ketadi.
Safar Barnoev asarlarida esa nainki moziy bilan bo`y o`lchashgan Buxoroyi sharifning bolalarga xos tasavvuridagi suvratini ko`rasiz, balki jahon ahlini lol q`oldirayotgan shu osori-atiq`alarni bunyod etganlarning zakovatidan hayratlanasiz, otabobolariga izdoshlik q`ilayotgan buhorolik bolakaylarning beg`ubor entikishlari-yu, o`rni kelganda o`zlarini sodda mug`ombirlikka solib mushfiq`iyona loflaridan yayrab-toshib kulasiz:
Bilasizmi, dadam meni erkatoyim dedilar, Yozda bayram bo`lganida toychoq` olib berdilar. Bilasizmi, oyim meni yurardilar o`ynatib, Tili shirin o`g`lim deya, yurardilar so`ylatib. Bilasizmi, bilasizmi, bilmaysiz-da, endi siz, Agar aytsam gaplarimga kulasiz-da, endi siz.
Oyim mitti chaq`aloq`ni kecha olib keldilar,
O`rab-chirmab “Buni senga olib keldim”-dedilar, Chaq`aloq`q`a yaq`inlashsam, ehtiyot bo`l,- dedilar.
Ehtiyot bo`l, ehtiyot bo`l, tekkizma q`o`l, dedilar Mittigina chaq`alog`u yig`lashini q`o`ymaydi, Oyim bo`lsa, doim deydi;- Q`orni sira to`ymaydi. Nega q`orni to`ymas ekan, mittigina bo`lsa u,
Nega keldi shu yig`loq`i, dadamda ham yo`q` uyq`u.
Qo`ldan-qo`lga olib uni ko`tarishib yurishar.
Meni emas, chaq`aloq`ni endi yaxshi ko`rishar.
Sezmayapsizmi, bolakay q`adr tuyg`usini q`ay darajada tuymoqla? O`z o`rnini egallayotgan ukajonidan kuyayotganini yopish uchun “yig`lashni qo`ymayotganidan, dadasi uxlayolmayotganligi”ni vaj ko`rsatib, o`z xaq`iq`atini himoya q`ilayotir. Fe`lida yilt etgan shu q`arama-q`arshi mayllar asosida zuvalasi bichilayotir. Bolaning shakllanishidan iborat murakkab jarayon bor bo`yicha shunday ko`rinib turibdi.
Safar Barnoev buni bola nutq`idagi takrorlar bilan yanada jonliroq q`ilib aks ettirgan. Q`olaversa, 15 hijoli satr negizidagi poetik nutq vositasida maktabgacha yoshdagi kichkintoylarga xos hayajon tovlanishlarini g`oyat jozibali ohanglarda ifoda eta olgan. Holbuki, bu yoshdagi kichkintoylar uchun 3-7 va 8-9 hijoli tizimdan iborat she`rlar yozish an`anaga aylangan. Safar Barnoyev esa aksar hollarda bu yoshdagilar uchun 13-15 hijoli tizimga asoslangan she`rlar yozsa-da, ularda bolalar nutq`iga hos ohang tovlanishlarini asos q`ilib, behad samimiy va ravon she`rlar yoza olgan. Bu banddagi ikki misol fikrimizning dalili bo`lishi mumkin:
Mehmon kelsa uyimizga, menga bayram bo`ladi, Shokolad-u konfetlarga cho`ntaklarim to`ladi. Boshqa paytlar konfet desam, oyim berar urishib, “Konfet esang, labi-lunjing ketar deya burishib”.
15 hijoli bu satrlar kichkintoyning poetik nutq`i. 14 hijoli tizimga asoslangan “Feruza” she`ri aslida kattalar erkalamasi. Unda Feruzaxonni kuta-kuta intiq bo`lgan, nihoyat uning kelganidan q`albi q`uvonchga to`lgan lirik q`ahramonning farashbaxsh q`iyofasi tiniq` chizilgan. Bunda anafora sa`nati ohang samimiyatini ta`minlagan: Feruza q`uyosh bilan tongda turar jilmayib, Feruza q`uyosh bilan tongda kular jilmayib.
Feruza kulsa agar, olam yayrab ketadi,
Feruza kulsa agar, qushlar sayrab ketadi, Feruza kulgusidan har uyga kelar sevinch, Feruza kulsa agar, demak olam bular tinch.
Shoir Feruzani shu qadar ulug` va beg`ubor mehr bilan suyganki, uning har bir hatti harakatida olamcha ma`no tuyadi. Bu shunchakimas, balki jonbaxsh ma`no bo`lganidan Feruzani e`zozlovchi kuyga aylangan. Bola xatti-harakatini ardoq`lash vositasida mehrni po`rtanaga aylantirishda Safar Barnoyev she`riyati hamyurti, dongdor bolalar shoirasi Gulchehra Sulaymonova she`riyatiga tortib ketadi. Zero, shoira ham “Nigor” she`ridek q`izaloq`ning yurishi sharpasidanoq unga beq`iyos sog`inch tuyg`usi borligini: “Ship-shipi poyi Nigor, tarona hoyi Nigor” satrlarida nafis ifoda eta olgan. Aslida bu holat har ikkala buxorolik ijodkorning voq`elikka bir hil yondashuvi ifodasi bo`lmay, balki barcha buhorolik otaxonlaru-onaxonlarning kichkintoy nevaralarini kutib olishlariga xos intiq`q`an sog`inchning har ikki yurtdosh shoir she`riyatiga ko`chib o`tgan aks sadosidir.
Safar Barnoyev “Mening tarjimai holim” she`rida q`uyidagi satrlarni bitgan:
Q`aysi kun,
Qaysi yilda tug`ilganimni,
Taxminan
Bitib bergan sho`ro kotibi,
Necha bor daraxtdan yiq`ilganimni
Hamon aytib yurar qo`shnimiz xotini.
Tut pishig`ida tug`ilgansan deb,
Onam aytganlar, Pishiq`chilikda…
O`shandan beri hozirgacha etmish tut pishig`i bo`lib o`tdi. Safar Barnoev esa o`shal hayot daraxtiga chirmashib, uning har tarafga tarvaq`aylab ketgan shoxalaridan sarxil tutlarni termoqqa intilib o`sdi. Bu orada o`sha tutlarning g`o`rasini ham, pishig`ini ham tatib ko`rishga ulgurdi. Biroq har qanaqa vaziyatda ham tamshana-tamshana hayot sururini tuymoqdan lazzat topdi.
Shu zaylda do`stiga aylangan qalam dilidagi borini qog`ozda muhrlab bordi, natijada “Tog`lardaman”(1970), “Yoshlik sururi” (1972), “Dadamning qo`llari” (1971), “Sog`inch” (1975), “Yulduzxon va Bahorjon” (1977), “Dadam haqida qo`shiq`” (1989), “Sayroq`i bedanalar” (2007), “Nilufarning olmalari”(1986), shuningdek, “Birinchi tabassum” (1972), “Oq` laylaklar” (1982), “Chehralar” (1983), “Egizaklar” (1985), “Tinchlikni ulug`laymiz”(1985), “Mukofot” (1985), “Karimjon-Karlson” (1988), “Kichkina xo`ja Nasriddin”(1998) singari yigirmaga yaq`in she`riy va nasriy kitoblarini bitib, o`zbek bolalar she`riyati va nasrini goho hazin, goho quvnoq` ruhiyatga sug`orilgan she`rlaru, hayajonbaxsh adabiy ertaklar, xilma-xil mavzulardagi hikoyalaru, q`issalari bilan boyitdi. U istiqlol tufayli mamlakatimizda bolalikka munosabatning tubdan qayta qurilayotganiga teranroq razm sola boshladi. Bu hol uning ijodida bolalik muammolaridan bahs etuvchi publitsistikaning faollashuviga yo`l ochdi. Natijada uning davr ruhiyatiga sug`orilgan qator dolzarb publitsistik maq`ola va ocherklari yuzaga keldiki, bular XX asrning so`nggi choragidagi o`zbek bolalar publitsistikasi qiyofasini belgilashda ahamiyat kasb etadi.
Safar Barnoyevning birinchi she’rlar to‘plami 1970-yilda „Tog‘lardaman“ nomi bilan chop etildi. Shundan keyin „Birinchi tabassum“, „Nur yogilgan kun“ qissalari bosildi. Adibning „Birinchi tabassum“ (qissalar, 1972), „Dadamning qoilari“ (she’rlar va dostonlar, 1972), „Sog‘inch“ (she’rlar, balladalar, 1975), „Yulduzxon va Bahoijon“ (she’rlar va ertaklar, 1977), „Askar qaytgan kun“ (hikoyalar, qissalar, 1980), „Oq laylaklar“ (hikoya, qissalar, 1982), „Chehralar“ (balladalar, 1984), „Egizaklar“ (hikoyalar, qissalar, 1985), „Mukofot“ (hikoyalar, 1985), „Tinchlikni ulug‘laymiz“ (she’rlar, dostonlar, 1986), „Karimjon-karlson“ (hikoyalar, qissalar, 1988), „Dadam haqida qo‘shiq“ (she’rlar, ertaklar, 1989), „Yangi kunlar“ (qissa, 1990), „Nilufarning olmalari“ (hikoyalar, 1996), „Kichkina Xo‘ja Nasriddin“ (qissa, 1998) singari kitoblari nashr qilingan. Adibning ko‘pgina asarlari rus, tojik, qirg‘iz, ukrain, belorus, polyak, ingliz tillariga tarjima qilingan. Uning „47-yil hikoyaIari“, „Afg‘on bolalari“ hikoyalar turkumi adabiyjamoatchilik tomonidan yuqori baholangan. 


OSTONAMIZ – UYIMIZ

Dunyo kezib yursa ham
Bizning orzu-o‘yimiz —
Olam ichra bir olam
Ostonamiz — uyimiz.
Doim aziz tutganlar
Unda har bir g‘ishtimiz.
Oilam deb o‘tganlar
Bizning yetti pushtimiz.
Har eshigi, romiga
Quyosh nuri boylangan,
Uyimizning tomiga
Tariximiz joylangan.
Eng muqaddas joyimiz —
Ostonamiz — uyimiz.
Uyimizdan ko‘rinar
Bizning qaddi-bo‘yimiz!


DADAMNING QO‘LLARI

Dadamning qo‘llari miltiq ham ushlagan,
Gulni ham ekkandir dadamning qo‘llari.
Men dadam haqida hikoya boshlasam:
Ajoyib, rang-barang dadamning yo‘llari.
Dadamning qo‘llari boshimni silaydi,
Dadamning qo‘llari tinchlikning timsoli.
Dadamning qo‘llari yaxshilik tilaydi,
Ularga boqaman gohida jim qolib.
Qabargan barmoqlar urug‘-u aymoqdir,
Lashkarday saf tortib turadi har ishga.
Dadamning topgani shakar-u qaymoqdir,
Bizlarni qoldirmas hech qachon tashvishda.
Dadamning qo‘llari har doim balanddir,
Quyosh ham cho‘zadi qo‘llarin ularga.
Dadamning qo‘llari bizlarga payvanddir,
Bizlarga bahomi keltirgan shular-da.
Dadamning qo‘llarin siypalab, o‘paman,
Dadamning qo‘llari uyimiz ko‘rkidir.
Dadam bor, hamisha gullaydi bu Vatan,
Dadamning qo‘lidan yovuzlar qo‘rqadir.


YOMG‘IR YOG‘DI

Yomg‘ir yog‘di duv-duv,
Tekin bo‘ldi suv-suv.
Irkit yurgan Noijon,
Qoi-betingni yuv-yuv!
Yomgir yog‘di duv-duv,
Norjon bo‘ldi toza.
O‘rtoqlari xursand—
Qarang, qanday soz-a.
Tarnovchadan suvlar
Oqib tushdi shuv-shuv.
O‘ynab qoldi jilg‘a,
Orqasidan quv-quv.
Yomgir yog‘gach duv-duv,
Yer-ko‘k ketdi yayrab.
Shamol esgach g‘uv-g‘uv,
Qushlar chiqdi sayrab.


AYIQPOLYON

Ayiqpolvon o‘yin tushar,
Avjda chapak, qiyqiriq.
Olqishlardan qalbi jo‘shar,
Qilar yana ming qiliq.
Nag‘ma qilib egasiga —
Qarab qo‘yar qayrilib.
Bir juftgina oppoq qanddan
Qolmayin deb ayrilib.


SHO‘RDANAK

Sho‘rdanagim, sho‘rdanak,
Qanday eding zo‘r danak.
Zo‘rman deding chaqdilar,
Sen o‘zingdan ko‘r, danak.


TINCHLIK QO‘SHIG‘I

Men tinchiik qo‘shig‘in kuylayman,
Kuylayman,
Men tinchlik haqida o‘ylayman,
O‘ylayman.
Dadamlar urushda bo‘lganlar,
Boiganlar.
Ko‘p og‘ir turmushni ko‘rganlar,
Ko‘rganlar.
Urushqoq odamlar bor ekan,
Bor ekan.
Hali ko‘p odamlar xor ekan,
Xor ekan.
Men deyman yomonlar yo‘q boisin,
Yo‘q boisin.
Qomi och odamlar to‘q boisin,
To‘q boisin.
Jang nima? Dadamlar aytganlar,
Aytganlar.
Urushdan oyoqsiz qaytganlar,
Qaytganlar.
Amaki, tog‘alar, o‘ylangiz,
O‘ylangiz.
Urushga sira yo‘l qo‘ymangiz,
Qo‘ymangiz.
Yovuzlar sira o‘q uzmasin,
Uzmasin.
Bizlaming o‘yinni buzmasin,
Buzmasin.


MINORA

Buxoroda bo‘lganingda
Ko‘rganmisan, Gulnora?
Shaharning qoq o‘rtasida
Turar ulkan minora.
Bulutlaming unga, hatto
Tegib o‘tar ko‘ylagi.
Qancha yurtdan havas bilan
Kelishadi ko‘rgani.
Qay tomondan boqma unga,
Darrov ko‘zga tashlanar.
Qancha ertak, fojialar...
Minoradan boshlanar.
Qariyb ming yil yashamoqda,
Gard qo‘nmagan toshiga.
Qaramoqchi bo‘lsang unga —
Do‘pping tushar boshingdan.
O‘ymakorlik naqshlari —
Diqqatingni tortadi.
O‘tib qolsam yonidan-chi,
Mehrim tag‘in ortadi.
Axir ulkan minorani
Katta bobomlar qurgan.
U kishining hunarlarin
E1 maqtagan, el ko‘rgan.
Yo‘lim tushsa, unga doim —
Ta’zim qilaman har gal.
U — bobomga mangulikka —
Toshdan qo‘yilgan haykal.


BOLALARNING OVOZI

Bolalarning ovozi —
Mening ovozim, sozim.
Bolalaming ovozi —
Mening bahorim, yozim.
Bolalaming ovozi —
Ostonam butunligi.
Devorlaming pardozi,
Borlig‘im, butunligim.
Bolalarning ovozi
Chalinmasa quloqqa,
Onam ham boimas rozi,
Qurib qolgum buloqday.
Shovullamas bog‘, dalam,
Ko‘kda chaqilmas chaqin.
Kundan yorishmas olam,
Qancha boimasin yaqin.
Bolalaming ovozi —
Tomirlarimga tutash.
Shovqini, erka, nozi
Bag‘rimni qilgan otash.
Bolalarning ovozi
Soyabon barglarimdir.
Borman deb quloch yozib,
Qurdirgan arklarimdir.
Shundanmi, mening naslim
Tez ko‘zga tashlanadi.
Vatanni suyish asli
Boladan boshlanadi.
Yüklə 28,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə