O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi



Yüklə 468,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/46
tarix30.12.2023
ölçüsü468,81 Kb.
#166879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
30.04.2023. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

IV bob. Tashqi siyosat
17-modda.
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyektidir.
O‘zbekistonning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch
bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch


yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga hamda xalqaro
huquqning umume’tirof etilgan boshqa prinsip va normalariga asoslanadi.
18-modda.
O‘zbekiston Respublikasi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va ko‘p tomonlama
munosabatlarni har taraflama rivojlantirishga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosatni amalga
oshiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari
to‘g‘risida”gi Qonunining 
4-bobi 
(O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini bajarishga doir
chora-tadbirlar).
O‘zbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlaridan, uning farovonligi va
xavfsizligidan kelib chiqqan holda ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo
tuzilmalarga kirishi hamda ulardan chiqishi mumkin.
IKKINChI BO‘LIM. INSON VA FUQARONING ASOSIY HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA BURChLARI
V bob. Umumiy qoidalar
19-modda.
O‘zbekiston Respublikasida insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume’tirof
etilgan normalariga binoan hamda ushbu Konstitutsiyaga muvofiq e’tirof etiladi va kafolatlanadi.
Inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi,
millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida
tengdirlar.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Konstitutsiyaning 
58-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston
Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonuni 4-moddasining 
to‘rtinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasi
Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 
9-moddasi
, Fuqarolik protsessual kodeksining 
8-
moddasi
, Oila kodeksining 
2
va 
3-moddalari
, Fuqarolik kodeksi 17-moddasining 
birinchi qismi
, Mehnat
kodeksining 
4-moddasi
, Jinoyat kodeksining 
5-moddasi
, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 
3-
moddasi
.
Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi
shart.

Yüklə 468,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə