O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi



Yüklə 468,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/46
tarix30.12.2023
ölçüsü468,81 Kb.
#166879
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46
30.04.2023. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

32-modda.
Qonuniy asoslarda O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lib turgan har kim mamlakat
bo‘ylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqiga ega, bundan qonunda
belgilangan cheklovlar mustasno.
Har kim O‘zbekistondan tashqariga erkin chiqish huquqiga ega, bundan qonunda
belgilangan cheklovlar mustasno. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekistonga to‘sqinliksiz
qaytish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim
toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.
33-modda.
Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega.
Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 
“Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”
gi va 
“Axborot
erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”
gi qonunlari.
Davlat Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar
yaratadi.
Axborotni izlash, olish va tarqatishga bo‘lgan huquqni cheklashga faqat qonunga muvofiq
hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning
huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash,
shuningdek davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir oshkor etilishining oldini olish
maqsadida zarur bo‘lgan doirada yo‘l qo‘yiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.
34-modda.
Davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ularning
mansabdor shaxslari har kimga o‘z huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan
hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashi shart.
35-modda.
Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech
qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l
qo‘yilmaydi.


 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.

Yüklə 468,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə