Oila kodeksiga sharh Reja: Oila kodeksining ahamiyati Oila kodeksining moddalari



Yüklə 42 Kb.
tarix31.12.2021
ölçüsü42 Kb.
#81547
Oila kodeksiga sharh


Aim.uz

Oila kodeksiga sharh

Reja:

1.Oila kodeksining ahamiyati

2.Oila kodeksining moddalari

3.Oila kodeksining kundalik hayotimizdagi o’rni
Tayanch iboralar:oila kodeksi, FHDYo- fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari
1998- yil Respublikamizda “Oila yili” deb e’lon qilindi. Shu yilning 30-aprelida O’zbekiston Respubliksining Oila kodeksi tasdiqlanib,1-sentyabridan amalga kiritildi.

Oila kodeksi O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligiga erishgan yillarda ilk bora yangi, axloq-odob, mahalliy urf-odat, ana’nalarga, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi normalariga asosan ishlab chiqilib,amalga kiritilgan, yagona kodifikatsiyalashtirilgan qonun hisoblanadi. Oila kodeksi 8bo’lim, 30bob, 238 moddadan iboratdir. Oila kodeksi yirik qonuniy hujjat bo’lib, u nikohni, oilani, voyaga etmagan bolalarni shaxsiy va mulkiy manffatlarini himoya qilishga qaratilgan.

Oila kodeksidagi yangiliklar quyidagilardan iboratdir:

1.Kodeks ilk bora mahalliy mintalitetdan kelib chiqib, yagona tarzda Oila kodeksi deb nomlanadi;

2. Kodeksning normalari Konstitutsiyaning normalariga to’la-to’kis va hamohang ravishda mos kelishi bilan ajralib turadi;

3. Kodeksda nikoh tuzish tartibi va shartlariga kiritilgan yangilklar aks etgan.(Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko’rikdan o’tishlari);

4.Er-xotinlarning shaxsiy va mulkiy huquq va majburiyatlarining kengayirilganligi;

5.Nikoh shartnomasi institutining kiritilganligi;

6. Nikohning tugtilishi bo’yicha yangi normalarning kiritilishi;

7. Nikohning haqiqiy emasligi va uning huquqiy oqibatlarining atroflicha normalanganligi;

8. Ilk bora qon-qarindoshlik va bolalarning nasl-nasabini belgilash masalalariga oydinlik kiritilganligi;

9. Alyument huquq va majburiyatlarini kengaytirilganligi;

10. Ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni aniqlash va joylashtirish masalalariga alohida urg’u berilganligi;

11. Vasiylik va homiylik institutining kengaytirilganligi;

12. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar o’rtasidagi oilaviy munosabatlarni tartibga solish institutining xalqaro huquq normalarini hisobga olgan holda boyitilganligi bilan ajralib turishini alohida ko’rsatib o’tish darkor.

Yuqorida ko’rsatilgan normalar bo’yicha Oila kodeksining normalari bilan tartibga solinadiganmunosabatlarga quyidagi yuridik faktlar bilan bo’liq bo’lgan misolni keltirib o’tish mumkin: er yoki xotindan birining vafoti yoki sud tartibida vafot etgan deb e’lon qilinishi, muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs(ruhiy kasalligi yoi aqliy zaifligi oqibatida)ning vasiysi bergan arizaiga binoan ajralish yo’li bilan nikohning tugatilishini ko’rsatish mumin. Bu yerda vafot etish natijasida er-xotinlar o’rtasidagi oilaviy-huquqiy munosabatlar tugallangan bo’lib, u huquqiy jihatdan FHDYo organi orqali rasmiylashtiriladi. O’limni rasmiylashtirish va nikohning tugallanganligini qayd qilish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-sonli qarori bilan tasdiqlangan ”Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari ” bilan bevosita tartibga solinadi.

Oila kodeksi haqida to’xtalib shuni aytish kerakki, uning muvofaqqiyatli jihatlaridan biri kodeksning 4-moddasiga oila, onalik, otalik va bolaliklning davlat himoyasiga olinganligi, shuningdek, onalik va otalik izzat-ikromga hamda hurmatga sazovorligi normalanganligi, oilaga bo’lgan hurmat-e’tiborning yuqori pog’onaga ko’tarilganligini ko’rsatadi.

Oila kodeksining 8-moddasiga ko’ra, qonun hujjatlaida oilaviy munosabatlarni tartibga solishga oid tegishli normalar bo’lmagan taqdirda, O’zbekiston Respublikasining qonun-hujjatlari tamoyillariga zid bo’lmagan mahalliy urf-odat va an’analar qo’llanishi belgilab qo’yilgan.

Qarorda belgilanishicha, 1998-yil 1-sentyabrdan amalda bo’lgan O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi oilani mustahkamlash, voyaga yetmagan bolalar va mehnatga layoqatsiz oila a’zolarining manfaatlarini qo’riqlashlashning ustunligini nazarda tutadi. Bolalar tarbiyasi bilan bog’liq bo’lgan nizolarning sudlar tomonidan to’g’ri hal etilishi ota-onalarning va bolalar huquqlarining muhofazasini, ota-onalarning bolalarini tarbiyalashdagi mas’uliyatlari shorilishini ta’minlashga imkoniyat tug’diradi, ota-onalarning bolalari manfaatlariga zid bo’lgan huquqlaridan foydalanishlariga barham beradi, voyaga yetmaganlar qonunbuzarliklarining oldini olish choralaridan biri bo’lib hisoblanadi.

Oila kodeksining 23-moddasiga binoan er-xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklarga, shuningdek nikoh qayd etilgunga qadar bo'lajak er-xotinning umumiy mablag'lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki ni­koh shartnomasida boshqacha hol ko'rsatilmagan bo'lsa, ularning birgalikdagi mulki hisoblanadi. Ег-xotindan biri uy-ro'zg'or ishlarini yuritish, bolalarni parvarish qilish bilan band bo'lgan yoki boshqa uzrli sabablarga ko'ra mustaqil ish haqi va boshqa daromadga ega bo'lmagan taqdirda ham, er va xotin umumiy mol-mulkka nisbatan teng huquqqa ega bo'ladi.

Oila kodeksining 99-moddasiga binoan "Agar voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berish haqida ota-ona o'rtasida kelishuv bo'lmasa, ularning ta'minoti uchun aliment sud tomonidan, ota-onaning har oydagi ish haqidan, bir bola uchun to'rtdan bir qismi, ikki bola uchun uchdan bir qismi,

uch va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi".

Oila Kodeksidagi muhim yangiliklardan biri ota-ona favqulodda holatlar (bolaning shikastlanishi, kasal bo'lishi va boshqalar) tufayli kelib chiqqan, bolaning ta'minoti uchun zarar bo'lgan qo'shimcha xarajatlarda ishtirok etishi shart.

Uch oydan ortiq muddat mobaynida aliment to'lamaslik eng kam oylik ish haqining 50 haravarigacha miqdo­rida jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.

Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida ro'yxatdan o'tkazilgan vaqtidan boshlab nikoh tuzuvchilar er-xotin hisoblanadilar va shu paytdan boshlab ular o'rtasida er-xotinlik huquqiy va majburiyatlari kelib chiqadi. Endi ular o'rtasidagi munosabatlar axloq-odob qoidalari bilangina emas, balki qonunlar, huquqiy qoidalar bi­lan ham tartibga solinadi.

Bunda xotin-qizlar siyosiy malakalarda erkaklar bilan teng huquqqa ega bo'lganlaridek, oilada ham barcha shaxsiy va mulkiy masalalarda erkaklar bilan teng huquqlardan foydalanadilar hamda babharavar majburiyatlarga egadirlar.

Bu qoida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida mustahkamlab qo'yilgan.

Bolalar tarbiyasi bilan bog’liq bo’lgan nizolarni ko’rishda sudlarning e’tibori bunday nizolarni o’z vaqtida va to’g’ri hal qilish bolalar va oila manfaatlari himoyasining muhimkafolatlaridan biri hisoblanishini nazarda tutgan holda qonunlarga qat’iy rioya etish zarurligiga qaratishini, bolalar tarbiyasi bilan bog’liq; bo’lgan: bolaning boshqa-boshqa turgan ota-onadan qaysi biri bilan birga yashashi bolasidan alohida turadigan ota yoki onaning bolasining tabiyasida ishtirok etishga qarshilikni bartaraf etish; boshqa shaxslarning tarbiyasida bo’lgan bolalarni ota-onasiga qaytarish; ona-onalik huquqidan mahrum etish va ota-onalik huquqini tiklash; ota-onalikhuquqidan mahrum etmasdan bolalarini olish(ota-onalik huqiqini saqlash); bolaning ota-onalik huquqi cheklangan ota-ona bilan ko’rishishi; ota-onalik huquqi cheklanishini bekor qilish; farzandlikka olishni bekor qilish yoki uni haqiqiy emas deb topish to’g’risidagi va boshqa nizolar bilan sudda ko’rilish lozimligini uqtiradi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, oila huquqining manbaalariga quyidagicha ta’rif berish mumkin: oilaviy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga soladigan va musthkamlaydigan me’yoriy hujjatlar oila huquqining manbaalari bo’lib hisoblanadi.

Nazorat uchun savollar:

1. Oila nima ?

2.Oila huquqi nima?

3.Bola tarbiyasi bilan bog’liq bo’lgan nizolarni ko’rishda sudlarning e’tibori qaysi jihatlarga qaratiladi?



4. Tarbiyaning asosiy prinsiplari nimalardan iborat?


Aim.uz


Yüklə 42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə