O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi


VIII bob. Siyosiy huquqlar



Yüklə 468,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/46
tarix30.12.2023
ölçüsü468,81 Kb.
#166879
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46
30.04.2023. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

VIII bob. Siyosiy huquqlar
36-modda.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita
hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish,
referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirish, shuningdek davlat
organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati vositasida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Konstitutsiyaning 
9
 va 
128-moddalari
.
Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun
bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.
37-modda.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadirlar.
Davlat xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar qonun bilan belgilanadi.
38-modda.
Fuqarolar o‘z ijtimoiy faolliklarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar,
yig‘ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga ega. Hokimiyat organlari faqat
xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o‘tkazilishini to‘xtatish yoki taqiqlash huquqiga
ega.
39-modda.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa
jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “
Kasaba uyushmalari to‘g‘risida
”gi, “
Siyosiy partiyalar
to‘g‘risida
”gi va “
O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida
”gi qonunlari.
Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek davlat
hokimiyati vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari,
erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni 25 -moddasining 
oltinchi qismi
, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonuni
13 -moddasining 
oltinchi qismi
.
40-modda.
Har kim bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda davlat organlariga hamda tashkilotlariga,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, mansabdor shaxslarga yoki xalq vakillariga arizalar,
takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi
shart.

Yüklə 468,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə