O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi


III bob. Konstitutsiya va qonunning ustunligi



Yüklə 468,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/46
tarix30.12.2023
ölçüsü468,81 Kb.
#166879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
30.04.2023. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

III bob. Konstitutsiya va qonunning ustunligi
15-modda.
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining
ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga
ega, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi
Qonunining 
21-moddasi
.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan
prinsip va normalari bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy qismidir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining
qonunida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qo‘llaniladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari
to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.
Davlat va uning organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyati
institutlari hamda fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish yuritadilar.
16-modda.
Ushbu Konstitutsiyaning birorta qoidasi O‘zbekiston Respublikasining huquq va
manfaatlariga, ushbu Konstitutsiyaning birinchi bo‘limida nazarda tutilgan asosiy prinsip va
normalarga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish yuzasidan qabul qilinadi. Birorta qonun
yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiyaning prinsip va normalariga zid bo‘lishi mumkin
emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 
8-moddasi
.

Yüklə 468,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə