Davlat – fuqarolik-huquqiy munosabatlar subyekti sifatida



Yüklə 41 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü41 Kb.
#151894
Davlat – fuqarolik-huquqiy munosabatlar subyekti sifatida


Davlat – fuqarolik-huquqiy munosabatlar subyekti sifatida

Reja:
1. Umumiy qoidalar


2. O`zbekiston Respublikasi – mamlakatning ichki oborotida fuqarolik–huquqiy munosabatlarning subyekti
3. O`zbekiston Respublikasi – mamlakatning tashqi oborotida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi

Umumiy qoidalar


O`zbekiston Respublikasining mustaqil davlat deb e`lon qili-nishi, uning xalqaro huquq subekti, mustaqil suveren davlat sifatida tan olinishi O`zbekistonning o`z boyligini o`zi mustaqil tasarruf qilish imkoniyatini berdi. Endilikda bozor iqtisodiyoti sharoitiga o`tayotgan O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy aloqalar-ning turlari va shakllarini mustaqil belgilash imkoniyatiga ega bo`ldi. Darvoqe, O`zbekiston mustaqilligining moddiy asosi ham uning mol-mulkidir[64].
O`zbekiston Respublikasi o`ziga mulk huquqi asosida tegishli bo`lgan obektlardan xorijiy davlatlar, ularning yuridik va jis-moniy shaxslari, xalqaro tashkilotlar bilan o`zaro foydali ham-korlik o`rnatishga, bunday hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan jami amaliy harakatlarni ro`yobga chiqarish uchun foydalanadi.
Ma`lumki, davlatning siyosiy tashkilot sifatidagi asosiy ijtimoiy vazifasi jamiyatdagi mavjud subektlarning, ya`ni turli guruhlar, millatlar va elatlar, kishilar o`rtasidagi jips-likni ta`minlashdan iborat. Shu ma`noda barcha huquqiy demo-kratik davlatlarda bo`lgani singari O`zbekiston Respublikasida ham O`zbekiston, uning xalqi nomidan faqat u saylagan Oliy Maj-lis va Prezidentgina ish olib borishi mumkin (O`zbekiston Res-publikasining Konstitutsiyaning 10-modda). Manbalar mavzusida aytganimizdek, Konstitutsiya normalari joriy qonun hujjatlarida to`ldirib boriladi. Jumladan, yuqoridagi norma FKning 214-moddasida yanada mustahkamlanib, shunday deyiladi: “Respublika mulki bo`lgan mol-mulkni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, O`zbekiston Respublikasi Hukumati yoki ular maxsus vakil qilgan organlar (qonunda boshqacha hol belgilanmagan bo`lsa) tasarruf qiladilar”. Amalda davlat nomidan yuqoridagi normadan kelib chiqib, turli vazirlik, davlat qo`mitalari, davlat tashkilotlari qatnashishi mumkin. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 21 fevraldagi farmoniga muvofiq, O`zbekiston Respublikasining yagona tashqi iqtisodiy siyosatini o`tkazish, tashqi bozorda umumdavlat manfaatlarini ta`minlash, chet mamlakatlar bilan iqtisodiy, tex-nikaviy va savdo hamkorligi samaradorligini oshirish, bu sohada boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro miqyosdagi samarali ishda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga zarur shart-sha-roit yaratish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashkil etildi[65]. Keyinchalik bu vazirlik Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, bugungi kunda esa ushbu vazirlik O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 21 iyuldagi PF-3631-sonli Farmoni bilan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investi-siyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil etildi[66].
O`zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari va fuqaro-larining huquq hamda manfaatlarini ta`minlash, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida bevosita o`zaro foydali aloqalarni o`rnatish maqsadida xorijiy davlatlarda, xalqaro tashkilotlar huzurida O`zbekiston Respublikasining savdo vakolatxonalari ta`sis eti-ladi. Bu vakolatxonalar o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi qonunlariga, o`zlari to`g`risidagi Nizomga, shuningdek O`zbekiston Respublikasi hamda vakolatxona joylashgan davlatlar ishtirokchi bo`lgan xalqaro shartnomalarga amal qiladi. Chet eldagi vakolat-xonalar to`g`risidagi Nizom O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah-kamasi tomonidan tasdiqlanadi. Shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi o`z mulkini egallash, foydalanish va tasarruf etish yuzasidan fuqarolik huquqining mustaqil subekti sifatida mamlakat ichida va xorijda chet davlatlar va boshqa subektlar bilan bo`ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qatnashib, o`z nomidan harakat qiladi.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aytilganidek, O`zbe-kiston – suveren demokratik respublika degan nom bilan mustaqil davlat bo`lib, o`zining milliy davlat va ma`muriy-hududiy tuzili-shini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini bel-gilaydi, ichki va tashqi siyosatni amalga oshiradi (1, 2-moddalar).


Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi ishtiroki uning suverenitet sohibi ekanligidan kelib chiqadi.
Davlat suverenitet sohibi sifatida yagona va bo`linmasdir. Shunga binoan davlat fuqarolik-huquqiy munosabatda yakka va yagona subekt (fuqarolar va yuridik shaxslar kabi ko`p va turli xil emas) deb qaraladi.
O`zbekiston Respublikasi fuqarolik huquqining boshqa subektlari bilan teng huquqli ishtirokchi hisoblanadi.
Davlat – oliy hokimiyat, suverenitet sohibi bo`lganligi tufayli fuqarolik-huquqiy munosabat subekti sifatida o`ziga xos xususiyatlarga ega. Chunonchi:
1. Davlat fuqarolik-huquqiy munosabatlari subekti sifati-da fuqarolik huquqi subektlari amal qiladigan qonunlarni o`zi belgilaydi.
2. Davlat organlari fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi bo`ladigan hujjatlar chiqarishi mumkin (FK, 8-modda, 2-band).
3. Davlat immunitetdan foydalanadi, ya`ni davlat mol-mul-kidan haq undirishga davlat organlari rozi bo`lgandagina yo`l qo`yiladi.
4. Huquq va muomala layoqatini cheklash bo`yicha boshqa subekt-larga taalluqli bo`lgan qoidalar davlatga nisbatan tatbiq etil-maydi.
Biroq ayni paytda, davlatning huquqlari mutlaq cheksiz ham emas. Masalan, davlat shaxsiy huquqlarga ega bo`lmaydi. Binobarin, davlat alohida xususiyatlarga ega bo`lgan subektdir.

O`zbekiston Respublikasi – mamlakatning ichki oborotida fuqarolik–huquqiy munosabatlarning subekti


O`zbekiston Respublikasi FKning 79-moddasiga asosan davlat fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan muno-sabatlarda ularning boshqa ishtirokchilari bilan bab-baravar asoslarda ishtirok etadi. Davlatning mamlakat ichki oborotidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlarida ishtiroki quyidagilarda namoyon bo`ladi:
a) davlat o`ziga qarashli mol-mulkka nisbatan mulkdor sifa-tida harakat qilganida;
b) egasi bo`lmagan yoki egasi noma`lum bo`lgan ashyo egasiz hisoblanib, u sud qarori bilan davlat egaligiga o`tkazilganida (FK, 191-modda);
v) Fuqarolik kodeksining 193-moddasiga, 2-bandiga binoan ashyoni topib olgan shaxs topilgan ashyoni mulk qilib olishdan bosh tortsa, ashyo davlat mulkiga o`tganda;
g) har bir fuqaro vasiyat bo`yicha o`zining butun mulkini yoki uning bir qismini davlatga vasiyat qilib meros tariqasida qoldirishida (FK, 1120-modda);
d) O`zbekiston Respublikasi davlati huquq subekti sifatida ba`zi fuqarolik-huquqiy xarakterda bo`lgan kredit munosabatla-rida, masalan, davlat zayomi obligatsiyalarini sotishida, qarz shartnomasida ishtirok etganida;
ye) tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizotiyalar yuz bergan taqdirda va favqulodda tusdagi boshqa vazifalarda mol-mulk jamiyat manfaatlarini ko`zlab, davlat hokimiyati organi qaroriga muvofiq mulkdordan unga mol-mulkning qiymatini to`la-gan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar asosida olib qo`yilishida (rekvizitsiya). Bunda rekvizitsiya o`tkazi-lishiga sabab bo`lgan vaziyatlarning amal qilishi to`xtaganidan keyin rekvizitsiya qilingan mol-mulkning sobiq egasi saqlanib qolgan mol-mulkni o`ziga qaytarib berishni talab qilishga haqli ekanligida (FK, 203-modda);
yo) mol-mulk musodara qilinganida, ya`ni qonunda nazarda tutilgan hollarda mol-mulk sudning hukmi (qarori)ga muvofiq jinoyat yoki o`zga huquqbuzarlik qilganlik uchun haq to`lamasdan mulkdordan olib qo`yilishida (FK, 204-modda);
j) davlat ba`zi hollarda mualliflikka oid huquqiy munosa-batlarda, masalan, asarni nashr etish huquqini sotib olganida, ixtirochilik munosabatlarida ixtiroga bo`lgan patentni sotib olganida huquq subekti sifatida ishtirok etishida. Bunday huquqiy munosabatlarda davlatning ishtirok etishi natijasida olingan daromadlar ham davlat budjetiga o`tkaziladi. Shu bilan birga, davlat mablag`lari hisobiga yaratilgan intellektual mulk obektiga nisbatan ham davlat mulk huquqini qo`lga kiritadi;
z)davlat, shuningdek konsessiya munosabatlarida ham qatnasha-di; Unga ko`ra, davlat chet el firmasi xususiy shaxs bilan kelishib olingan shartlar asosida muayyan xo`jalik faoliyatini amalga oshirish; yer osti boyliklarini ishlab chiqarish va foydali qazilmalarni kavlab olish, korxonalar qurish va ekspulatatsiya qilish hamda boshqa huquqlarni beradi[67];
i) davlat chet mamlakatlarda ko`chmas mulkni sotib olishida va h.k.
Davlat o`zining fuqarolik-huquqiy majburiyatlari bo`yicha o`z mulki bo`lgan mablag`lari bilan javob beradi.
Fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarda davlat nomidan yuqorida aytganimizdek, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda ular maxsus vakil qilgan boshqa organlar ishtirok etadilar.
Mamlakat ichidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlarda, ya`ni uning ichki oborotida davlat nomidan aksariyat hollarda O`zbekis-ton Respublikasining tegishli vazirliklari va davlat qo`mitalari qatnashadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda, O`zbekiston Res-publikasi davlati nomidan harakat qiluvchi organlar tizimida O`zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo`mitasi va Moliya vazir-ligi, Markaziy bank alohida mavqega ega. Masalan, davlat nomidan davlat mulkini idora etadigan va boshqaradigan organ O`zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo`l-lab-quvvatlash qo`mitasidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g`risidagi 1991 yil 19 noyabr qonuniga binoan bu organ:
–mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan bog`liq bo`lgan munosabatlarni davlat nomidan amalga oshiradi;
–xususiylashtirish to`g`risidagi bitimlarni tuzadi;
–xususiylashtirish va ijaraga berish bilan bog`liq bo`lgan boshqa huquqiy munosabatlarni amalga oshiradi.
Davlat idoralarini fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi ishtiroki ikki xil ko`rinishda bo`ladi:
1. Davlat nomidan ishtirok etish. Bunda – muayyan organ davlat nomidan harakat qiladi va davlat uchun huquq va majburiyatlar vujudga keltiradi (Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining chet el kompaniyasi bilan tuzgan shartnomasi bunga misol bo`la oladi).
2. Davlat organi fuqarolik muomalasida o`z nomidan harakat qiladi. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Ishlar boshqarmasining do`konlardan idora jihozlarini sotib olishi. Bunda faqat Oliy Majlisga biriktirilgan mol-mulkka nisbatan huquq va majburiyatlar yuzaga keladi.
Davlat ba`zi hollarda subekt sifatida o`zining mansabdor shaxslari yoki organlari tomonidan yetkazilgan mulkiy zararni to`lashda javobgar bo`ladi (masalan, dastlabki tergov, tergov, prokuratura, sud organlarining mansabdor shaxslari fuqarolarga nisbatan qilgan g`ayriqonuniy harakatlari natijasida ularga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo`ladilar).

O`zbekiston Respublikasi FKning 15-moddasida aytilganidek, davlat organi yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining g`ayri-qonuniy harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan davlat organi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq bo`lmagan hujjat chiqarilishi natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar davlat tomonidan to`lanishi kerak.


O`zbekiston Respublikasi – mamlakatning tashqi oborotida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi


O`zbekiston davlati tashqi oborotda ham mustaqil huquq subekti sifatida ishtirok etadi.
O`zbekiston Respublikasi o`ziga mulk huquqi asosida tegishli bo`lgan obektlardan xorijiy davlatlar, ularning yuridik va jismoniy shaxslari, xalqaro tashkilotlar bilan o`zaro foydali hamkorlik o`rnatishda, bunday hamkorlikni rivojlantirishda barcha amaliy harakatlarni ro`yobga chiqarish uchun foydalanadi.
O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, inves-titsiyalar va savdo vazirligi davlat organi bo`lib, respublikaning barcha tashqi iqtisodiy aloqalarni koordinatsiya qiladi, tartibga soladi, nazorat qiladi va boshqaradi. O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqari va xorijda respublika nomidan barcha tashqi iqtisodiy masalalar bo`yicha uning manfaatlarini ko`zlab harakat qilish bilan birga O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartno-malaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni ham o`z zimmasiga oladi. Agentlik o`zining faoliyatini bevosita O`zbekiston Respub-likasi Vazirlar Mahkamasi rahbarligida amalga oshiradi. Agent-lik yagona tashqi iqtisodiy siyosat yuritish va uni rejalashtirish strategiyasini shakllantirish uchun umumdavlat manfaatlarini ham tashqi bozorda ta`minlash, xorijiy mamlakatlar bilan bo`ladigan iqtisodiy, ilmiy, texnikaviy, savdo, sport, sayyohlik va boshqa munosabatlarni rivojlantirish, bu sohada boshqaruvni takomil-lashtirish va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining sama-rali ishlashi uchun zarur bo`lgan sharoitlarni ta`minlash maqsadida tuzilgan.
O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investi-siyalar va savdo vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyat-lar va Toshkent shahrida vazirlikning vakolatlarini olgan boshqarmalar, ular qoshida tuzilgan xo`jalik hisobidagi tijorat tuzilmalari, filiallari, respublika hududidami yoki xorijiy mamlakatlar hududida bo`lishidan qat`i nazar, xorijiy mamlakat-larda joylashgan vakolatxonalari, respublikaning xo`jalik hiso-bidan tashqi iqtisodiy va tashqi savdo birlashmalari, firmalari, tijorat-reklama markazi, transport vakolatxonasi va boshqa yuridik shaxs huquqiga ega bo`lgan tashkilotlar vazirlik tizimini tashkil qiladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi o`zining butun faoliyatini O`zbekiston Respublikasining yagona iqtisodiy siyosatiga muvofiq va O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investi-siyalar va savdo vazirligi rahbarligida amalga oshiradi.
Boshqarmalar mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida mushtarak ish olib boradilar.
Vazirlik o`z tarmog`idagi xo`jalik hisobida ish olib borayotgan va boshqa tashqi iqtisodiy tashkilotlarning majburiyatlari bo`yicha bu tashqi iqtisodiy tashkilotlar esa agentlikning majburiyatlari bo`yicha javobgar bo`lmaydilar.

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi O`zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan bo`ladi-gan barcha iqtisodiy munosabatlarida asosiy rol o`ynaydi va Respublika nomidan ish olib boradi.


Vazirlik o`zining ish faoliyatida Tashqi ishlar vazirligi, Markaziy bank bilan uzviy hamkorlik qiladi. Tashqi Ishlar vazirligi tizimida xalqaro shartnomalar bo`limi bo`lib, u respub-lika hukumatining barcha shartnomalarini ishlab chiqishda vazir-lik bilan hamkorlik qiladi. Shuningdek, iqtisodiy aloqalarga tegishli shartnomalarni amalga oshirish uchun uning nusxalarini Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga yuboradi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri respublika hukumatining vakolatiga muvofiq xorijiy mamlakat-lar bilan ularning yuridik va jismoniy shaxslari bilan tuzila-digan xalqaro shartnomalarni imzolashi, xalqaro anjumanlarda uning nomidan vakil bo`lib ishtirok etishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari va fuqarola-rining qonuniy huquq hamda manfaatlarini ta`minlash, tashqi iqtisodiy sohada bevosita o`zaro foydali aloqalarni o`rnatish maqsadida xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar huzurida O`zbekiston Respublikasining savdo yoki o`zga vakolatxonalari ta`sis etiladi. Bu vakolatxonalar o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Qonunlariga, o`zlari to`g`risidagi Nizomga, shuningdek O`zbekiston Respublikasi hamda vakolatxona joylashgan davlatlar ishtirokchi bo`lgan xalqaro shartnomalarga amal qiladi. Chet eldagi vakolatxonalar to`g`risidagi Nizom O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
FKning 80-moddasiga binoan Davlat o`zi tuzgan yuridik shaxs majburiyatlari yuzasidan javobgar bo`lmaydi (qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari). Davlat majburiyati yuzasidan yuridik shaxs ham javobgar bo`lmaydi. Ushbu qoidalar davlat tuzgan shartnoma asosida yuridik shaxsning majburiyatlari bo`yicha o`z zimmasiga kafillik olgan (kafolat bergan) yoki mazkur yuridik shaxs davlatning majburiyatlari bo`yicha o`z zimmasiga kafillik olgan (kafolat bergan) hollarga taalluqli emas.
Yüklə 41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə