O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/82
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154446
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82
download-edfiles-17902

TURKMAN ADABIYOTI
Turkman xalqi O`rta Osiyoda qadimdan yashab kelayotgan turkiy tilda
so`zlashuvchi xalqlardan birijir. Ochig`ini tan olish kerakki, turkman xalqi o`z milliy
sofligini milliy adabiyoti va madaniyatini saqlab qolgan. Turkman xalq og`zaki ijodi
miloddan avvalgi asrlardan to hozirgacha mazkur xalqning hayotidan ma'lumot beruvchi
asosiy manbadir. Xalq og`zaki ijodida ertak, ashula, qo`shiq va doston janrlari keng
21


Aim.uz
tarqalgan. Xalq dostonlarining bir qismi Sharq klassik adabiyoti asarlari va diniy kitoblar
(«Layli va Majnun», «Yusuf va Zulayho»), mazmunini qamrab olgan bo`lsa, bir qismi
uchun ertak va rivoyatlarning syujetlari asosiy manba bo`lib xizmat qilgan. («Shabnam va
G`arib», «Zuhro va Tohir», «Asli va Karam»).
«Go`ro`g`li» siklidagi dostonlar alohida o`rin tutadi. Unda hikoya qilinishicha,
qadim zamonlarda Chambil mamlakatining hokimi Jig`alibek qarigan chog`ida
hokimiyatni o`zining sevimli o`g`li Adibekka topshiradi. Adibekning xotini farzand
ko`rishi oldidan vafot etadi. Tez ora adibek ham dunyodan o`tadi. Ko`p o`tma bir cho`pon
Adibekning otasi Jig`alibekka podadagi echkilardan biri kunda qabristonga borib, u yerda
nimanigdir bolasini emizib qaytishini xabar qildi. Tekshirib ko`rsalar, echki Adibekning
xotini qabridagi bir o`g`il bolani emizib kelarkan. Go`rda tug`ilgan bu bolaga birovlar
Ravshan, boshqalar Go`ro`g`li deb nom qo`ydilar. Yoshlikdan bu bola sog`lom, sho`x
bo`lib o`sadi. Oradan bir qancha vaqt o`tib, u bobosi bilan Xunxor nomli podsho saroyida
yashab yurgan paytlarida Jig`alibekka yaxshi toy tanlashni buyuradi. Jig`alibek
ko`rimsizgina, nimjon toyni tanlaydi. Jahli chiqqan podsho Jig`alibekning ikki ko`zini
o`yib oladi. Bobosi tanlagan G`irotni parvarishlab, Go`ro`g`li yurtiga qaytadi.tez orada
amakasining o`rniga hokim bo`ladi. Xalq dostonlarida Go`ro`g`li hamma vaqt adolatli,
dono hukmdor tarzida tasvirlanadi. U ko`p yurishlarda, janglarda mardlik, qahramonlik
ko`rsatadi. «Go`ro`g`li» dostonlari qisman sha'riy, qisman nasriy usulda yaratilgan.
Yozma adabiyot XI-XII asrlarda dastlab Ahmad Yassaviy va Ali singari shoirlarning
ijodi ta'sirida turkiy (chig`atoy) tilida yuzaga keldi. XIV asrda turkman yozma
adabiyotining yirik vakillari Burhoniddin Sivosiy va Imoniddin Nasimiylar yashab ijod
etdilar. Agar Sivosiy birinchi bo`lib aruz vazinini she'riyatga olib kirgn bo`lsa, Nasimiy
o`zining tasavvufiy she'rlari bilan haqiqatni aytishga harakat qildi. turkman adabiyotining
dastlabki bosqichlarida nasihatgo`ylik motivi yetakchilik qilardi. Keyinchalik Ozodiy,
Maxtumquli, Mullo Napas kabi shoirlar mavzuni dvom ettirishdi.
XVIII-XIX asrlar turkman adabiyotining eng taraqqiy etgan davri hisoblanadi. Bu
davrning mashhur vakili Nurmuhammad G`arib Andalib Alisher Navoiyning ana'analarini
saqlagan holda «Layli va Majnun» dostonini yozadi. Nasr bilan nazmni vobasta etgan
mazkur doston shoir vafotidan so`ng og`izdan-og`izga ko`chib, xalq orasida keng tarqaldi.
Andalibning zamondoshi Mamatsayid Ozodiy «Va'zi Ozodiy» asraida turkman va fors-
tojik tillarida ajoyib asarlar yaratgan bo`lsa, Maxtumquli o`zining bir-biridan go`zal
she'rlari biln turkman adabiyotini yuqori cho`qqiga olib chiqdi. Xivadagi Sherg`ozixon
madrasasida tahsil olgan Maxtumquli Sharq mumtoz adabiyotining yozishmalarini chuqur
o`rganib, turrkman poeziyasini shaklan va mazmunan yangi pog`onaga olib chiqdi. G`azal,
ruboiy, qit'a kabi janrlarda yozilgan asarlarda bir-biridan teran mavzular ko`tarildi. O`sha
vaqtdayoq turkman xalqining ozodligini kuylashga intilgan Maxtumquli «Chaqiriq»
she'rini yozgan edi. XVIII asr boshlarida yashab ijod etgan Saidiy va Zeliliy Maxtumquli
an'analarining davomchisi edilar. Mulla Napas o`z asarlarida turkmanlarning tarqoq
qabilalarini birlashib, ozodlik kurashiga otlanishini baralla kuylaydi. «Gelmisham»
dostonida bu g`oya oshiq Nepes va uning ma'shuqasi misolida o`z ifodasini topgan bo`lsa,
«Zuhro va Tohir» da turkman xalqining an'anasi, urf-odatlari, o`ziga xosligi yorqin
tasvirlangan. Ammo bu asrlarga yondashuv, ularning talqini Sho`ro davrida batamom
o`zgacha edi. Ko`pgina adabiyotlarda yozilgan eiki, mazkur qahramonlar eski urf-odat va
zo`ravonlikning qurboni bo`lgan edilar. Boboxonga o`xshagan qonxo`r podsholar sevgi
22


Aim.uz
uchun kurashgan sevishganlarning o`z holiga qo`ymaydi. Bu xildagi talqin
zamonasozlikdan boshqa narsa emasligini bugungi hayot shiddati yaqqol ko`rsatadi.
Oktyabr to`ntarishidan so`ng ijodini davom ettirgan Miskin Qilich, Bayram, Shoir,
Ko`rmullo, Mullo Murt, Durdi Qilich kabi shoir zamonaga qarshi chiqa olmay barcha
kuylagan mavzularda asarlar yozishdi. Ko`rmulloning «Bolshevik», Durdi Qilichning
«Zolimlar», «Kambag`allar», Mullo Murtning «Turkmaniston uchun azizsan», «Ozodlik»,
Alamishevning «Sona», «Qizlar dunyosi», Berdi Kerboboyevning «Odatning qurboni»
singari asarlar shu davr mahsulotidir.
Anton Chexov, Lev Tolstoy an'analarini davom ettirgan O.Durdiyev, N.Sarixonovlar
«Orzu», «Oq uy», «Shirin», «Kuyov», «Boyning g`azabi», «Shukur baxshi» kabi
asarlarini yozib, turkman adabiyotidagi yangi qirralarni namoyon etdi.
Vatan urushi yillarida turkman xalqining front va front ortidagi hayotni tasvirlovchi
Berdi Keboboyevning «Dadil qadam», romani, K.Burunovning «Keymir ko`r»,
T.Esanovaning «Shammat», O.Kavshutovning «Juma», A.Karlievning «Oyna» asarlari
yaratildi. Ammo sof sho`ro hukumatining soxta vatanparvarligi ifodalangan, an'anaviy
qahramonlik asarlari ham yozildi. Ular sirasiga B.Kerboboevning «Aylar», Ya.Nasirlining
«Leytenantning o`g`li», Sh.Kekirovning «Ivan tog`a», O.Kavshutovning «Kopegdog` yon-
bag`irlarida», Beki Saytoqovning «O`g`ilning sovg`asi» asarlari mansubdir.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə