Mavzu: Kasb tanlashda ota onaning o'rni Reja: Kasb tanlashdagi asosiy jihatlar Kasb tanlashda ota onalarning tutgan o‘rni



Yüklə 106 Kb.
səhifə1/4
tarix20.10.2023
ölçüsü106 Kb.
#128929
  1   2   3   4
kasb tanlashda ota onaning o\'rni


Mavzu: Kasb tanlashda ota onaning o'rni
Reja:
1.Kasb tanlashdagi asosiy jihatlar
2. Kasb tanlashda ota onalarning tutgan o‘rni
3. Oilaning moddiy ahvoli.

Kasb tanlashdagi asosiy jihatlar Bolaning qiziqishlari inobatga olish shart. 15 yoshga etgan bolaning qiziqishu qobiliyatlari ancha namoyon bo`lib qoladi.


Ana shu qiziqishlarni rag`batlantirish, iste`dodini rivojlantirib borish kerak.
Kasb bolaning xususiyatlari, qobiliyatiga mos bo`lishi kerak. Masalan, adabiyotdan yaxshi o`qisa, undan fizik chiqmasligi mumkin, sportda ko`rsatkichlari yuqori bo`lsa, inshoni yaxshi yoza olmas. Xullas, bolaning kuchli taraflariga e`tibor berish lozim. Albatta, uni ham, buni ham eplaydiganlar uchraydi, ammo doim emas.
Tanlanajak kasbga mehnat bozorida talabning mavjudligi (yuqoriligi). Odamlar faqat qobiliyatlarini o`stirish uchun emas, pul topish uchun ham ishlashadi.
Demak, qaysi kasbga odamlar qancha pul berishga tayyor, shuni tahlil qiling.
Oilaning moddiy ahvoli. Masalan, siz yashaydigan viloyatda ma`lum kasbga tayyorlaydigan o`quv yurti yo`q, buning uchun bolani katta shaharga jo`natish darkor. Bunga qurbingiz etadimi?
Tavsiyalar1. «Kim bo`lmoqchisan?» — bu yo`l-yo`lakay beriladigan savol emas. Bafurja o`tirib, bo`lajak kasbi haqida farzandingiz bilan gaplashib oling.
2. Agar farzandingiz biror sohani tanlamagan, nima qilishini bilmayotgan bo`lsa, buning sababi bilan qiziqing. Balki ikkilanayotgandir, qo`rqayotgandir, o`ziga ishonmayotgandir. Har qanday holatda ham madadingizga ishonishi mumkinligini anglating.
3. Maktabning so`nggi yillarida ta`til kunlari bolani u yoki bu kasbga jalb qilish mumkin: ustaga shogird tushsin, tayyorlov kurslariga qatnasin. 4. Agar bolangiz tanlagan yo`nalish sizga yoqmasa, aslo taqiq, tazyiq va po`pisa yo`llarini tanlamang. Nega shu kasbni tanladi? Sabablari bilan qiziqing. Bolada ishtiyoq bo`lgani bilan, tajribasizligi tufayli xato qilishi mumkin. Ammo buni tushuntirish kerak. Majburlasangiz, baribir siz aytgan kasbning ustasi bo`la olmaydi.
5. Agar 14-15 yoshlardagi farzandingiz biror amaliy ish qilmay, nuqul orzuga berilsa, maqsadini aniqlashtirish va unga erishishi uchun aniq reja tuzishiga yordam bering.
6. Bordi-yu tanlangan yo`lda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, zaxira varianti bo`lishi kerak. Yana biror kasbni ehtiyot shart ko`z ostingizga olib qo`ying.
Ota-onalar bolaga kasb tanlashda yordam berishlari mumkin, biroq uning o`rniga tanlab berishlari kerak emas. Ilgari bolalar 11-sinfni bitirguncha kasb borasida bir to`xtamga kelsalar bo`ldi edi. 15 yashar bola bilan 17 yasharning fikrlashi o`rtasida farq bor, albatta. Hozir bolalarimiz ertaroq kasb tanlashlari kerak ekan, bu o`rinda ota-onalarning ishtiroki ko`proq bo`ladi, albatta. Ammo bu ishtirok bosim yoki tazyiq emas, maslahat, muhokama va yo`naltiruv tarzida bo`lmog`i kerak. Xato qiladi, deb qo`rqmang. Xato ham kerak, dars bo`ladi. Hali yosh-ku, xatoni to`g`irlashga vaqti bo`ladi. Eng yomoni, har kuni o`zi istamagan ishni qilish. Bundan bola na moddiy manfaat, na ma`naviy huzur oladi. Shuning uchun unga yordam bering, xolos. Kasb tanlashdagi ishtirok va mas`uliyat ota-ona hamda farzand o`rtasida 60/40, uzog`i 50/50 nisbatda taqsimlanishi kerak. Albatta, ko`proq mas`uliyat va istak bola tomonida bo`ladi. Bolaning to`g`ri kasb tanlashi ota-onasi bilan o`rtada ishonch, oilaviy muhit barqaror bo`lgan sharoitdagina amalga oshadi.
Demak, ota-onaning vazifasi bolaga tayyor qarorni tiqishtirish emas, uning o`zi qaror qabul qilishiga yordam berish ekan, buni qanday amalga oshirish mumkin?
1-qadam. Kasblar ro`yxati va xarakteristikasini bir qog`ozga yozib chiqing. Inson kasb tanlar ekan, nafaqat tirikchilik vositasini, balki hayot tarzi va ijtimoiy muhitni ham tanlaydi. Bola bo`lajak kasbi qaysi talablarga javob berishi kerakligi ustida bosh qotirsin (ko`p pul keltirsinmi, tezroq mansab pillapoyalarida ilgarilash imkoni bo`lsinmi, kasbi elga tanitsinmi va h.k). Bu kelajakdagi maqsadlarni aniqlashga yordam beradi.
2-qadam. Qanday kasblar bor? Qaysi kasb egasi nima ish qiladi, degan savollarga javob izlang. Biz, masalan, shifokor, o`qituvchi, jurnalist, novvoy kabi keng tarqalganlarini bilamiz. Lekin tor ixtisosliklar borki, ularga doim talab mavjud: olaylik, mashina quruvchilari, mikrobiologlar, nanomuhandislar va hokazo. Shular haqida ham qiziqib ko`ring.3-qadam. Axborot to`plang! Farzandingiz bilan birgalikda mehnat bozori haqida ma`lumot yig`ing. Bunda sizga turli ma`lumotnomalar, ishga taklif e`lonlari yozilgan davriy nashrlar va internet saytlari yordam beradi. Kasblarning istiqbolini ham o`ylang: bugun kerak bo`lgan sohaga 10 yildan so`ng talab tushib ketishi mumkin. Shuni ham hisobga oling.
4-qadam. Gapdan ishga o`ting. Quruq suhbatlar bilan cheklanib qolish yaramaydi. Bilamizki, o`smirlar ota-onasining fikriga doim ham qo`shilaverishmaydi. Bunda ularning o`zi orttirgan tajriba ko`proq foyda beradi. Agar bolani ma`lum yo`nalish qiziqtirgan bo`lsa, biror to`garakda, korxonada ma`lum muddat shu kasb bilan shug`ullanishiga imkon yaratib bering: mayli, mashina tuzatib ko`rsin, biznes-reja tuzsin va hokazo.
5-qadam. Bolani kasb tanlash testlaridan o`tkazing. Hozir maktablarda bunday testlar o`tkaziladi, unda bolaning u yoki bu kasbga layoqati, qobiliyati va fikrlash tarzi tekshirib ko`riladi. Agar bunday testlash o`tkazilmagan bo`lsa, internet yordamga keladi. Ular farzandingizning ichki salohiyatini to`g`ri baholashga yordam beradi.
6-qadam. Ta`lim muassasasiga ekskursiya uyushtiring. Hozirda o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi hamda Oliy ta`lim vazirligi tomonidan turli o`quv yurtlarida ochiq eshiklar kunlari o`tkaziladi. Farzandingizni shu tadbirlarga olib boring. Uning o`zi hal qilsin, bu o`quv yurtida o`qishni istaydimi yoki yo`q.
Maktab, oila mahalla va ishlab chiqarishning hamdo‘stligi yosh avlodni yangi ruhda tarbiyalashning asosiy prinspi hisoblanadi. O‘quvchilarda professional qiziqishlarini rivojlantirish va tarkib toptirish, sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi xizmat ko‘rsatish sohasi ishchi kasblariga ijtimoiy e’tiborning ortishi, xayot yo‘lining ongli ravishda tanlash ishining muvaffaqiyati maktab, oila, mahalla va ishlab chiqarishning birgalikda olib borilgan samarali ishlariga bog‘liq.
Shaxsni tarbiyalash asoslari oiladan boshlanadi, ya’ni o‘quvchilar ba’zi kasblar bilan, xususan o‘z ota-onalari, akalari, opalari, qarindosh urug‘larining kasblari bilan oilada tanisha boshlaydilar bu esa o‘quvchilar professional qiziqishlarining rivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi.
O‘quvchilarning hamma ota-onalarini (ularni o‘z bolalari bilan oilaviy kasb tanlashga yo‘llash ishlarida aktiv ishtirok etish darajasiga qarab) taxminan 4 katigoriyaga bo‘lish mumkin.
1. Ota-onalar bolalarining o‘yinlari va mehnatini kuzatadilar, uyda bolaalri qiziqqan har qanday ish bilan mashg‘ul bo‘lishlari uchun sharoit yaratib beradilar; bolalari bilan korxona, kallektivning mehnati haqida, o‘z ishlab chiqarish muoffaqiyatlari to‘g‘risida suhbatlashadilar; ularning qiziqishlari va qobiliyatlari va xalq xo‘jaligi ehtiyojlarini hisobga olgan holda aniq maslahatlar beradilar.
2. Ota-onalar bolalari bilan kasb tanlash haqida suhbatlashadilar, lekin aktiv ta’sir ko‘rsatmaydilar, o‘z bolalarining individual hususiyatlarini har doim ham hisobga olavermaydilar.
3. Ota-onalar bolalarining rejalariga ha deb aralashaveradilar, ularning qiziqishlari, istak va imkoniyatlarini hisobga olmaydilar, yeasbning moddiy va obroli tamonlaridan kelib chiqib o‘zlari tanlagan ihtisosni egallashga majbur qiladilar.
4. Ota-onalar o‘z balolarining kelajagiga passiv va sovuqqonlik bilan qaraydilar, ularga kasbtanlashga yordam bermaydilar, bu muammodan o‘zlarining behabarligi va noto‘g‘ri maslag‘at berib qo‘yishlaridan cho‘chib, “o‘zing ko‘r”, “qaysi biri yaxshi bo‘lsa shuni tanla” va hokozalar qabilida ish tutib, o‘zlarni chetga tortadilar.
Ko‘pchilik ota-onalar kasb tanlashga yo‘llash masalalari bo‘yicha maslahatlariga muhtojdirlar.Ular bunday yordamni suhbat, konsul’tatsiya va boshqa tadbirlar formasida maktab pedagogika jamoasi, vrach, psixolog, korxona mutaxasislaridan olish mumkin.
Maktab o‘zining rejalashtirgan tadbirlariga muvofiq ravishda ota-onalar kanferensiyasini uyushtirish va o‘tkazish kerak. Bu konfrensiyalarda korxona kadrlar bo‘limlari, mehnat resurslaridan foydalanish bo‘yicha bo‘limlarning, viloyat xodimlari, turli xil kasblarning, vakillari va o‘quv yurtlarining rahbarlari hamda ota-onalar so‘zga chiqishlari mumkin bo‘ladi. Ular o‘z kasblarining mazmuni haqida muvofaqiyatli mehnat qilishi uchun qo‘llaniladigan zarur bilim va malakalar hamda boshqa narsalar to‘g‘risida bu kasbni qayyerda va qanday egallash va shu hususida qanday mahoratli bo‘lish haqida; yoshlar duch keladigan qiyinchiliklar haqida va o‘quvchilar bilan oilaviy suhbatlaruchun tavsiyalar haqida gapirib berishlari kerak.
Buyuk mutafakkir olim Abu Ali Ibn Sino - Odamning yashashi uchun eng zarur narsa bu foydali mehnat jangi deb ta’kidlaydi. Uning fikricha, ota-onalar o‘z bolalariga yoshligidan ma’lum bir kasb-hunar o‘rgatishlari lozim. Bola kasb-hunarni ma’lum darajada o‘zlashtirib bo‘lgandan so‘ng uni kasb-hunaridan foydalanishga, ya’ni halol mehnat bilan mustaqil hayot kechirishga o‘rgatish kerak. Mutafakkir bu ishning bolalar uchun ikki xil tarbiyaviy ahamiyatiga ega ekanligini ta’kidlaydi:
1. Bola o‘z kasb-hunari tufayli mustaqil turmush kechirib, uning dastlabki manfaatini ko‘rgandan keyin, o‘z hunariga yanada mahkam bog‘lanib, unga nisbatan muhabbat orttiradi va uni takomillashtirishga intiladi.
2. Yashash takomili o‘z zimmasiga yuklatilgandan keyin o‘z kasb-hunariga odat hosil qiladi.
Kasbga ko‘nikish davri odatda uchta xarakterli bosqich bo‘yicha boradiki, ularning har biri pedagoglar uchun juda muhim xususiyatlarga ega. Kasbga ko‘nikishning birinchi bosqichi – tanishtirish bo‘lib, o‘zining atrof-muhitdagi yangi rolini anglashdan iborat. U tanlangan kasb bo‘yicha muayyan malaka olishga qaror qilingandan boshlanadi va ishlab chiqarish ta’limiga dastlabki nazariy tayyorgarlik davrida o‘quv ustaxonalari hamda bilim yurti bilan tanishish davrida davom etadi.
Kasb-hunarga ko‘nikishning bu birinchi bosqichida qabul qilingan qarorning to‘g‘riligini o‘smir o‘zi baholaydi kasbga, ishlab chiqarishga, kursdoshlar va o‘qituvchilar bilim yurti va korxonaga munosabati vujudga keladi. O‘smir o‘z kelajagiga nazar tashlaydi. Hamda tanlagan kasbida qandaydir jozibali va qandaydir xunuk tomonlarni ko‘radi. Bolalikda o‘yg‘ongan, qiziqtirgan sohalar haqidagi o‘y xayollari barbod bo‘ladi, hamda yangi umid va intilish paydo bo‘ladi.
Kasbga ko‘nikishning ikkinchi tayyorlov bosqichi ijtimoiy umumiy va maxsus predmetlar hamda o‘quv ustaxonalarida ishlab chiqarish ta’limini asosli egallashdan iborat kasb o‘rganishdir. Bu yerda ham tanlangan kasbga ko‘nikishning ancha uzoq va ma’suliyatli bo‘lgan davri, ya’ni kasbni o‘zlashtirayotgan malakali ishchi-shaxsning dastlabki shakllanishi yuz beradi. Bu shakllanishning muvafaqqiyati o‘zini o‘quv mehnati natijasidan qanoatlanish va qanoatlanmaslik bilan bog‘liq yutuqlar quvontiradi va ilhom beradi, yanada kattaroq muvafaqqiyatlarga undaydi. Tasodifiy muvaffaqiyatsizlikga yanada ko‘proq kuchni safarbar qiladi. Ammo doimiy ravishdagi muvafaqqiyatsizlik ishga, o‘qishga va kasbga nisbatan qiziqishi susayadi. Kasbga ko‘nikishning uchinchi asosiy bosqichi yosh insonning korxona ishchilari muhitiga singishidir. Bu bosqich o‘quvchi o‘zini o‘rab olgan o‘sha guruhning a’zosi yoki ishchi sifatida his qiladigan, ammo ular darajasida malaka orttirmagan, tegishli mehnat unumdorligi va mahsulot sifatini ta’minlay olmaydigan, ba’zan xato va beparvoliklarga yo‘l qo‘yadigan ishlab chiqarish amaliyoti davrida boshlanadi. Rasmiy jihatdan o‘zining tengligi va atrofidagi kishilar bilan ishlab chiqarish malakasida teng emasligi hamda ularning ѐsh ishchiga «temir qanot qushcha» deb munosabatda bo‘lishini anglash uning bu bosqichdagi kasbga ko‘nikishi jarayonini favqulodda murakkablashtirib qo‘yadi. Buni ijobiy hal qilish esa amaliyotda korxona ishchi kadrlari bilan birgalikda qiladigan mehnatiga bog‘liq bo‘ladi.
Xulosaqilibshuniaytish lozimki o‘quvchi yoshlarni mehnatga o‘rgatmasdan turib jamiyat uchun barkamol shaxs etib tarbiyalash mumkin emas. Mehnat insonni barkamollikka va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga yordam beradi.
Yoshlarni kasb-xunarga yunaltirish va uning kasbiy qiziqishlarini aniqlash. Mehnat an’analarini tayanchi sifatida yoshlarni hayotga ijtimoiy mehnat faoliyatida ishtirok etishga tayyorlash ham muhim ahamiyatga ega. Mehnat an’analari zamirida shaxsning axloqiy sifatlari mehnatsevarlik, yerga va tabiatga muxabbat, suvni isrof qilmaslik saxiylik, o‘zgalarning mehnatini qadrlash, mehnat baxt keltirishini anglashdir.
Xalq tarbiyashunosligida mehnatsevarlik va kasb-hunarga doir g‘oyalarni yosh avlodlarimiz ongiga singdirish xalq ommasining ilg‘or mehnat, hunarmandchilik an’analariga befarqqaramaslik zamon talablariga mos ma’lum tarbiya jarayonlarini tashkil etishdir.

Yüklə 106 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə