|
Nizomiy nomidagi toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеtiTarbiya jarayonini loyihalash bosqichlari
|
səhifə | 11/15 | tarix | 22.03.2023 | ölçüsü | 410,27 Kb. | | #102921 |
| KURS ISHI (namuna)Tarbiya jarayonini loyihalash bosqichlari:
tarbiyaviy tadbir mavzusiga doir materiallarni yig’ish;
tarbiyaviy tadbir maqsadi va vazifalarini belgilash;
tarbiyaviy tadbirning mazmunini ishlab chiqish;
tarbiyaviy tadbir shakli, metodlari va vositalarini tanlash;
tarbiyaviy tadbirni tashkil etish va o’tkazish (davomiyligi) vaqtini belgilash;
tarbiyaviy tadbir stsenariysini ishlab chiqish;
o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ularning faollik darajalarini norasmiy (o’quvchilarni bu haqida xabardor qilmasdan) baholash;
loyihani amaliy faoliyatda qo’llash;
tarbiyaviy tadbirni tashkil etish jarayoni;
tarbiyaviy tadbirning o’tkazilish holati (samarali, samarasiz, muvaffaqiyatli, muvaffaqiyatsiz kechganligi)ni muhokama qilish va yakuniy xulosa chiqarish
Bu jarayonda tarbiyaviy tadbirlarning tashkil etilishiga nisbatan texnologik yondoshuv mohiyati o’quvchilar mustaqilligini ta’minlashda quyidagi omillarning mavjudligiga e’tiborni qaratishni ham taqozo etadi:
o’quvchilarda tarbiyaviy tadbirlarning o’tkazilishiga nisbatan ichki ehtiyoj, qiziqish va rag’batning mavjudligi;
o’quvchilarning tarbiyaviy tadbirlarni mustaqil tashkil etish borasida muayyan tajribalarga ega ekanliklari;
tarbiyaviy tadbir g’oyasining o’quvchilar ichki ehtiyojlariga mos kelishi
Umumiy o’rta ta’lim muassasalari amaliyotida yuqorida bayon etilgan omillarni inobatga olish va shu asosida tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish ularning muvaffaqiyatli tashkil etilishini ta’minlab qolmay, balki o’quvchilarda ularning o’tkazilishiga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantiradi, ma’naviy-axloqiy sifatlarning tarbiyalanishi uchun qulay sharoitni hosil qiladi.
“Atrof-muhit va inson salomatligi” mavzusidagi amaliy tashviqot
Tadbir maqsadi – tabiiy muhitning inson hayotidagi o’rni, atrof-muhit ifloslanishining inson salomatligiga ko’rsatadigan salbiy ta’siri, ushbu holatning oldini olish chora-tadbirlari to’g’risida o’quvchilarga ma’lumotlar berish hamda ularda atrof-muhit tozaligi va o’z salomatligini saqlash ko’nikmalarini hosil qilish.
Dostları ilə paylaş: |
|
|