Nizomiy nomidagi toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеti


Viktorina va mo’’jizalar maydoni



Yüklə 410,27 Kb.
səhifə9/15
tarix22.03.2023
ölçüsü410,27 Kb.
#102921
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
KURS ISHI (namuna)

Viktorina va mo’’jizalar maydoni shaklida o’tkazilayotgan darslar bellashuv xususiyatiga ega bo’lib, o’quvchilarni faollikka undaydi.
Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki qo’llanilayotgan metodlar samaradorligiga ham bog’liqdir.
Ta’lim nazariyasida o’qitish (ta’lim) metodlari markaziy o’rin egallaydi.
«Metod» yunoncha so’z bo’lib «yo’l» ma’nosini anglatadi. Ta’lim metodi ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlarining usulidir.
Ta’lim metodlari o’qitishning o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish usullari hamda o’quv materialini nazariy va amaliy jihatdan yo’nalashtirish yo’llarini anglatadi.
O’qitish metodlari ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining qanday bo’lishi, o’qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda o’quvchilar qanday ish-harakatlarni bajarishlari kerakligini belgilab beradi.
Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bo’lib, ularning har biri o’z navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga bo’linadi. O’quvbilish faoliyatining tashkil etilishi, o’quv axborotlarining uzatilishi, qabul qilinishi, anglab olinishi, yodda saqlanishi, o’zlashtirilgan bilimlarning amaliyotda qo’llanilishini ta’minlash, amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qilishiga ko’ra ta’lim metodlarini qo’yidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Verbal (o’quv axborotlarini so’z orqali uzatish va eshitish orqali qabul qilish metodlari yoki og’zaki metodlar - hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqalar);
o’quv axborotini ko’rgazmali uzatish va ko’rish orqali qabul qilish metodlari
(ko’rgazmali metodlar - tasviriy, namoyish qilish va boshqalar);
o’quv axborotini amaliy mehnat harakatlari orqali berish (amaliy metodlar
- mashqlar, laborotoriya tajribalari, mehnat harakatlari va boshqalar)
Yuqorida bayon etilgan fikrlarga tayangan holda amaliyotda keng qo’llanilayotgan uch guruh metodlarini tasvirda shunday ifodalash mumkin.

Yüklə 410,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə