Nizomiy nomidagi toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеti



Yüklə 410,27 Kb.
səhifə2/15
tarix22.03.2023
ölçüsü410,27 Kb.
#102921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
KURS ISHI (namuna)

Kurs ishining maqsadi: Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish imkoniyatlarni o’rganish.
Kurs ishining ob’ekti: Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanishning shakl, metod va mazmuni.
Kurs ishining vazifalari:

  • Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanini o’qitishda pedagogik texnologiyalarga oid ilmiy adabiyotlarni o’rganish;

  • Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish imkoniyatlarni o’rganish;

  • Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish bo’yicha tarbiyaviy tadbirlar ishlanmasini tadbiq etish.

Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: kirish, asosiy qism uch bo’lim, xulosa adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
Asosiy qism
1. Interfaol dars va o’qituvchi faoliyati
Bugungi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan e’tibor kudan-kunga kuchayib bormoqda. Buning sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini chuqur o’zlashtirishlariga, mustaqil o’rganib tahlil qilishga, katta ijodiy xulosalar chiqarishlariga ham o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda boshqaruvchanlik, yo’naltiruvchanlik vazifasini bajaradi. Bu pedagogikaning yetakchi tendentsiyalarida o’z aksini topgan:

    1. Bola shaxsini birinchi o’ringa ko’tarish;

    2. O’quvchi shaxsi ma’naviyatini shakllantirish ustivorligi;

    3. Mustaqil fikrlashga o’rgatish;

    4. Bolaning tarbiyalanishi va bilimlarni o’zlashtirishi jarayonida o’zining ishtirokini ta’minlash;

    5. Bolaga kashf etish lazzatini tug’dirish;

    6. Pedagogik hamkorlik hukmronlik qilishiga erishish.

Zamonaviy ta’limni amalga oshirishda interfaol metodlardan foydalanish katta ahamiyatga ega, shaxs sifatida shakllantirishda, har qanday sharoitda ham o’z nutqni nazariga ega bo’lgan, erkin fikrlovchi inson bo’lishida katta yordam beradi.
O’qituvchi darsning ijodkori, u tayyor texnologiyalarining oddiy ijrochisiga aylanmasligi, pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o’z yo’lini izlashi va ishtiyoqi bilan faoliyatiga kirishishi lozim. Bolalarni amaliy faoliyatga yo’naltirish, obrazga kirish, teatrlashtirilgan kichik sahnalar qo’yish, bahsmunozaralar uyishtirish, savollar qo’ya olish, o’z fikrini erkin ifodalash va shu bilan birga bahs-munozaralar yuritish madaniyatini egallashlariga imkon berish kerak. O’qituvchi o’quvchini o’zi bilan teng ishtirokchi, hamkor sifatida ko’rishi, bola fikrlarini hurmat qilishi, eshitishi, ular bilan hisoblashishi, o’z fikrini hukm sifatida emas, o’quvchilar fikri bilan teng darajada o’rtaga tashlashi mumkin.
Interfaol metodlar shunday metodlarki u o’quvchilarning o’zaro muloqot va o’zaro ta’siridagi dars jarayonini amalga oshiruvchi usul bo’lib ya’ni, “Interaktiv” so’zi ingliz so’zidan olingan bo’lib, “Interakt”, ya’ni Inter bu “o’zaro”, “akt” “harakat, ta’sir, faollik” ma’nolarini beradi. Yani o’quvchilar hamkorligi asosida dars samaradorligini oshirish, o’quvchilarda mustaqil fikrlash, fikr mulohaza yuritish, munosabat bildirish ko’nikmasini shakllantirish demakdir.
O’qitish jarayoni bir xil davom etaversa, o’quvchining eshitish qobiliyati susayadi va charchaydi. Bu holat o’quvchini loqayd eshituvchiga aylantiradi. Natijada samaradorlik kamaya boradi, mashg’ulotlarning sifati ham pasayadi. Shuning uchun mashg’ulotlarni ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish o’quvchilar uchun qulaylik tug’diradi, ularni passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantiradi, eng sust o’zlashtiruvchi o’quvchilarni ham harakatlantiradi.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o’quvchilarning o’quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida boy tajriba to’plagan bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar o’ziga xos ahamiyatga egadir.
Boshqacha qilib aytganda, o’qitish metodi ta’lim oluvchi va o’qituvchining o’qitish jarayonidagi o’zaro aloqa shaklidir. O’qituvchi va o’quvchi orasidagi jarayon aslida o’quvchini u yoki bu bilim ko’nikma va malakalarini o’zlashtirish maqsadida bog’lab turganligini ko’rsatib turadi. Agar keng ko’lamda oladigan bo’lsak, o’qitishning birinchi kunlaridan to shu kungacha o’qituvchi va o’quvchi orasidagi keng ma’noda uch hil bog’lanish shakllangan bo’lib, u o’z tasdig’ini topgan. Ko’rinib turibdiki, uslubiy yondashuvda o’qituvchining barcha metodini uch guruhga bo’lishiimiz mumkin:


  1. Yüklə 410,27 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə