Nizomiy nomidagi toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеti


Og’zaki bayon qilish metodi



Yüklə 410,27 Kb.
səhifə10/15
tarix22.03.2023
ölçüsü410,27 Kb.
#102921
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
KURS ISHI (namuna)

Og’zaki bayon qilish metodi maktab ta’lim tizimida eng ko’p qo’llaniladigan metodlardan biri bo’lib, mazkur metodga barcha o’quv predmetlari bo’yicha barcha sinflarda murojaat qilish mumkin.
Ushbu metod bayon qilinayotgan ma’lumotlarning to’g’ridan-to’g’ri o’qituvchining jonli nutqi orqali idrok qilinishi bilan tavsiyalanadi va ana shu xususiyatiga ko’ra ta’limning boshqa metodlaridan farq qiladi hamda 25-shaklda keltirilgan 5 turda qo’llaniladi.
Hikoya qilish ijtimoiy-gumanitar predmetlarni o’qitishda keng qo’llaniladi.

Hikoya qilish davomida o’quvchilar passiv tingdlovchi bo’lib qolmasliklaria, aksincha, ularning faolliklarini oshirish, diqqatlarini mavzuga jalb etish, hodisa va voqealar xususida fikr yuritishlarni ta’minlash maqsadida savollar berib borish, ko’rgazmali qurollardan foydalanishga alohida e’tibor berish zarur.
Maktab ma’ruzasi - bir soatlik mashg’ulot davomida o’rganilayotgan mavzuning haqiqiy mohiyatini ochib berish, unda ilgari surilgan g’oyalar asosida ilmiy xulosalar chiqarish va ularni umumlashtirish asosida bilimlarni muayyan izchillikda bayon etishdir.
Tarbiya jarayoniga texnologik yondoshuv va uni loyihalash
Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish
Aniq maqsadga va ijtimoiy g’oyaga asoslangan hamda o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyatning tashkiliy-texnik jihatdan uyushtirilishi demakdir
Ta’lim jarayonidan farqli ravishda, tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishda mazkur jarayonning samarasini qisqa muddat oralig’ida ko’ra olish imkoniyati yo’q.
Tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari, o’quvchi va o’qituvchi o’rtasida yuzaga kelish ehtimoli bo’lgan ziddiyatlar tarbiyaviy jarayonni
texnologiyalashtirishga nisbatan ijodiy va mas’uliyatli yondoshish zarurligini taqozo etadi.
Umumiy o’rta ta’lim muassasalari amaliyotidan ma’lumki, uzoq yillar davomida mazkur muassasada faoliyat olib borayotgan o’qituvchilarning ko’pchiligi tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishga nisbatan «tarbiyaviy ishlar rejasida belgilangan tadbirlarni o’tkazishga majburman» qabilida yondoshib kelganlar. Ularning asosiy e’tibori o’zlari raqbarlik qilayotgan sinf o’quvchilarini avvaldan tayyorlangan stsenariyni yod olish va unga qat’iy amal qilishga majburlash, shuningdek, «maktab ma’muriyati hamda jamoasi oldida izza bo’lib holishga yo’l qo’ymaslik» tamoyiliga muvofiq tarbiyaviy tadbirni uyushtirishga qaratilgan edi. Endilikda tarbiyaviy tadbirlarning o’tkazilishiga nisbatan bunday yondoshuvlardan voz kechish maqsadga muvofiq. Zero, tayyor stsenariy asosida muayyan tadbirni tashkil etish jarayonida uning asosiy sub’ektlari bo’lgan o’quvchilar faol ishtirokchi va tadbir natijasini belgilovchi shaxs sifatida emas, balki oddiy ijrochi sifatida qatnashadilar.
Bu holat esa bir qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Xususan:

  1. o’quvchilarda tarbiyaviy tadbirlarning o’tkazilishiga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi;

  2. o’quvchilarda mustaqil fikrlash hamda ijodkorlik qobiliyatining tarbiyalanishi uchun imkoniyat yaratilmaydi;

3)o’quvchilarda tarbiyaviy tadbirlarning o’tkazilishi ularning shaxs sifatida kamol topishlarini ta’minlashga yo’naltirilganligi haqida emas, balki sinfning ta’lim muassasasi jamoasi oldida «soxta obro’» orttirishi uchun xizmat qiluvchi vosita ekanligi to’g’risidagi xulosaning shakllanishi uchun sharoit yuzaga keladi
Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida tashkil etiluvchi tarbiyaviy tadbirlarga nisbatan texnologik yondoshuv quyidagi holatlarning namoyon bo’lishi bilan tavsiflanadi:
tarbiyaviy tadbir mavzusi va g’oyasini o’quvchilar tomonidan bildirilgan shaxsiy tashabbuslar, ularning hohish–istaklariga ko’ra belgilash; tarbiyaviy tadbir stsenariysini ishlab chiqishda o’quvchilarning mustaqil faoliyat yuritishlari uchun shart-sharoitlarni yaratish;
tarbiyaviy tadbir mazmunida o’z ifodasini topgan rollarning majburiy tarzda emas, balki o’quvchilarning layoqati, qobiliyati, shuningdek, qiziqishlarini inobatga olish asosida taqsimlanishiga erishish;
tarbiyaviy tadbirning tashkil etilishi va o’tkazilishida o’qituvchining roli buyruq berishdan iborat bo’lmay, aksincha, o’quvchilarga yo’l-yo’riq ko’rsatish, ularning faoliyatini yo’naltirib turish hamda zarur o’rinlarda maslahat berish sifatida aks etishiga erishish;
tarbiyaviy tadbir maqsadining natijalanganligini sinf, guruh o’quvchilarining faol ishtirokiga tayangan holda muhokama qilish.
Muhokama jarayonida o’qituvchi tomonidan turli tanbehlarning berilishiga yo’l qo’ymaslik, aksincha yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarning o’quvchilarning o’zlari tomonidan aniqlanib, ularni bartaraf etish (keyingi tadbirni o’tkazish jarayonida ularning takrorlanishini oldini olish) yo’lida chora-tadbirlarni belgilash muhim ahamiyatga ega.
Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishda mazkur jarayonni loyihalashtirish hamda uning asoslarini belgilash muhim ahamiyatga ega. Tarbiya jarayonini loyihalash quyidagi bosqichlarda kechadi:

Yüklə 410,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə