Nizomiy nomidagi toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеti


Ta’limning uzluksizligi tamoyili



Yüklə 410,27 Kb.
səhifə7/15
tarix22.03.2023
ölçüsü410,27 Kb.
#102921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
KURS ISHI (namuna)

Ta’limning uzluksizligi tamoyili. Mazkur tamoyil o’quvchilarning kasbiy sifatlarga ega bo’lishlari, mavjud sifatlarning hayotiy faoliyat davomida takomillashib borishini nazarda tutadi. SHaxsga uning butun umri uchun asqotishi mumkin bo’lgan bilimlarni berish mumkin emas, zero, mavjud bilimlar har besh-o’n yil mobaynida o’zgarib, mazmunan boyib boradi. Demak, mazkur tamoyil o’qituvchining o’z faoliyatida mustaqil ta’limni tashkil etishga e’tibor berishi, pedagog yetakchiligini ta’minlagan ta’limdan o’quvchilarning mustaqil bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berishni ifodalaydi.
Faoliyatli yondashuv tamoyili nazariya va amaliyotning didaktik bog’liqligiga asoslanadi. Didaktika nazariyasida bilim tushunchasi quyidagi ikki xil ma’noda izohlanadi:

  1. o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilimlar;

  2. ular tomonidan o’zlashtirilib, amaliy faoliyat jarayonida qo’llaniladigan, shaxsiy tajribaga aylangan bilimlar

Bilimlar faoliyat yuritish jarayonidagina mustahkamlanadi, shu sababli o’quvchilarda nazariy bilimlarni amalda qo’llay olish iqtidorini tarbiyalash lozim.
Amaliyotdagi tadbiqiga ega bo’lmagan bilimlar tez orada unitilib yuboriladi.
3.Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanini ta’lim texnolgiyalari asosida
o’qitish.
O’qitishda bozor munosabatlariga asoslangan ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlaridan biri - ijtimoiy raqobatning paydo bo’lishidir. Ijtimoiy raqobat mavjud bo’lgan sharoitda mo’’tadil faoliyat yurtish, raqobatga nisbatan ishchanlik immunitetini hosil qilish manfaatlar to’qnashuvida «omon» qolish, yuqori mavqeiga ega bo’lish uchun imkoniyat yaratadi. Shu bois fuqarolarda ta’lim olish, nazariy va amaliy bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ongli yondashuv hissi qaror topmoqda

Ta’lim texnologiyasining funktsional tuzilmasi
Dars-o’quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli hisoblanadi. Sinf-dars tizimi quyidagi mazmunga egadir:

  1. Har qaysi sinf yoshi va bilim darajasiga ko’ra bir xil bo’lgan o’quvchilarning doimiy guruhiga ega bo’ladi.

  2. Dars jarayoni asosan 45 daqiqa (yoki bir akademik soat 80 daqiqa) davom etib, qat’iy jadval asosida olib boriladi.

  3. Dars o’qituvchi va o’quvchilarning faoliyat birligiga asoslangan bo’lib, bevosita o’qituvchi rahbarligida jamoa, guruhli va yakka tartibda olib boriladi.

  4. Dars mashg’uloti o’tilayotgan va o’zlashtirilayotgan materialning mazmuniga qarab turli xil metodlar yordamida olib boriladi hamda umumiy ta’lim tizimining bir qismi sifatida, albatta, tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni o’zlashtirish uchun zamin yaratishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda darslarni tashkil etishga nisbatan quyidagi didaktik talablar qo’yilmoqda:
1. Darsning maqsadi va vazifalarining aniqligi hamda pedagogik jihatdan to’g’riligi.
2. Darsning ta’limiy, tarbiyaviy va shaxsni rivojlantiruvchanlik vazifalarining birligi va uzviyligi.

  1. O’qitishning yaxlit dars va uning ma’lum qismlari, vazifalari hamda mazmuniga muvofiq keladigan, o’quvchilarning bilish faolliklari va mustaqil faoliyatlarini ta’minlashna xizmat qiluvchi maqbul metodlarini tanlash.

  2. Mashg’ulotlarning turli shakllari: jamoa, guruhli va yakka tartibdagi shakllarini maqbul ravishda qo’shib olib borish.

  3. O’qituvchining rahbarlik roli bilan o’quvchilar faol bilish faoliyatini birga olib borish.

  4. Darslarning o’zaro uzviy va dialektik xususiyatga ega bo’lishiga erishish.

  5. O’quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish.

  6. Darsda o’quvchilarni o’qitish va tarbiyalash uchun qulay shart-sharoit yaratish.

  7. Darslarni demokratik tamoyillar asosida tashkil etish.

  8. Darsda o’quvchi erkinligini ta’minlashga erishish

Bugungi kunda ta’limni tashkil etish tizimida yakka tartibda ta’lim olish o’ziga xos o’ringa ega bo’lib bormoqda. Yakka tartibdagi ta’lim o’quvchining qiziqishi, ehtiyoji, xohishiga ko’ra muayyan fan, predmet yuzasidan chuqur bilim olish; ma’lum fan yoki predmet bo’yicha yuzaga kelgan o’zlashtirmovchilik holatini bartaraf etish, shuningdek, uzoq vaqt sog’liqni saqlash muassasalarida davolangan yoki tibbiyot xodimlari nazoratida bo’lgan o’quvchilarning o’quv dasturi talablarini bajarishlariga ko’maklashish maqsadida tashkil etiladi. Yakka tartibda ta’lim olishning asosiy ko’rinishlaridan biri sifatida repititorlik ta’limi keng ommalashib bormoqda.
Ayni vaqtda umumiy o’rta ta’lim maktablari hamda yangi turdagi o’quv muassasalari faoliyatida o’qitishning noan’anaviy shakllarining asosiysi sifatida ma’ruzadan keng foydalanilmoqda. Ma’ruza asosan ijtimoiy fanlarni o’qitish jarayonida qo’llanilmoqda.
Ma’ruza darsi tajribali, yuksak darajadagi pedagogik mahoratga ega o’qituvchilar tomonidan tashkil etiladi. Ma’ruzada faqat fan, o’quv predmeti asoslari borasidagi ma’lumotlar berib qolmasdan, balki o’quvchilar ijtimoiy-g’oyaviy jihatdan tarbiyalab borish talab etiladi. Ma’ruza jarayonida asosiy e’tibor o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, bilim va faoliyat malakasini oshirishga qaratiladi.
Maktab amaliyotida ma’ruzaning quyidagi turlaridan keng foydalanilmoqda:
ma’ruza-hikoya;
ma’ruza suhbat;
ma’ruza-munozara; ommaviy ma’ruza
Ma’ruzalar yozma tayyorlanadi. Shu bois ma’ruzachi o’qituvchida ma’ruza mavzusi yuzasidan reja va konspekt bo’lishi lozim.
Keyingi yillarda umumiy o’rta ta’lim maktablarining yuqori sinflarida ijtimoiy va gumanitar predmetlar bo’yicha seminar mashg’ulotlarini takil etish keng qo’llanilmoqda.

Yüklə 410,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə