Murojaati qadrli vatandoshlar!


Qadrli ziyolilar, hurmatli ustozlar!



Yüklə 36,47 Kb.
səhifə3/5
tarix22.03.2024
ölçüsü36,47 Kb.
#183913
1   2   3   4   5
Murojat

Qadrli ziyolilar, hurmatli ustozlar!
Sizlar — jamiyatning eng ilgʻor, bilimli va maʼrifatli qatlamini tashkil etasiz.
Sizlar Vatan va xalq oldidagi fuqarolik burchingiz va vazifangizni boshqalardan koʻra chuqurroq anglab, oʻz ilm va tafakkuringiz, madaniyatingiz, maʼnaviy-ruhiy saviyangiz bilan millionlab yurtdoshlarimizga oʻrnak boʻlasiz.
Shu bois, sizlarning soʻzingiz odamlar qalbiga tezroq yetib boradi, ibratli ishlaringiz el-yurt oʻrtasida namuna boʻladi.
Yangi Oʻzbekistonda yangi madaniy va maʼnaviy makon yaratish, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodimiz ongini, dunyoqarashini islohotlarimiz jarayonida ilgari surilayotgan zamonaviy gʻoyalar asosida shakllantirishda sizlarning oʻrningiz va taʼsiringiz beqiyosdir.
El-yurtimiz sizlardan bugungi davrning butun qarama-qarshilik va ziddiyatlari, ularni hal etish yoʻllari haqqoniy ochib berilgan, zamondoshlarimizning maʼnaviy-ruhiy qiyofasi taʼsirchan aks ettirilgan ilmiy va badiiy asarlar, musiqiy, tasviriy polotnolar, zamonaviy innovatsion gʻoyalar, pedagogik texnologiyalarni hayotga joriy etish boʻyicha amaliy-metodik ishlanmalar yaratishingizni kutmoqda.
Hozirgi vaqtda mediamakonda madaniyatsizlik, axloqsizlik koʻrinishlari bilib-bilmay targʻib etilayotgan bir paytda ularga qarshi barchamiz birlashaylik, xalqimizga bunday maʼnaviy tahdidlar ortida qanday gʻarazli maqsadlar yashiringani, ular qanday ogʻir va achchiq oqibatlarga olib kelishini tushuntiraylik.
“Demokratiya”, “fir erkinligi”, “ochiqlik” tamoyillarini niqob qilib, xalqimiz ming yillar davomida koʻz qorachigʻidek asrab kelgan qadriyatlarimizni buzishga, hayotimizni ichidan qoʻporishga aslo yoʻl qoʻymay- lik.
Ziyolilar davlat va xalq oʻrtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashda oʻziga xos koʻprikdir. Olib borayotgan targʻibot ishlarimiz yurtdoshlarimiz, avvalo, yoshlarimizda yuksak vatanparvarlik, milliy birlik, gʻurur va iftixor tuygʻularini uygʻotishga yanada samarali xizmat qilsin.
Bu borada eskirgan, zerikarli va samarasiz usullardan voz kechib, har bir uchrashuv va muloqotni taʼ- sirchan, noanʼanaviy va aniq natijaga xizmat qiladigan yangicha usullar asosida oʻtkazishga harakat qilaylik!
Xalqaro Internet tarmogʻi orqali tarqatilayotgan buzgʻunchi gʻoyalar, gʻarazli axborotlar, hayotimiz ziynati boʻlgan odob-axloqimiz, maʼnaviyatimizga salbiy taʼsir koʻrsatadigan buzgʻunchi aksiyalar, yoshlarni zalolatga boshlaydigan jirkanch tasvir va media mahsulotlar mohiyatini keskin fosh etib, oqni — oq, qorani — qora, deb, asl haqiqatning kuchini el-yurtimizga biz koʻrsatmasak, oʻzingiz ayting, kim koʻrsatadi?!
Biz shu yoʻlda barchangizni yanada faol boʻlishga chaqiramiz. Hech qachon unutmaylik, maʼnaviy kurashlar sohasida ham faqat va faqat buyuk azmu shijoat bilan dadil harakat qilgan, oldinga qarab brogan jamiyatgina maqsadiga yetadi.

Yüklə 36,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə