Murojaati qadrli vatandoshlar!



Yüklə 36,47 Kb.
səhifə2/5
tarix22.03.2024
ölçüsü36,47 Kb.
#183913
1   2   3   4   5
Murojat

Muhtaram ota-onalar!
Oila — jamiyatning eng asosiy va tayanch boʻgʻini. Aynan muqaddas oila qoʻrgʻoni bizga eng ulugʻ orzu-niyatlarimizni amalga oshirish imkonini beradi. Chinakam insoniy tuygʻu va fazilatlar, avvalo, oila bagʻrida kamol topadi. Shu bois, oila institutini asrash va mustahkamlash barchamizning buyuk insoniy burchimizdir.
Bugungi kunda hayotimizda sodir boʻlayotgan baʼzi salbiy va nomaʼqul holatlarning asl ildizi qayerda? Avvalo, oiladagi tarbiyada xatoga yoʻl qoʻyilgani, azaliy qadriyatlarimiz taʼsiri susaygani natijasi emasmi bu?
Zero, mamlakatimizning ertangi taqdiri va kelajagi uchun masʼul boʻladigan jondan aziz oʻgʻil-qizlarimizning tarbiyasi uchun barchamiz javobgarmiz. Chunki millat bolalarining begonasi boʻlmaydi. Tarbiya masalasida beparvo boʻlib, bir chekkada qoʻl qovushtirib turish, bu — Vatanga, kelajakka xiyonatdir.
Shu maʼnoda, ulugʻ maʼrifatparvar bobomiz Abdurauf Fitratning “Har bir millatning saodati va izzati albatta shu xalqning maʼnaviy-ruhiy qudrati, ichki intizomi, totuvligiga bogʻliq. Qayerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va muazzam boʻladi” degan soʻzlari hozirgi kunimiz uchun ham gʻoyat dolzarb ahamiyatga egadir.
Hech qachon unutmaylik, farzandlarimizning ertaga kim boʻlib yetishi bugun ularga oilada qanday tarbiya berayotganimiz, ularning qalbini, ongini nima bilan toʻldirayotganimizga bogʻliq. Agar oʻgʻil-qizlarimizni hozirdan boshlab ilmga, hunarga, mehnatga, odob va madaniyatga oʻrgatsak, ularning koʻngliga ona yurtga muhabbat va sadoqat hissini, yuksak insoniy tuygʻularni singdirsak, avlodlar kelajagi baxtli boʻlishiga mustahkam poy- devor qurgan boʻlamiz. Mabodo beparvolik bilan ularning tarbiyasini oʻz holiga tashlab qoʻysak, qalbini, ongini mobil aloqa va Internet vositalaridagi turli zararli va boʻlmagʻur “virus”larga yem qilib bersak, kelajagimizni, farzandlarimiz hayotini oʻz qoʻlimiz bilan barbod qilgan boʻlamiz.
Farzandlarimiz nimalar bilan shugʻullanayotganiga, kimlar bilan doʻst boʻlib, muloqot qilayotganiga hech qachon befarq qaramaylik. Qanchalik qiyin boʻlsa ham, ularning ijtimoiy tarmoqlarda nimalar bilan shugʻullanayotganini kuzatib boraylik, ushbu makon ular uchun halokat emas, saodat manbai boʻlib xizmat qilishi uchun zarur choralarni izlab topaylik. Inson oʻz bolasining baxti, kelajagi uchun nimalar qilmaydi? Lekin faqat taqiqlash, jazolash bilan emas, taʼsirchan tarbiya usullari, aql va bilim bilan, bogʻcha, maktab, oliygoh, mahalla jamoatchiligi, huquq-tartibot idoralari xodimlari, diniy ulamolar bilan birgalikda ish olib borsak, albatta, ijobiy natija boʻladi.
Farzandlarimizni mehnatga, ilmga, hunarga oʻrgatish, ularni oʻzaro yordam, hashar, saxovat va muruvvat kabi qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, atrof-muhitni muhofaza qilish, ona tabiatni sevish va asrash, uni kelajak avlodlarga bezavol yetkazish ota-ona sifatida barchamizning burchimiz ekanini unutmaylik!
Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, “Tarbiyada tanaffus boʻlmaydi”. Yuksak maʼnaviy kamolotga uzluksiz taʼlim va tarbiya uygʻunligi orqali erishiladi. Oiladagi tarbiya, jamiyatdagi yurish-turish, muomala madaniyati, salomlashish va kiyinish odobi, insoniy fazilatlarni namoyon etishda farzandlarimizga avvalo, oʻzimiz oʻrnak boʻlaylik.
Farzandlarimizda, ayniqsa, bolaligidan boshlab kitobga mehr uygʻotish oʻta muhimdir. Buning uchun xonadonlarimizda moʻjaz kutubxonalar tashkil etib, ular bilan birga kino va teatrlarga, muzeylarga, qadimiy shaharlarimiz boʻylab sayohatlarga borib farzandlarimiz qalbiga ezgu hislarni singdiraylik. Oʻgʻil-qizlar bilan samimiy, doʻstona suhbatlashib, qiziqish va intilishlarini rivojlantirishga, maʼnaviy va ruhiy olamini shakllantirishga eʼtibor beraylik. Bugun farzandlarimizga ajratgan vaqtimiz, mehrimiz va eʼtiborimiz ertaga oilamiz va jamiyatimizga hech narsa bilan oʻlchab, baholab boʻlmaydigan insoniy resurs va kapital boʻlib qaytadi.

Yüklə 36,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə