Murojaati qadrli vatandoshlar!



Yüklə 36,47 Kb.
səhifə1/5
tarix22.03.2024
ölçüsü36,47 Kb.
#183913
  1   2   3   4   5
Murojat


RESPUBLIKA MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT MARKAZI FAOLLARI VA BIR GURUH MA’RIFAT TARG‘IBOTCHILARINING O‘ZBEKISTON XALQIGA
MUROJAATI
Qadrli vatandoshlar!
Keyingi oylarda mamlakatimizda boʻlib oʻtgan ulkan siyosiy voqealar
—Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining umumxalq referendumi orqali qabu qilingani va navbatdan tashqari Prezident saylovining muvaffaqiyatli oʻtkazilgani koʻpmillatli, mard va olijanob xalqimizning yangi Oʻzbekistonni, Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish yoʻlida naqadar yakdil, birdam va hamjihat ekanini yana bir bor yaqqol namoyon etdi.
Birlashgan xalq, birlashgan jamiyat oʻzining xohish-irodasi, bunyodkorlik salohiyati bilan qanday buyuk ishlarga qodir ekanini qadimiy va boy tariximiz davomida koʻp bor koʻrganmiz. “Elning kuchi — birlikda, elning baxti — tinchlikda”, deydi donishmand xalqimiz.
Darhaqiqat, birlashgan el oldida togʻlar ham bosh egadi. Birlashgan yurtning tinch, erkin va mustaqil hayoti hech qachon buzilmaydi. Birlashgan jamiyat har qanday toʻsiq va gʻovlardan, sinov va mashaqqatlardan yorugʻ yuz bilan oʻtadi, oʻz oldiga qoʻygan buyuk maqsadlarga albatta, yetadi.
Yaratganga behisob shukrlar boʻlsinki, bugun bizning xalqimiz ham oʻz kuch va imkoniyatlariga ishonib, kelajakka dadil qarab, ulkan birlik va hamjihatlik ruhi bilan yashamoqda.
Bugungi kunda qanday notinch, murakkab va tahlikali zamonda yashayotganimizni, albatta, barchamiz yaxshi tushunamiz. Hayotning oʻzi ilgari tariximizda, taraqqiyot yoʻlimizda uchramagan muammo va vazifalarni oldimizga keskin qilib qoʻymoqda.
Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, umumiy va mushtarak maqsadlar yoʻlida milliy jipslik, har bir ishni ilm, aql va maʼrifat bilan, xalq bilan kengashgan holda amalga oshirish, faqat va faqat oldinga qarab borish bugungi hayotimiz va faoliyatimizning kundalik qoidasiga aylanishi lozim.
Ayniqsa, yosh avlodimizni eng ilgʻor ilm va kasb-hunarlar bilan qurollantirib, zamon bilan hamnafas, vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida, har tomonlama sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash, uni turli yot va begona taʼsirlardan asrash birinchi galdagi vazifamizga aylanmoqda.
Global miqyosda inson qalbi va ongi uchun kurash tobora kuchayib, universal vositalar, ijtimoiy tarmoqlar, erkinlik niqobidagi axloqsizlikni targʻib etadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yerga uradigan gʻoyaviy tahdidlar va axborot xurujlari kundan-kunga ortib borayotgan hozirgi vaqtda bu vazifalarni amalga oshirish naqadar qiyin ekani ham barchamizga ayon, deb oʻylaymiz. Afsuski, ekstremizm, radikalizm, axloqsizlik, korrupsiya, jinoyatchilik kabi jirkanch illatlar hali suyagi qotmagan, hayot yoʻlini aniq belgilab olmagan, zararli taʼsirlarga beriluvchan, maʼnaviy-mafkuraviy immuniteti boʻsh yoshlarimizni toʻgʻri yoʻldan chalgʻitishga urinmoqda. El-yurtimiz ravnaqi va farovonligini taʼminlash uchun amalga oshirilayotgan xalqchil islohotlarni atayin obroʻsizlantirishga, ularning maqsadi va mohiyatini notoʻgʻri talqin etishga, oilaviy qadriyatlarni oyoq osti qilgan holda, jaholat, maʼnaviy tubanlik, yovuzlik, johillik koʻrinishlarini keng targʻib etib, moʻmay daromad olishga intilayotgan kimsalar ham oramizda yoʻq emas. Bu esa xalqimizni tashvishlantirib, uning haqli eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda.
Ana shunday holatlarning tahlili va ularni bartaraf etish boʻyicha oldimizda turgan dolzarb vazifalardan kelib chiqqan holda, biz — Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi faollari va bir guruh targʻibotchilar mamlakatimizdagi barcha ota-onalar, ziyolilar, mahalla, xotin-qizlar va yoshlar faollariga, muhtaram nuroniylarimizga, butun xalqimiz- ga murojaat etishga qaror qildik.

Yüklə 36,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə